T/r
|
Tadbirlarning nomlanishi
|
Amalga oshirish shakli
|
Amalga oshirish muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish
|
1.
|
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Arbitraj va vositachilik markazi faoliyatini va uni O‘zbekistonda joriy qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish.
|
Axborot-tahliliy ma’lumotnoma
|
2022-yil sentyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Rivojlangan xorijiy davlatlarning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organlari (AQSh Milliy intellektual mulk huquqlarini muvofiqlashtirish markazi, Buyuk Britaniya Intellektual mulk sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha politsiyasi, Avstraliya federal politsiyasi va boshqalar) faoliyatini o‘rganish.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha respublikada intellektual mulkni huquqiy himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish orqali uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
Axborot-tahliliy ma’lumotnoma
|
2023-yil may
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
3.
|
Ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi sud orqali intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq nizolarni hal qilish mexanizmlarini o‘rganish.
|
Axborot-tahliliy ma’lumotnoma
|
2023-yil oktyabr
|
Oliy sud
(K. Kamilov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Bosh prokuratura
(N. Yo‘ldoshev)
|
4.
|
Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha yangi vazifa yuklanayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” portali davlat axborot tizimidan foydalanish, shu jumladan mazkur portal orqali intellekt�al mulk huquqlariga rioya etilganligini o‘rganish bo‘yicha seminarlar tashkil etish va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
|
Seminarlar Uslubiy tavsiyalar
|
2022-yil may — sentyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
|