Dasturiy vositalarning tasnifi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni
uchta
kategoriya bo‘yicha tasniflash
mumkin:
-
tizimli dasturiy ta ’minot;
-
amaliy dasturiy ta ’minot;
-
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’ minot (System software)
-
kompyuterning va
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Application program package)
- aniq bir
predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan
dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
- yangi dasturlarni
ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib
xizmat
qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda
ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
-
kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali
ishlashini ta’minlash;
-
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat
qismining ishini tashkil
qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan -
asosiy (bazaviy)
dasturiy
ta’minot va
yordamchi
(xizmat ко 'rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat.
Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat
ко‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) kompyuter ishini ta’minlovchi
dasturlarining minimal to‘plarnidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
-