III. Intellektual mulk obyektlarini yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini yanada takomillashtirish
10.
|
Hududlarda mintaqaviy brendlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash orqli mahalliy mahsulotlarni “Made in Uzbekistan” brendi ostida jahon bozorlariga eksport qilish hajmini ko‘paytirish.
Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z hududlaridagi istiqbolli tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ularning belgilangan tartibda milliy va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
xorijda yuqori nufuzga erishgan geografik ko‘rsatkichli mahsulotlarni tayyorlovchi va ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlarining savdo uylarini ochish;
“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichli mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazish;
yuqoridagi tadbirlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘liq qoplash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2022-2023-yillar
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)
|
11.
|
Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muhofaza hujjatlarini berish bo‘yicha talabnomalarni topshirish va ko‘rib chiqish, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanishga berish bo‘yicha shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tegishli muhofaza hujjatlarining amal qilishini uzaytirishga doir davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2022-2023-yillar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
12.
|
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil dekabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
13.
|
Respublikada ixtirochilikni qo‘llab-quvvatlash va ixtirochilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularga nisbatan soliq imtiyozlarini joriy qilish istiqbollarini tahlil qilish.
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtirolarni realizatsiya qilish jarayonida olingan daromadlarni soliq hisoblash bazasidan chiqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
|
Axborot-tahliliy ma’lumotnoma
|
2023-yil may
|
Adliya vazirligi (R.Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|