Vektorli dasturlar turli grafiklarni va chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun
samarali vositalardir.
Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga kirishi shart
emas, chunki u faqat real ob’ektlarni modellashtirishda ishlatiladi. Ammo, 3D
ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar
tayyorlash ta’lim mazmuniga kiritishni tavsiya etish mumkin. Eng ko‘p
tarqalgan uch o‘lchamli redaktorlar sifatida 3D
Studio Max va Maya larni
qarash mumkin. Ular uncha murakkab bo‘lmagan interfeysga ega. Rastrli va
vektorli grafika bilan ishlash bilimlariga ega bo‘lib, uch o‘lchamli grafikada
ishlash ko‘nikmasini tezda o‘zlashtirish mumkin.
Animatsiyali grafikani yaratishni bir-biriga yaqin interfeysga ega yuqorida
keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ular asosan grafika
turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika
uchun Adobe ImageReady , vektorli
grafika uchun – Corel DRAW, uch o‘lchamli grafika uchun esa – 3D Studio
Max o‘rinlidir.
Tayyorgarlikning uchunchi bosqich
da ovoz bilan ishlash metodlari
o‘rganiladi. Bu yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari
muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish
mumkin.
Bu dastur ovozni yozish, fayllarni asosiy ovoz formatlariga
o‘tkazishni amalga oshiradi.
Undan tashqari, mazkur dastur yordamida
ovozlarni
tahrirlash, ovozga maxsus effektlarni qo‘shish imkoniyatlari ham
mavjud. Ovozlarni eshitish uchun ommabop bo‘lgan
Winamp dasturidan
foydalanish mumkin. Ammo multimedia mahsulotlarida ovoz namoyish
etiladigan dastur bilan integrallashgan bo‘lib, eshitish uchun maxsus vositalarni
talab etmaydi.