trosslarning og‘irlik kuchining yo‘nalishi burilish ichki
burchagining bissektrissasi
bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Shuning uchun oddiy oraliq tayanchlardan farqli o‘laroq ta’sir
etuvchi kuch momentiga qarshi tura olishi uchun burchak tayanchlari ikki yoqqa
qaraydigan bo‘lishi kerak. Burilish burchagi 20 ° dan
ortadigan joylarda burchak
tayanchlari o‘rnatiladi.
Konstruktiv tayrlanishi
ga
qarab tayanchlar
erkin turuvchi
va
tortib turuvchi
tayanchlarga ajratiladi. Tortib turuvchi metall trosslar,
bir uchi tayanchning yuqori
qismiga mahkamlanib ikkinchi uchi tuproqqa 2-3m kirib borgan anker plitalarga
mahkamlanadigan, erkin turuvchi tayanchlar kabi mustahkamligini ta’minlagan holda va
tayanchga ishlatilovchi materiallarni tejab uni tan narhini
kamaytirish maqsadida
qo‘llaniladi.
Tayanchlar yog‘och, temir-beton va metalldan iborat
materiallardan
tayyorlanadi.
O‘zbekistonda yog‘och tayanchlar nominal kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan HL da
ishlatiladi. AQShda kuchlanishi 345 kV bo‘lgan HL da yopishtirilgan yog‘och tayanchlar
foydalanish tajribasi bor. 5-rasm da erkin turuvchi kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HL dagi
yog‘och tayanch misol tariqasida keltirilgan.
Tayanchning pastki (
ulama
) qismi tuproqqa 2,5 m chuqurlikkacha kirib boradi.
Musahkamlikni kuchaytirish maqsadida tayanchning pastki qismiga teshiklarni to‘sib
turuvchi bo‘ylama
rigellar
mahkamlanadi. Hozirgi vaqtda yog‘och tayanchlarning pastki
qismi hizmat qilish muddatini oshirish maqsadida temir betonlardan tayyorlanmoqda.
Chunki temirbeton tagliklar yog‘ochdan tayyorlangan tayanchlarni chirishini oldini oladi.
Shuning uchun ham yog‘och tayanchning boshqa – ustun, traversa va kashak (yoki
shamol ta’sirini yoqotadigan) elementlari antiseptik moddalar bilan shimdiriladi.
Yog‘och tayanchlar qarag‘ay va eman daraxtlaridan tayyorlanadi.
Ustun qismi tag qismiga sim
belbog‘lar
orqali mahkamlanadi.