Odatda o‘rgatuvchi multimediali dasturiy
vositalar yaratish bilan
kompyuter dasturchilari shug‘ullanadilar. Ammo bu dasturchilar o‘zlari
yaratayotgan mahsulot sifati bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lsalarda, ko‘p
hollarda o‘qitish metodikasini yetarlicha o‘zlashtirmagan bo‘lishlari mumkin.
Bu esa o‘rgatuvchi dasturiy vositaning metodik talablarga to‘liq javob berishini
ta’minlay olmaydi.
Shu sababdan, dasturiy multimedia
mahsulotlarni yarata
olish malakasini shakllantirishda ko‘p bosqichli tayyorgarlikni amalga oshirish
zarur.
Tayyorgarlikning birinchi bosqichi
- Ushbu
tayyorgarlikning dastlabki
bosqichi informatika fanini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib,
informatikaning
umumiy asoslarini o‘rganish ommabop dasturlar bilan tanishishni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqichda albatta MS Windows qobig‘i va MS Office dasturiy
paketi o‘rganilishi lozim. Bu dasturlarni o‘zlashtirish
zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanishning dastlabki qo‘nikmalarini shakllantiradi.
Bunda grafik qobiqlar bilan ishlash ko‘nikmasining
shakllanishi oddiy va
tushunarli dasturlar kompyuter texnologiyalarining
amaliy metodlarini
o‘rganishni dastlabki bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi –
grafika
dasturlari bilan ishlashga
o‘rganishdan iborat. Bu bosqich grafikaning turlariga mos ravishda bir qancha
kichik bosqichlarga bo‘linadi:
•
rastrli;
•
vektorli;
•