•
Mashq qildirgichlar
- avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash
va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
•
Visuvalashtirish -
O‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini
shakllantiruvchi dasturlar.
Dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi
Pedagogik dasturiy vositalarning gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda
Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language),
Alliare Home
Site (HTML), Share Point Designer, Microsoft Power Point, Microsoft Word
kabi dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Mavzuning asosiy tushunchalariga oid o‘quv materiallarini yaratishda
rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur
bo‘ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo
Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish mumkin.
Dinamik illyustratsiyali o‘quv materiallari yaratishda Disreet 3D
Studio
MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d,
Adobe Image
Ready, Gif Animator, Macromedia Flash,
Adobe Premier kabi maxsus
dasturlardan foydalaniladi.
Ovozli jarayonlarni taqdim etish va ovozni tahrir qilish SonicFoundry
SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va
boshqa dasturlar yordamida
amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar bazalarini yaratishda Microsoft Excel, Microsoft Access,
MySQL, SQL kabi dasturlar qo‘llaniladi.
1.1-rasm. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniladigan
dasturiy
vositalar tarkibi
Pedagogik dasturiy vositalarni Internet tarmog‘iga joylashtirishda HTML
gipermatn hujjatlaridan foydalaniladi, chunki u Internet tizimining gipermatnli
tili hisoblanadi hamda unda yaratilgan hujjatlarni o‘qish dasturi Microsoft
Windows ning operatsion tizimi tarkibiga kiradi. Shuni ta’kidlash joizki, bunda
pedagogik dasturiy vositalarning imkoniyatlari
va mukammalligi faqat
dasturchining qobiliyat darajasi bilan chegaralanadi. Multimedia dasturiy
mahsulotlarini yaratish uchun juda katta tayyorgarlik zarur. Bo‘lg‘usi
mutaxassis nafaqat ko‘plab dasturlash tillarini, balki o‘rgatuvchi
va nazorat
qiluvchi dasturlar yaratishning metodik tamoyillari bo‘yicha bilimlarni
egallashi lozim.
Bu yerda tayyorgarlikni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
-