tug‘diradi. Avariya natijasida podstansilardan ixtiyoriy bittasini ishdan chiqishi liniyada
tokning uzilishiga va qolgan barcha podstansilarning ishdan chiqishiga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun oraliq podstansilarda, ya’ni ushbu podstansiyada avariya yuz
berganda avtomatik ravishda qo‘sxiladigan shuntlovchi apparat qurilmalari bo‘lishi
kerak.
Oraliqda
quvvatni parallel ulab olishda, birinchidan, barcha podstansiyalarni
mustaqil rostlash va ularning yo‘nalishini o‘zgartirish, ya’ni ixtiyoriy podstansiyani
to‘g‘rilagich rejimidan inventor rejimiga va aksincha inventor rejimidan to‘g‘rilagich
rejimiga o‘tkazish; ikkinchidan, parallel ulanishda o‘zgarmas tokda, oraliqdagi bir qancha
energotizimlar bilan bog‘lovchi yuqori kuchlanishni tarmoqlarni hosil qilish imkoniyatini
beradi.
Oraliqda quvvatni parallel ulab quvvat olishdagi O‘TU ning kamcxiligi zararlangan
xududni o‘chirishda o‘zgarmas tokli uzgichlardan foydalanish kerakligidadir.
Uzgichlarni masofadan boshqariladigan ajratkichlar bilan almashtirish ham mumkin.
Ammo bu holatda dastlab barcha elektr uzatish liniyasini bu bilan ta’minlash zarur,
so‘ngra zararlangan xududni toksiz pauzasiz uzish va yana uni qo‘shish kerak. Barcha
elektr uzatish liniyasini masofadan boshqariladigan ajratkichlar bilan ta’minlash
to‘g‘rilagichda
ishlaydigan
(yopiladigan
ventil),
impulsli
boshqariladigan
o‘zgartirgichlarni almashtirish imkonini berishi mumkin.
Bularning barchasi elektr
uzatish liniyasining himoyasi va avtomatika vositasi bo‘lib hisoblanadi. Kanada-AQSh
dagi besh podstansiyali O‘TU da aynan shu metod qo‘llangan. Ushbu metod Italiyadagi
Korsika – Sardiniya oroli elektr uzatish liniyasida quvvatni parallel ulab olishda
foydalanilmoqda.
Bu xolatda, agar sxemaga parallel qo‘sxiladigan qaysidir o‘zgartiruvchi podstansiya
ham to‘g‘rilagich ham inventor rejimida ishlashi kerak, unda bunday podstansiyalar
qutblardagi liniya kuchlanishini saqlagan holda tok yo‘nalishini o‘zgartirish uchun,
qutblarni ishoaralarini o‘zgartiradigan qurilmalarga ega bo‘lishi kerak.
Aytib o‘tilganidek, o‘zgarmas tokli kiritmada o‘zgartiruvchi
blokning quvvati va
kuchlanishini oshirish imkoniyati yo‘qdir. O‘zgarmas tokli kiritma quvvatini oshirish,
elektr stansiyalarda generatorlarni parallel ulaganidek, bir necha bloklarni parallel
ulashga olib keladi. Buni Viborg shaxridagi Rossiya – Finlandiya O‘TK
misolida
ko‘rsatish mumkin. U to‘rtta har birining quvvati 355 MVtli komplekt yuqori kuchlanishli
o‘zgartiruvchi qurilmadan (KYuKO‘Q) iborat va bir tomondan 330 kV li shinaga
ulangan, Lenenergo tizimiga kiradigan, boshqa tarafidan esa Finlandiya energotizimi
bilan bog‘langan 400 kV shinaga ulangan. Har bir KYuKO‘Q o‘zgartirgichlarga xizmat
qiluvchi (BRXAT ,sovitish tizimi va boshqalar) barcha
tizimlar joylashtirilganidek,
alohida binoga joylashtiriladi.
Har bir o‘zgartiruvchi (to‘g‘rilagich va inventor) tiristorli ventil qo‘llanganligi
sabali, amalda bir onda qo‘sxiladi va bir onda o‘chiriladi (katta quvvatli tiristorlar uchun
qo‘shish vaqti bir necha o‘n, o‘chirish vaqti esa bir necha yuz mikrosekundlarni tashkil
etadi), ya’ni tezkor pereklyuchatel degan ma’noni beradi. Shuning uchun
o‘zgartirgichlarni ishlash prinsipi o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan faza tokini o‘zgarmas
tok liniyasiga navbati bilan qo‘shishga asoslangan, shunday
ekan bu liniyada liniya
qutblarining ishorasi va tok yo‘nalishini o‘zgarmas qolishini saqlab qoladi. Bunday uzib-
qo‘shishlar o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining chastotasining har davrida 6 marotaba, ya’ni
har 0,0033 s da amalga oshiriladi. Ventilga yuboriladigan, boshqariladigan impulslarning
momentini o‘zgarishi, qiymatlarni o‘zgartira oladiganidek, to‘g‘rilanadigan kuchlanishni
qutblarini o‘zgartira oladi. Oxirgi holatda to‘g‘rilagich rejimidan inventor rejimiga o‘tish
jarayonida va aksincha, inventor rejimidan to‘g‘rilagich rejimiga o‘tish jarayonida
amalga oshiriladi.
O‘zgartirgich texnikasida intervallar vaqtini vaqt birligida emas, elektr graduslarda
o‘lchash qabul qilingan (1 el. grad, 55.5 mks ga teng) va barcha vaqt intervallari
burchaklarda o‘lchanadi (10 el. grad., 20 el. grad, va h.k.). O‘zgartirgichni
rostlash
burchagi nolga o‘zgartirganda, uning chiqishida ancha yaxshi to‘g‘rilangan kuchlanish
hosil bo‘ladi. Burchakni 0 dan 90 el.grad gacha o‘zgartirganda, bu kuchlanish pasayadi
va 90 el.grad da nolga teng bo‘ladi. Burchakni 90 el.grad dan ham yuqoriroq
o‘zgartirganda , kuchlanishning qutbi qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zgaradi va
o‘zgartirgich inventor rejimiga o‘tadi. (31-rasm). Bu yerdan ko‘prikning chiqishidagi
kuchlanish o‘zgartirgich transformatorining ventilli chulg‘am fazalararo kuchlanishining
sinusoid qismi kabi bo‘lishligini qo‘rish qiyin emas. Mavjud pulsatsiyani tekislash uchun,
ya’ni to‘g‘rilanadigan tok zanjiriga ketma-ket ulanadigan reaktor mo‘ljallangan. Liniya
tarafidagi reaktordan so‘ng bunda, qiymati va ishorasi burchakka bog‘liq,
pulsatsiyalanmagan kuchlanish quriladi.