Katta shaharlardagi elektr energiya iste’molcxilariga chuqur kirib borgan (110 -220
kV kuchlanishdagi shahar podstansiyalarida qo‘llaniluvchi) podstansiyalarda.
Katta quvvatili, ko‘pincha 220 va 500 kV kuchlanishdagi
gidro va issiqlik
elektrostansiyalarida.
Elektroenergiyaga ishlovchi kompleks ishlab chiqaruvchi (avtokorxonalarda,
metallurgiya va kimyosanoati) joylarida
Yuqori kuchlanishli kuch kabellari izolyatsiyasi
elektrik mustahkamligining
ishonchliliga hizmat qilish davrida (35 va undan ortiq yil) yuqori talab qo‘yiladi.
Bunday kabellar izolyatsiyasining elektromaydon kuchlanganligi 7 dan 15 kV/mm
gacha, ya’ni boshqa elektrotexnik apparat va uchkunalarga solishtirganda maydon
kuchlanganligi ancha yuqoridir. Elektro maydon kuchlanganligi asosiy parametrlaridan
biri
hisoblanib, kabellarning konstruktiv o‘lchamlari (diametri) ni yaroqliligini
ta’minlaydi. Bu muammolarga ikki xil ko‘rinishda yechim topilgan: moy shimdirilgan
qog‘oz
izolyatsiyali kabellar, past bosimli moy ostida ishlashidan halos bo‘lgan
(
moyto‘ldirilgan kabellar
— MTK) va tozalik va izolyatsiya sifatini ta’minlovchi PE li
kabellar texnologiyasini qo‘llash orqali.
MTK larni tayyorlash texnologiyasi va konstruksiyasida yuqori elektro maydon
kuchlanganligida ham izolyatsiyachini ishonchli ishlashini
taminlovchi choralar qabul
qilingan.
•
ekspluatatsiya jarayonida kabellarning izolyatsiyasi izolyatsiya strukturasida
hususiy razryadlanishni oldini olish maqsadida doimo ko‘proq izolyatsion moy bosimi
ostida ushlab turiladi.
•
izolyatsiyada minimal dielektrik isrofni ta’minlash
maqsadida kabellar
izolyatsiyasini tayyorlash texnologiyasida, kabellar ishining katta resursi, izolyatsiyaga
termovakuum ishlov berish va moy izolyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi.
19-rasmda past bosimli MTK ning konstruksisi ko‘rsatilgan, 10.6 rasmda po‘lat
trubadagi yuqori bosimli MTK konstruksiyasi keltirilgan.