1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

 Shimoliy Amerikada
bir qator yirik quvvatli o‘zgarmas tokni uzatuvchi va 
o‘zgarmas tok kiritmalari ishlamoqda. Shulardan biri — Nelson River — Vinnipeg 
(Kanada) o‘rtasidagi ikki zanjirli quvvati 3600 MVt va uzunligi 930 km bo‘lgan O‘TU. 
Kanadaning g‘arbiy qirg‘og‘i Vankuver orolidagi quvvati 680 MVt bo‘lgan kabelli O‘TU 
inshooti mavjud, Sharqiy qismida esa AQSh energotzimining shimoliy qismi bilan 
nosinxron bog‘lanishga xizmat qiluvchi ikkita o‘zgarmas tokli kiritmalar mavjud. 
O‘zgarmas tokli kiritmalardan biri Il River (320 MVt), ikkinchisi esa Shategey (1000 
MVt). Bundan tashqari, 1990-yillarning boshlarida umumiy uzunligi 1486 km bo‘lgan, 
Gudzonov orolidan quyuluvchi La-Grand dagi GES dan, Vinnipeg (Kanada) va Boston 
(AQSh) shahrigacha boruvchi ko‘p podstansiyali O‘TU inshootlari ishga tushurilgan. 
Uzatiluvchi quvvat 2200 MVt. Bu elektr uzatish liniyasi beshta podstansiyadan iborat 
bo‘lib — uchtasi Kanadada va ikkitasi AQShda — ular Kanada (Kvebek) va AQSh
(Novaya Angliya) energotizimlari o‘rtasida nosinxron bog‘lanishli asosida boshqariladi.
AQSh da bir qator o‘zgarmas tokli kiritma va uzatuvchi inshootlar qurilgan. Ulardan 
yiriklari- Tinch okeanidagi O‘TU (3100 MVt, 1362 km), Intermauntin (1600 MVt, 788 
km), Skver Byut (500 MVt, 730 km). AQSh da o‘nta nosinxron bog‘liqli 
energobirlashmalarni boshqariladigan o‘zgarmas tokli kiritmalar qurilgan.
Shimoliy Amerikaning samarali tajribasidan, katta hududga ega bo‘lgan boshqa 
davlatlar ham tizimlararo nosinxron bog‘liqlikdan keng foydalanishmoqda. Bu 
munosabatdan asosan avvaldan bir qancha nosinxron ishlovchi qismlarga ajratilgan 
Hindiston energotizimlarining bir biri bilan o‘zgarmas tokli uzatma va kiritmalar orqali 
bog‘lash, Hindiston energotizimini rivojlantirish rejasida katta qiziqish bildirilmoqda. 
Shu maqsadda tizimlar orqali bitta O‘TU barpo etilgan va umumiy quvvati
2500 MVt bo‘lgan O‘TK lar ishga tushirilgan. Bu O‘TK lar bir-biri bilan Shimoliy, 
g‘arbiy va janubiy energotizimlar orqali bog‘langan. Uchta tizimlararo O‘TU qurilmoqda 
va to‘rtta tizimlararo O‘TU loyihalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hududiy tizim ichida 
uchta O‘TU qurilmoqda va yana uchta O‘TU inshootlar loyihalashtirilmoqda. Barcha bu 
O‘TU majmui o‘zgarmas tokli tarmoqlar tizimini hosil qilishi, mamlakat 
energotizimining turg‘unligini oshirishi kerak.
Bunday yo‘nalish, “Uch dara” GES foydalanishga topshirilgandan so‘ng yagona 
energotizimni hosil qilishga extiyoj sezilgandan so‘ng Hitoyda ham qabul qilingan. 
Xuddi shu maqsadda amaldagi ikkita O‘TU ga qo‘shimcha yana yangi, bir vaqtning 
o‘zida o‘zgarmas tok tizimini tashkil qilishni ta’minlovchi va GES dan olis masofada 
joylashgan hududlarga ancha katta quvvatni yetkazib beruvchi yana yangi O‘TU 
inshootlari qurildi. Afrika va Osiyoda bir qancha quvvatli uzoq masofali O‘TU lar 
mavjud.


Afrikada bunday elektr uzatish liniyalaridan ikkitasi: shulardan biri KaborraBassa 
(Mozambik) GESidan JARga (1920 MVt, 1400 km), ikkinchisi – Inga-Shaba (Zair, 1120 
MVt, 1700 km) qurilgan. Ekspertlar Kongo respublikasidagi sharsharali Livingston 
hududidan bir qancha GES lardan Yevropagacha uzatilish mumkin bo‘lgan quvvat 30 
GVt gacha yetadigan elektr uzatish liniyasini muhokama qilishmoqda.
