Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
•
o‘rgatuvchidasturlar
– o‘quvchilarning
bilim
darajasi
va
qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi
bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi
;
•
test dasturlari
– egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni
tekshirish
yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
•
mashq qildirgichlar
- avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash
va mustahkamlashga xizmat qiladi;
•
o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi
dasturlar (Virtual borliq tizimlari)
.
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini
Jaron Lanier (Lane)
taklif etgan. Virtual borliq
immersivlik
va
interfaollik
tushunchalari
bilan
bog‘liq.
Immersivlik
deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini
tushunish lozim.
Interfaollik
foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’yektlar bilan
o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.