Multimedia dasturiy vositalari
dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi
sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli
disklarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarning tarmoqli
texnologiyalarining
rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun'iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlami to'rt yo‘nalishga
bo’lish mumkin:
-
Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.Ushbu yo‘nalish
kompyuterda o‘yinlami (shaxmat, shashka va h.k.) dasturlash va boshqalami
amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug‘ullanadi.
-
Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.Ushbu yo‘nalishdagi muhim
natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy
intellekt tizimlarini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi
va qo’llanishi mumkin.
-
EHMlaming yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo‘nalish sun'iy tafakkur
mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o‘rganadi.
-
Intellektual robotlar.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASINING USKUNAVIY VOSITALARI
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish
bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy
vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuchli va qulay vositalarni tashkil
etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni
avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlami o‘z ichiga oladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
-
kompilyator va interpretatorlar;
-
dasturlar kutubxonasi;
-
turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dastumi
mashina kodidagi dasturga
aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan
dastuming bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi
oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM,
Visual Cutt for
Windows Professional Edition kompilyatori,
Visual Basic for Windows va
boshqalar kiradi.