Osiyoda, Kalimantan orolida joylashgan Malayziyaning Saravak shtati bilan birga, 
Tailand va Malayziya energotizimlarini birlashtirishga mo‘ljallangan yirik gibridli O‘TU 
(2400 MVt) qurilmoqda. Buning uchun orolni materik bilan bog‘lash bilan bog‘liq 
uzunligi bir necha yuz kilometrga yetadigan suv osti kabellarini yotqizish talab etiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, O‘TU va O‘TK lar turli nominal chastotalarda ishlovchi 
energotizimlarni bog‘lash uchun ishlatiladi. O‘zgarmas tokni boshqacha maqsadda 
ishlatilmaydi. Qadimdan turli nominal chastotalarda ishlovchi energotizimlarni 
birlashtiruvchi O‘TU va O‘TK lar Yaponiya va Janubiy Amerikada ham ishlamoqda.
Yaponiyada turli chastotalarda ishlovchi tizimlar o‘rtasidagi chegara Xonsyu oroli 
bo‘ylab o‘tadi. Orolning shimoliy qismida - 50 Gs, janubiy qismida esa 60 Gs chastota 
qabul qilingan. Bu tizimlar o‘rtasidagi aloqa umumiy quvvati 1200 MVt bo‘lgan uchta 
O‘TK orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ikki tizim o‘rtasidagi orolning janubiy 
qismida, alohida nominal chastota bilan ishlovchi, tizimlararo quvvat oqimini 
boshqarishga mo‘ljallangan O‘TK ham bor. Yaponiyada gibridli va kabelli O‘TU lar ham 
ishlamoqda. Shulardan biri,katta bo‘lmagan orolda joylashgan yirik elektrostansiyadan 
quvvatni uzatishga xizmat qiladigan, Xokkaydo va Xonsyu energotizimlarini nosinxron 
bog‘laydi. Bundan tashqari, Saxalin (Rossiya) orolidagi issiqlik elektrostansiyadan 
Xokkaydo va Xonsyu orollariga quvvat beradigan uch podstansiyali O‘TU larning 
taxminiy loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Janubiy Amerikada Braziliyada hozirgi vaqtdagi eng katta quvvatli, Parana 
tumanidagi Itaypu GES idan San-Paulo shahriga quvvat uzatishga mo‘ljallangan Itaypu 
O‘TU qurilgan. Bu EUL si quvvati 3150 MVt bo‘lib va har birining uzunligi 800 km 
keladigan ikki zanjirdan iboratdir. Bundan tashqari, Braziliya energotizimi (60 Gs) 
Paragva va Argentina (50 Gs) energotizimi bilan uchta O‘TK orqali birlashtirilgan. 
Shulardan bittasi Paragvay energotizimi bilan ikkitasi esa Argentina energotizimi bilan 
bog‘lanishga xixmat qiladi. Bu O‘TK larning umumiy quvvati 1100 MVt ni tashkil qiladi. 
Braziliya energotizimining rivojlanishining yana bir varianti sifatida, Amazonka 
daryosida bir necha GES larni barpo etib, GES lardan quvvatni O‘TU inshootlari orqali 
uzatish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi Zellandiya va Avstraliyada ham bir necha O‘TU va O‘TK barpo etilgan. 
Yangi Zellandiyani Vashington shahri energotizimi bilan, doimiy chastota va dempferli 
tebranishni ta’minlaydigan gibridli O‘TU bog‘laydi. Avstraliyada bitta O‘TK mavjud, 
yorug‘lik bilan boshqariladigan tiristorlar ishlatilishi kerak bo‘lgan joyda yana bir O‘TU 
inshooti barpo etilmoqda, bundan tashqari, Tasmaniya oroli bilan birlashtiradigan kabelli 
O‘TU qurilishi boshlangan.


Yuqorida aytib o‘tilganlar asosida xulosa qilishimiz mumkinki, dunyo 
elektroenergetikasining bir qator muammolarini yechishda o‘zgarmas tok manbalaridan 
yetarli darajada keng foydalanilmoqda.
Quyida Rosiiyada o‘zgarmas tok ob’ektlarini qo‘llash istiqbollarini ko‘rib chiqamiz. 
Geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlar, xududning ko‘lami, mamlakat foydali 
qazilmalarining 
teng 
taqsimlanmaganligi, 
sanoatning 
rivojlanishi, 
yirik 
energobirlashmalarning mavjudligi, hududlarining bir biridan ancha uzoq masofada 
joylashganligi, Rossiya davlatini o‘zgarmas tok ob’ektlaridan keng foydalanilash 
bo‘yicha izlanishlar qilishga olib keladi.
Uzoq vaqtlardan buyon, urushdan keyingi yillardan boshlab, Rossiyada O‘TU va 
O‘TK lar uchun uskunalar yaratish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot va tajribakonstruktorlik 
ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarda yetakchi rollarni NIIPT (Sankt-Peterburg), VEI 
(Moskva), hamda bir qator ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tashkil etadi. Bu ishlarda bir 
qancha parametrlari horij analogiyasidan kelib chiqib, Ekibastuz- Tambov (6000 MVt, 
2400 km) O‘TU uchun uskunalar yaratish joiz. Bu elektr uzatish inshootlarini yaratishga 
XX-asrning 80-yillarida kirisxilgan, Tamboveda va Ekibastuze podstansiyasida bir qism 
qurilish ishlari tugatilgan, biroq bu ishlar hali tugatilmagan. Loyihani ishlab chiqqanlarni 
fikri bo‘yicha bu O‘TU lar faqatgina, mamlakatning asosiy energoishlab chiqaruvchi: 
Sibir- Ural- Sentr hududlaridan o‘tuvchi yirik tizimlararo bog‘liqlikning birinchi bo‘g‘ini 
bo‘lishi kerak. Kelajakda bu elektr uzatish liniyasi Ekibastuzdan energetika burchagining 
paydo bo‘lgan joyi Itatskkacha va keyinchalik Sibirga, hamda Uralda ham shahobcha 
yaratish taklifi bildirilmoqda.
Hozirgi vaqtda ham tizimlararo bog‘liqlik o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. 
Bunday o‘zgarmas tokli bog‘liqlik, amaldagi o‘zgaruvchan tokli bog‘liqlikdan o‘zining 
qiymati bo‘yicha, energotizimning bir yoki boshqa tizimida avariya sodir bo‘lganda, 
tebranishlarni so‘ndirishi hisobiga o‘zining yuqori boshqaruvchanlikka egaligi bilan, 
tizimlar o‘rtasida nosinxron bog‘diqlikning mavjudligi, Yagona energo tizimning 
turg‘unligini va ishonchliligini oshiradi.
Gidroenergetik resurslarga boy sibir daryosini o‘zlashtirishda ham o‘zgarmas tokli 
elektr uzatish liniyasini qo‘llash talab etiladi. Masalan, uzatilish masofasi 3000 km gacha 
cho‘ziladigan og‘ir sharoitli trassaga ega Angaro-Yeniseyskogo GES ining kaskadining 
36 GVt dan ortadigan quvvatini uzatishda o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyasidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda elektroenergiyani ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanib va bir 
vaqtning o‘zida tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha ko‘proq tendensiya 
ketmoqda. Shu bilan bog‘liq Ural tumanidagi Kansko-Achinsko ko‘mir havzasidagi 
issiqlik elektr stansiyasidagi elektr energiyani, o‘zgaruvchan tok ko‘rinishda emas 
o‘zgarmas tok ko‘rinishda uzatish maqsadga muvofiq deb qaralmoqda. Bu savol yetarli 
daorajada chuqur texnikiqtisodiy izlanishlarni talab etmoqda.


Rossiya ichidagi elektroenergiyaning OES Sibir bilan Yakutiey va Uzoq Sharq 
transport yo‘nalishlarini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Bu holatda gap quvvati 1-3 GVt 
va uzunligi 1000-1500 km bo‘lgan liniyalar haqida ketmoqda. Bu yerda liniyaning 
ko‘lami va bu liniya o‘tadigan trassaning yetarli darajada qiyinligi kelajakda O‘TU dan 
foydalanishga imkon yaratdi. Bundan tashqari, tizimlar o‘zaro nosinxron bog‘liqlikda 
ishlashi va bunday bog‘langan tizimlarning yuqori boshqaruvchanlikka egaligini 
e’tiborga olish kerak.
