VI. Jamiyatda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish
26.
|
Tadbirkorlar o‘rtasida intellektual mulk obyektlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, xorijiy investorlarni jalb etgan holda, tadbirkorlik faoliyatida intellektual mulkdan foydalanishning dolzarb masalalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazish.
Matbuot anjumanlarining natijalari asosida intellektual mulk obyektlari egasi bo‘lgan tadbirkorlar, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
Kompleks chora-tadbirlar
|
2022-2023-yillar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov)
|
27.
|
Yosh avlodda o‘zganing intellektual faoliyati natijalarini hurmat qilish hissini hamda ixtirochilik va novatorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha ta’lim berilishini yo‘lga qo‘yish.
Bunda, “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Iqtisodiy bilim asoslari” va “Tadbirkorlik asoslari” fan dasturlarida nafaqat mualliflik huquqi, balki sanoat mulki obyektlari to‘g‘risida bilimlar berish uchun tegishli fan dasturlarini takomillashtirish.
|
Kompleks chora-tadbirlar
|
2023-yil sentyabr
|
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
28.
|
Intellektual mulk sohasida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash hamda sohaga oid xorijiy adabiyotlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishini ta’minlash.
|
Kompleks chora-tadbirlar
|
2023-yil dekabr
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar
|
29.
|
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, shuningdek, chet el investorlari uchun muhim ahamiyatga ega intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ingliz tiliga tarjima qilinishini jadallashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2023-oktabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
30.
|
Intellektual mulk sohasining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-2023-yillar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov)
|
31.
|
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ko‘magida intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, intellektual mulk obyektlari huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatning xabardorlik darajasini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2023-yil yanvar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov)
|
32.
|
O‘qishdan bo‘sh vaqtlarda yoshlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarining (yengil sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar) talabalari uchun Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab (reja-jadvalga muvofiq)
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
manfaatdor oliy ta’lim tashkilotlari
|
33.
|
Yuristlar malakasini oshirish markazida to‘lov-shartnoma asosidaoliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun “IP Managment” (Intellektual mulkni boshqarish) o‘quv kurslarini tashkil qilish.
Mazkur o‘quv kurslarida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari, aholi va tadbirkorlik subyektlarida o‘z intellektual mulk obyektlarini rivojlantirish (milliy va xalqaro muhofaza qilish, brending, rebrending, reklama va boshqalar), ularni fuqarolik muomalasiga kiritish orqali foyda olish to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2023-yil oktyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
34.
|
Intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga ixtisoslashgan jurnalistlarning malakasini oshirish uchun to‘lov-shartnoma asosidao‘quv kurslarni tashkillashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2023-yil oktyabr
|
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
(Sh. Qudratxo‘ja),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
|