T/r
|
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish joyi*
|
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Oliy ta’lim muassasalari
|
1.
|
Andijon mashinasozlik instituti
|
2022-yil iyun — iyul
|
Adliya vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
2.
|
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
|
3.
|
Jizzax politexnika instituti
|
4.
|
Farg‘ona politexnika instituti
|
5.
|
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
|
6.
|
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|
7.
|
Milliy rassomchilik va dizayn instituti
|
8.
|
Toshkent davlat texnika universiteti
|
2022-yil avgust
|
9.
|
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
|
10.
|
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
|
11.
|
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
|
12.
|
Toshkent davlat agrar universiteti
|
13.
|
Toshkent tibbiyot akademiyasi
|
14.
|
Toshkent farmatsevtika instituti
|
15.
|
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
|
II. Ilmiy-tadqiqot muassasalari
|
16.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalar kimyosi instituti
|
2022-yil avgust — sentyabr
|
Adliya vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi
|
17.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
|
18.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi
|
19.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti
|
20.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti
|
21.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti
|
22.
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish instituti
|
23.
|
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
|
* O‘quv mashg‘ulotlari bevosita tegishli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-916-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 4-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Agentstvo po intellektualnoy sobstvennosti Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Minyust” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi 3-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga” so‘zlari “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi 2-kichik bandining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kitob nashr etishda, elektron va audio kitoblar yaratishda mualliflik huquqlari buzilishini oldini olish yuzasidan choralar ko‘radi, nashriyotlar, elektron va audio kitoblar yaratish faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish, respublika hududida noshirlik-matbaa faoliyati sohasida kontrafakt mahsulotlar tayyorlanishi, nashr qilinishi va sotilishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son qarori 3-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi tegishli kelishikdagi “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4550-son qarorining 9-bandi uchinchi xatboshisidagi va 13-banddagi “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorida:
a) 2-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari “Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning budjetdan tashqari” so‘zlari “Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Agentlikning budjetdan tashqari” so‘zlari “Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
11, 17, 19 va 20-pozitsiyalarning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)” so‘zlari “Adliya vazirligi (R. Davletov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiya “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 2-ilovada:
1, 6, 10, 14 — 17 va 19 pozitsiyalar “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)” so‘zlari “Adliya vazirligi (R. Davletov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7 va 8-pozitsiyalar “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga” so‘zlari “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining chet el valyutasidagi mablag‘lari Vazirlik tomonidan Jamg‘armaning hisobvaraqlariga har oyda valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha o‘tkaziladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 22-bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4380-son qarorining 7-bandi va qarorga 2-ilovaning 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 609-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 467-son qaroriga 5-ilovaning XI va XIII-bo‘limlari.
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-son qaroriga 3-ilovaning 23-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)