21-rasm. 110 kV kuchlanishli PE (polietilen) izolyatsiyali kabellarning
birlashtiruvchi muftasining konstruksiyasi.
1-kabel qatlami; 2-germetik; 3-izolyatsiyasi bo‘yicha
tiklovchi ekran; 4-metalik
ekranli setka; 5-elektroizolyatsion lenta; 6-issiqlikni so‘ndiradigan trubka; 7-kabel
ekrani; 8-birlashtiruvchi mufta ekrani; 9-birlashtiruvchi mufta izolyatsiya;
22-rasm. 500 kV kuchlanishli moy to‘ldirilgan kabellarning tugallovchi
muftalarining konstruksiyasi.
1-ekran; 2-yuqori chidamli farforli izolyatsiya; 3-oraliq ekranlar; 4-tayanch plita;
Kabel paylarini tugallovchi muftalarga kirgizish yoki paylarini birlashtiruvchi
muftalarga birlashtirish natijasida izolyatsiya muftalarida paydo bo‘luvchi
bir-biriga
o‘xshamagan bo‘ylama elektr maydon kuchlanganligini ta’minlash zarur.
Shuning uchun izolyatsiyada yetarli darajada elektr maydon kuchlanganligini
ta’minlash uchun turli xil usullar bilan elektr maydonni
rostlash maqsadida majburiy
ravishda qo‘shimcha (kuchaytiruvchi) izolyatsiya qo‘llaniladi
•
Ichki va tashqi elektrod va to‘siqlar yordamida;
•
Kondensator qoplama va kondensatorli elementlar yordamida.
Iqtisodiy va boshqa faktorlarga ko‘ra har doim ham amaldagi foydalanilayotgan eski
moy to‘ldirilgan kabellarni zamonaviy PE kabellarga
almashtirish imkoniyatini
bermaydi. Shuning uchun energotizimlarda kam hollarda moy to‘ldirilgan kabellarni
almashtirishga ehtiyoj seziladi (qurilish bo‘layotgan hududlarda).
Shu sababli ham
birlashtiruvchi o‘tkazuvchi muftalarni qo‘llash usuli yordamida turli xildagi kabellarni
birlashtirish muammosi yecxiladi.