Kelajakda Rossiyada barpo etiladigan, to‘lqin elektrostansiyalaridan (TES) 
elektroenergiyani uzatishda O‘TU lardan foydalanib uzatish alohida bir istiqbolli 
yo‘nalishlardan biri deb qaralmoqda. Rossiya hududida yirik quvvatli TES qurish 
mumkin bo‘lgan dengiz ko‘rfazlari mavjud. Bu ko‘rfazlar Oqdengiz va Oxota dengizlari 
qirg‘oqlarida joylashgan. Bu hududlarda aholining siyrakligi, o‘z navbatida, mahalliy 
hududda yirik energiya iste’molcxilarining yo‘qligi, TES da ishlab chiqarilgan elektro 
energiyani1000 km va undan ko‘proq masofada bo‘lgan iste’molcxilar markaziga 
uzatishga to‘g‘ri keladi. Shubhasizki, agar TES larning tasnifini hisobga olinsa, yuqorida 
aytib o‘tganimizdek, o‘zgarmas tokli liniyalardan bu maqsadda foydalanish maqsadga 
muvofiq.
Materiklarda joylashgan Orol energotizimlari bilan bog‘liqlikni o‘zgarmas tokdan 
foydalanib bog‘lashni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, masalan, Saxalin oroli, Ladojsk 
ko‘lidagi Valaam oroli, Oq dengizdagi Solovesk oroli va boshqa tizimlar bilan. Bu 
chegeradagi davlatlar(bu yerda o‘zgarmas toklarni qo‘llash bo‘yicha katta istiqbollarga 
erisxilgan) bilan Rossiya o‘rtasidagi davlatlararo elektroenergetik bog‘liqlikki ham 
ta’luqlidir. G‘arbiy, Rossiya—Belarus—Polsha—Germaniya yo‘nalishida ko‘p 
podstansiyali kuchlanishi ±500 kV quvvati 4 GVt gacha yetadigan inshootlar qurilishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda bu elektruzatish liniyasini loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari 
tayyorlanmoqda. Bu loyihaga Baltika va Kaliningrad viloyati energotizimlarini qo‘shish 
varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu elektr uzatish liniyasi bizga ma’lum bo‘lgan 
tizimlararo sinxron ishlashdagi qiyincxiliklarni va quvvatni tashishda o‘zgaruvchan tokli 
sistemaga bog‘langan boshqa (tranzit) davlatlar tarmog‘ida vujudga keladigan texnik 
qiyincxiliklarni bartaraf etadi.
Shimoliy-G‘arbiy yo‘nalishda Finlandiya va Norvegiya bilan aloqalarni, amaldagi 
Vыborg shahridagi O‘TK larni kuchaytirish hisobiga, Fin qo‘ltig‘idan kabellar yotqizib 
yangi Rossiya- Finlandiya O‘TU inshootini barpo etib, Karel energotizimi va Norvegiya 
bilan (O‘TU va O‘TK) aloqalarni hosil qilib kuchaytirish mumkin.
Janubiy va Janubi-sharqiy yo‘nalishda o‘zgarmas tokni qo‘llash ancha uzoq 
masofada (1000 km dan ortiq), sinxron ishlashda qiyincxiliklar tug‘diradigan, Rossiya 
chegarasining janubida joylashgan davlatlar energotizimi bilan aloqalarda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalishlardan eng istiqbollisi Hitoy bilan aloqalar hisoblanadi. 
Sibir-Hitoy o‘rtasida elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha bir necha xil tahminiy 
variantlari o‘rganilmoqda. Ushbu aloqalarda uzatiladigan quvvat bir necha gigavattni, 


masofa esa 2000 km ga yaqinni tashkil qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda bunday aloqalarni 
faqatgina o‘zgarmas tokda amalga oshirilishi mumkin.
Sharqiy yo‘nalishda Rossiya-Yaponiya va Rossiya- Koreya aloqalarni tashkil qilish 
mumkin. Yaponiya orol davlat bo‘lib hisoblanadi. Bunday aloqalarni tashkil etish 
faqatgina o‘zgarmas tokli kabel liniyalardan foydalanish orqali o‘rnatish mumkin. Bunda 
quyidagi elektruzatish inshootlari bo‘lishi mumkin:
• 
Yaponiyaga Saxalin orolidagi issiqlik elektrostansiyasidan mahsus inshoot orqali
• 
Yaponiyaga Saxalin oroli orqali Yakutiyadagi Lena daryosining quyilish joyidagi 
GESdan; bu holatda Tatar bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi liniya barpo etish kerak; bu inshootni 
o‘zgarmas tokda bo‘lishi hozirgi vaqtda texnik qiyincxiliklar tug‘dirmaydi.
• 
Koreya bilan aloqalarni Primorya tumanidagi havo liniyalari bilan bajarish 
mumkin.

Download 1,74 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish