151
Bundan tashqari xalqaro elektrotexnik komitet (MEK)
tomonidan belgilangan
E3, E6, E12, E24, E48, E96
elektrotexnikada, xususan,
radiotexnikada keng
qo‗llaniladi: E3=
3
10
=2,2; E6=
6
10
=1,5 va hakozo.
Maxraji
40
10
bo‗lgan
geometrik qatorda 375, 750, 1500 va 3000 sonlari mavjud
bo‗lib, elektrotexnika sohasida juda qulay. Assinxron elektr motorlarning daqiqadagi
aylanishlar soni bilan bog‗liqdir.
Standartlashtirishda parametrli qatorlarning oraliq diapazonini tanlash.
R5, R10,
R20, R40 ,R80 parametrli qatorlar chegaralar bilan cheklanmagan. Masalan, R5
(…40…) ko‗rsatmada R5 qator quyi va yuqori chegaralar bilan cheklanmagan, ammo
40 sonini majburan o‗z ichiga oladi.
R10 (1,25…) ko‗rsatmada R10 qator, 1,25 quyi cheklanishga ega. R20 (..40)
ko‗rsatmada R20 qator 40 yuqori cheklanishga ega. R40 (…75…100) ko‗rsatmada
R40 qator 100 yuqori cheklanishga ega bo‗lib, 75 bilan quyi cheklanmagan va albatta
75 ni o‗z ichiga olgan bo‗ladi.
Maqbul sonlar qatorini xosil qilishda ba‘zan har ikkinchi hadini yoki 3-hadini
parametrlar tarqalishini va ularning sonli qiymatiga qarab tanlash ham mumkin, ya‘ni
xosilaviy katorlardan foydalanish imkoni bor.
Masalan: R5/2(1…10) har bir 2-hadlardan
tashkil topib, bir va 10
quyi hamda
yuqori cheklanishga ega bo‗lgan hosilaviy R5 qator; R10/3 (…80…) har bir 3-
hadlardan tashkil topib, 80 ni o‗z
ichiga olgan,
quyi va yuqori cheklanmagan
hosilaviy R10 qator.
Parametrli qatorlar diapazonini tanlashda quyidagilarni inobatga olish zarur:
ishlab chiqarishning va iste‘molning o‗sishini bashorat (Bashoratlashlash)
bilan, loyixalanayotgan parametrlar qatoridan foydalanish;
agregatlashtirish asosida buyumlarning har xil variantlaridan foydalanish;
parametrli qatorlarni yetarlicha uzoqabadiyligi va
istiqbolli rivojlanishini
ta‘minlash maqsadida va boshqa muayyan holatdarda.
Ko‗pchilik mashina va jixozlar guruhi uchun diapazon tanlashda kuyidagicha:
texnik xavfsizlik bo‗yicha;
mazkur buyumning ba‘zi bir oraliqlarda samaradorligi;
mazkur mashina yoki buyumning boshqa jixozlar bilan birgalikda foydalanish
imkoni borligi;
tabiiy sharoit va muayyan qonuniyatlarga ko‗ra cheklanishning zarurati.