uzatiladi, undan keyin yana o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi, shunda o‘zgaruvchan tok
qabul qiluvchi tizimga uzatilgan bo‘ladi.
25 ras. a) O‘TU va b) O‘TK ning strukturaviy sxemasi
O‘zgarmas tokli kiritma ishlatilayotgan sxemada, elektr energiya o‘zgaruvchan tok
ko‘rinishda uzatiladi. Odatda bu masofa uncha katta bo‘lmaydi, chunki O‘TK bir
tizimning boshqa tizimga birlashish joyida ishlatiladi. Bu yerda o‘zgarmas tok faqatgina
halqa vazifasini o‘taydi. Tizimlarning chastotasi bo‘yicha
birlashish muammosini
butunlay yechadi va ushbu nuqtai nazardan ularni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tizimlarga
aylantiradi.
Elektr energiyani o‘zgartirishda uzatuvchi va qabul qiluvchi tizimlar bilan bog‘liq
bo‘lgan
P
1
va
P
2
o‘zgartirgichlar mavjud bo‘ladi. Uzatuvchi tizimdan o‘zgaruvchan tokli
elektr energiyani o‘zgarmas tokka aylantiruvchi o‘zgartirgich
to‘g‘rilagich
(
vыpryamitelem)
deb nomlanadi. Boshqa o‘zgartirgich, ya’ni to‘g‘rilagichdan
(
vыpryamitel)
energiya qabul qilib uni o‘zgaruvchan tokli elektr energiyaga aylantiruvchi
va bu energiyani qabul qiluvchi tizimga uzatuvchi
invertor
deb nomlanadi.
O‘zgartirgichlar
qaytao‘zgaruvchi
xususiyatga egadir: quvvat oqimi o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirganda to‘g‘rilagich (
vыpryamitel)
inventorga aylanadi, inventor esa to‘g‘rilagich
(
vыpryamitel)
ga aylanadi. Bunda liniyada tok yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi,
o‘zgartirgichlar ventilga o‘xshab tokni faqat bitta yo‘nalishga o‘tkazadi, ammo
o‘zgartirgichlarning o‘zining qutbi o‘zgaradi.