operatsion tizim (ОТ);
-
tarmoq operatsion tizimi.
Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha
tasvirlash mumkin:
Operatsion tizim (ОТ).
Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi
ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan
muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni)
ishga tushiradi. ОТ foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter
qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi.
Drayverlar.
Ular
ОТ
imkoniyatlarini
kengaytiradi.Jumladan,
kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar
va boshqalar) ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida
kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart
ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko‘plab OTlar mavjud:- UNIX; Linux, MS DOS; OS/2; MS
WINDOWS, Solaric. Birinchi shaxsiy kompyuterlar ОТ ga ega emas edi.
Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar
edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, BASIC yoki shunga
o‘xshash tilni qo‘llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay
oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi.
Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so‘ngra
kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan
ishlash mumkin bo‘lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dastumi
ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta LOAD buyrug‘i kifoya
edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan
zamriyat pay do boTdi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq
qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi
operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom
oldi.DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka
yozish, ikkita faylning bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan
paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkin-chisiga ko‘chirish
(nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara oladi. Umuman olganda, DOT
foydalanuvchini alohida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni saqlashdan halos etdi,
disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli
darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan
parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar pay do bo’lishi
bilan OTlar ham o‘zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab
emas, balki yuzlab, hatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu
sababli fayllar nomida ham anglashilmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Ana
shunda DOTlar ham ancha takomillashdi. Ularga disklarni kataloglarga
boTuvchi va ushbu kataloglarga xizmat koTsatuvchi vositalar (kataloglar
orasida fayllarni ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar)
kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo‘ldi. Uni tashkil etish
va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi esa OTga yuklanadi.
Qattiq disklar yanada katta o’lchamlarga ega bo’lishi bilan ОТ ularni bir
nechta mantiqiy disklarga bo‘lishni ham «o‘rganib» oldi. Har bir yangi paydo
bo‘layotgan ОТ kompyuterning tezkor xotirasidan yanada unumliroq foydalana
oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarning asosiy operatsion
tizimi MSDOS edi.
MSDOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi
«vositachi» bo’lib xizmat qildi.Shuning bilan birga u insonga qaraganda
kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha ko'pgina ishlar ham MS DOSda bajarilar edi.MS Windows grafik
interfeysli ОТ hisoblanadi,chunki u foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar
(yorliqlar,belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradi.
|