IV. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish




Download 262,98 Kb.
bet5/10
Sana15.05.2024
Hajmi262,98 Kb.
#234305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PQ-221 26.04.2022

IV. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish

14.

Patent vakillari faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
patent vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali ularning faoliyatida mavjud muammolarni o‘rganish;
patent vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Patent vakillari assotsiatsiyasini tashkil qilish;
intellektual mulk sohasiga doir nizolarni sudgacha hal qilish jarayonlarida patent vakillarining faol ishtirokini ta’minlash;
patent vak�llari tomonidan professional yuridik yordam ko‘rsatilishi va ularning o‘z kasbiga vijdonan yondashishini ta’minlash uchun “Patent vakillarining odob-axloq kodeksi”ni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil mart

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirish, jumladan ularni mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni samarali himoya qiluvchi tashkilotlarga aylantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Adliya v�zirligi
(R. Davletov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Nashriyotlar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya etilishini ta’minlash hamda iste’molchilarga faqat asl noshirlik mahsulotlari yetkazilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ilg‘or xorijiy tajriba asosida har bir nashriyot tomonidan chop etiladigan noshirlik mahsuloti maxsus himoyalangan QR-kod bilan chop etilishini amaliyotga joriy qilish istiqbollarini o‘rganish.
O‘rganish yakuniga ko‘ra, ushbu tartibni joriy qilish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil dekabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov),
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari �a qonuniy manfaatlari himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Kasimov)

17.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini kompleks takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va takliflar tayyorlash.
Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
ijrochilar tomonidan boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan samarali huquqiy ta’sir choralari, shu jumladan tegishli litsenziyani to‘xtatish yoki bekor qilish;
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishdan olingan daromaddan huquqi buzilgan shaxslarni rag‘batlantirish;
to‘y, tomosha va boshqa ko‘ngilochar tadbirlarda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va boshqalar.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

BIMT ko‘magida Adliya vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatida “WIPO Alert” onlayn platformasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
BIMT tomonidan yuritiladigan “WIPO Alert” maxsus himoyalangan onlayn platformasiga qonunchilikka muvofiq “mualliflik huquqini buzgan” deb topilgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
boshqa davlatlar tomonidan “WIPO Alert” maxsus himoyalangan onlayn platformasiga kiritilgan qaroqchi saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy reklama agentliklari va tadbirkorlarga yetkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
(A. Abdullayev)

19.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida litsenziyalangan dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish istiqbollarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tahliliy o‘rganish va o‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
(A. Abdullayev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev)
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov)

21.

Mualliflik huquqlarini himoya qilish, shu jumladan ko‘chirmachilikka (plagiatga) qarshi ayovsiz kurashish maqsadida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida yosh avlodni o‘zganing intellektual faoliyati natijalariga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;
ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning topshiriqlarni bir-biridan ko‘chirishining (plagiatning) oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy qilish;
o‘quvchi-talabalarning nazorat ishlari, bitiruv ishlari, ilmiy va boshqa ishlar bo‘yicha ko‘chirmachilikni (plagiatni) aniqlashga qaratilgan dastur yordamida muntazam tekshirish tartibini joriy qilish;
ilmiy ishlar va dissertatsiyalarni himoya qilishda va undan oldingi barcha bosqichlarda ko‘chirmachilikka (plagiatga) qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartiblarini takomillashtirish;
ko‘chirmachilikka (plagiatga) yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan bunday xatti-harakatlarni takrorlamasliklari uchun ta’sirchan choralar ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentyabr

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenboyev),
Oliy attestatsiya komissiyasi
(A. Yusupov),
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)


Download 262,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 262,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish

Download 262,98 Kb.