-rasm. Cho‘lg‘amlari turli ulanish guruhlaridan iborat bo‘lgan tarmoq




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

33-rasm. Cho‘lg‘amlari turli ulanish guruhlaridan iborat bo‘lgan tarmoq 
transformatori cho‘lg‘ami toki. 
a - Y/ Y sxema uchun; b –Y/Δ sxema uchun; v – ikki щzgartirgichning summaviy 
tarmoq toki. 
Ikkinchi yo‘l esa yuqori garmonika filtrlarini qo‘llash bilan yakunlanadi. Oddiy filtr 
o‘zida, berilgan garmonika chastotasi rezonansiga sozlangan, ketma-ket ulangan 
induktivlik va sig‘imni o‘z ichiga oladi. Bu holatda bu garmonika uchun filtr qarsxiligi 
nolga yaqin, uning toki yerga filtrlanadi va tarmoqqa uzatilmaydi. Bunda 1-nchi 
garmonika tokiga bu filtr reaktiv quvvat generatori bo‘ladi va podstansiyaning quvvat 
balansini ta’minlashda ishtirok etadi.
Odatda, o‘zgartiruvchi podstansiyalarda har ikkala yo‘l ham bir vaqtda ishlatiladi. 
Filtrlarni hisoblashning mavjud usullari va tarmoqning chastota xarakteristikasini 
hisoblash amalda yuqori garmonika toklarini butunlay kompensatsiyalashga yo‘l qo‘yadi. 
Tabiiyki, yuqori garmonika toklari filtrini qo‘llash zaruriyati o‘zgartiruvchi 
podstansiyaning tan narxini oshishiga olib keladi.
Energiyani o‘zgarmas tokda uzatish o‘zgaruvchan tokda uzatish kabi, bu elektr 
uzatishda qatnashayotgan elementlarning quvvat va energiya isrofi bilan aniqlanadigan 
foydali ish koeffitsientiga ega. Ushbu holatda bu isroflar o‘zgarmas tok liniyasidagi va 
o‘zgartiruvchi podstansiya qurilmalaridagi energiya va aktiv quvvat isroflari 
jamlanmasidan iborat bo‘ladi. Podstansiyadagi asosiy qurilmalarning nisbiy quvvat isrofi 
va o‘z extiyojiga sarflanadigan quvvat sarfining foizlardagi qiymati quyida keltirilgan:


O‘zgartiruvchi transformatorlar............................................1,3 – 1,5 %
O‘zgartirgichlar............................................................................0,5 – 0,7 %
Yuqori garmonika filtrlar................................................0,018 – 0,020 %
Chiziqli reaktorlar....................................................................0,17 – 0,20 %
O‘z extiyojlari...............................................................................0,1 %
Jami...............................................................................................2,1 – 2,5 %
Bu yerdan ko‘rinadiki, o‘zgartiruvchi podstansiya quvvat isrofi nuqtai nazardan 
qaralganda ancha iqtisodiy element hisoblanadi.
Bu turdagi elektr uzatishdagi asosiy isrof – bu liniyadagi isrofdir:
Bu yerda 
I
d
- liniya qutbidagi tok; 
l – 
liniya uzunligi; 
r
0
– 1 km uzunlikdagi qutbning 
solishtirma qarsxiligi.
Liniya qutbining solishtirma qarsxiligi uning, detal poydevorini texnik-iqtisodiy 
solishtirish bilan tanlanadigan konstruksiyasi bilan aniqlanadi. Liniyaning uzunligi asosiy 
rol o‘ynaydi. Kichik uzunlikdagi (800 - 900 km) liniyalarda quvvat isrofi 4 - 5 % ni; ancha 
uzun (2 – 2,5 ming km) liniyalarda esa 8 – 10 % ni tashkil etadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin. 
O‘zgarmas tokli uzatma va kiritma oddiy o‘zgaruvchan tokli liniyada mavjud bo‘lmagan 
xusiyatlarga ega, ular asosan:
• 
bunday elektr uzatishda 
elektroenergetik tizimlarning
birgalikda ishlashidagi 
turg‘unligini aniqlab beruvchi, quvvat chegarasi mavjud emas;
• 
o‘zgaruvchan tokli tizimda birgalikda ishlashdagi ishonchliligini oshirish imkonini 
beradigan, elektroenergetik tizimlarni boshqarishda, o‘zgarmas tokli kiritma va uzatma 
egiluvchan element hisoblanadi;
• 
O‘zgartiruvchi podstansiyalar sepzilarli darajada reaktiv quvvatni iste’mol qiladi 
va o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga yuqori garmonika toklarini ishlab chiqarishi mumkin; bu 
salbiy ta’sirlarni kamaytirish esa qo‘shimcha harajatlarni talab etadi va o‘zgartiruvchi 
podstansiyalarning tan narxini oshiradi.



Download 1,74 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Cho‘lg‘amlari turli ulanish guruhlaridan iborat bo‘lgan tarmoq

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish