|
VII. Intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni implementatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
|
bet | 8/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 262,98 Kb. | | #234305 |
Bog'liq PQ-221 26.04.2022VII. Intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni implementatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
35.
|
O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalalarini o‘rganish.
Xususan:
1) Tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva akti (2015-yil 20-may, Jeneva);
2) Audiovizual ijrolar bo‘yicha Pekin shartnomasi (2012-yil 24-iyun, Pekin).
|
Axborot-tahliliy ma’lumotnoma
|
2023-yil noyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
O‘zMTRK
(A. Xadjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
36.
|
Jahonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bu sohadagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish uchun muloqot maydonini yaratish maqsadida “XXI asrda intellektual mulk” xalqaro forumini o‘tkazish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2023-yil iyul
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
37.
|
O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, boshqa davlatlarning intellektual mulk bo‘yicha idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali xorijiy donorlar bilan aloqalarni faollashtirish.
|
Hamkorlik dasturi
|
2022-yil oktyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)
|
38.
|
BIMT bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yurituvchi o‘rta va kichik tadbirkorlik subyektlarining “WIPO IP Diagnostics” (BIMT intellektual mulk diagnostikasi) tizimida keng ishtirok etishini ta’minlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2023-yil sentyabr
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov)
|
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qaroriga
3-ILOVA
2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
|
| |