o‘zgarmas tok (O‘TQ) deb ataluvchi ob’ektlar kiradi. Bu yerda o‘zgarmas tokli liniya
mavjud bo‘lmaydi. O‘zgarmas tokning barcha bo‘g‘ini, tok bog‘langan tizimdan
o‘zgaruvchan tok liniyasi orqali keluvchi, bitta podstansiyada joylashtiriladi. O‘TQ va
O‘TU larni sxemasi quyida keltirilgan.
2000 yilga kelib jahonda umumiy quvvati 25 000 MVt ni tashkil qilgan 52 ta
o‘zgarmas tokni uzatadigan va qo‘yiladigan obektlar mavjud bo‘ldi.
Yangi
texnologiyalarni qo‘llagan holda yana 28 ta O‘TU va O‘TQ ob’ektlarini qurish
loyihalashtirilmoqda. 2010 yilga kelib o‘zgarmas tok ob’ektlarining quvvati 40 000 MVt
ga yetishi kutilmoqda.
Yevropada hozirgi kunda umumiy quvvati 12 500 MVt bo‘lgan 24 ta o‘zgarmas tok
o‘rnatilgan va uzatiladigan ob’ektlar qurilgan. Yaqin 5 yillikda quvvati 3000
MVt ga
yaqin bo‘lgan yana beshta O‘TU kabelli liniyalar qurilishi rejalashtirilgan. Yevropada
yuqori zichlikdagi o‘zgaruvchan tokli elektr tizimi mavjud. Shuning uchun ham bu yerda
quruq o‘zi yotqizilgan o‘zgarmas tokni uzatuvchi liniyalar yo‘q. Yevropaning bir qator
mamlakatlari kontinentdan va bir-biridan dengiz qo‘ltiqlari
orqali ajratilib turiladi, bu
yerda - dengiz yo‘laklarini bartaraf etish darkor. Shuning uchun ham bu yerda
gibridlanagan va kabelli asosida O‘TU tarqatish qabul qilingan. Bu yerda gibridli O‘TU
deganda liniyaning asosiy qismi kabeldan, ko‘p bo‘lmagan hududning oxirigi nuqtalarida
esa havoli liniyalaridan iborat liniyalar tushuniladi.
Hozirgi vaqtda Yevropa qit’asining barcha
yirik energotizimlari, transevropa tizimi
deb aytadiganmiz, uzatiladigan va o‘rnatiladigan o‘zgarmas toklar orqali birlashtirilgan.
Bulardan eng yiriklariga quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
•
Angliya va Fransiya o‘rtasidagi, bu davlatlar energotizimini birlashtiradigan, La-
Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi O‘TU; bu O‘TU ning ikaala zanjirining quvvati 2000
MVt ni tashkil etadi;
•
Skagerrak bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi Daniya va Norvegiya davlatlari
energotizimlarini bog‘lovchi umumiy quvvati 1040 MVt ni tashkil qiladigan uch zanjirli
kabel yotqizilgan O‘TU.
•
Daniya va Shvesiya o‘rtasilagi ikki zanjirli kabelli elektr uzatish liniyasi(670 MVt)
•
Botnich ko‘rfazi orqali o‘tuvchi Finlandi va Shvesiya o‘rtasidagi O‘TU
(500 MVt)
•
Rossiya va Finlandi o‘rtasidagi Vыborg shahrida O‘TQ (1400 MVt);
•
uchta Italiya-Korsika-Sardiniya dagi havoli-kabelli podstansiya 500 MVt li O‘TU;
•
Angliyada Londan shahri bilan Kingsnortni (Temza daryosining etagi) va shahar
chegarasidagi ikki podstansiyani quvvati 640 MVt bo‘lgan chuqur kirib borgan O‘TU
yordamida bog‘lash amalga oshirilgan.
Yevropa davlatlari energetika tizimlarini o‘zgarmas toklar orqali bog‘lash
tobora
kuchayib bormoqda. Italiya-Gresiya da gibridli O‘TU, Norvegiya va Niderlandiya,
Shvesiya va Germaniya, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiya davlatlari o‘rtasida kabelli
liniya inshootlari qurish ishlari olib borilmoqda. Bundan
tashqari Angliya-Islandiya
o‘rtasida O‘TU loyihasi tugatilgan.