35-rasm. YuTV ni hosil qilishdagi o‘zgartiruvchi ko‘prik tiristorlarning
ulanishi mumkin bo‘lgan sxemasi.
Tiristorlar ketma-ket ulangan zanjir kuchlanishni o‘zaro
teng taqsimlaydigan,
sovitish, har bir tiristorga impulslar kanalini uzatadigan qurilmalar bilan ta’minlangan
bo‘lishi kerak. O‘zgartiruvchi ko‘priklarning tiristorlarining ulanishi mumkin bo‘lgan
uchta sxemasi 35 – rasmda keltirilgan. 1-sxemada bitta YuTV ikkita o‘zgartiruvchi
ko‘prikning barscha ventillarining bitta fazasiga birlashtirilgan. 2-sxemada ventilning
bitta qutbi, 3-sxemada esa ventillar bir fazalri o‘zgartiruvchi ko‘prikka birlashtirilgan.
YuTV ni konstruksiyasini yaratishda moduli prinsipdan foydalaniladi.
Har bir
tiristor, uning funksiyasini ta’minlovchi, barcha qurilmalari bilan tiristor yacheykasiga
joylashtiriladi. YuTV elementini o‘zgartiruvchi bir necha yacheykalar modulga
jamlangan. Sterjen ko‘rinishidagi chinni izolyatordan yig‘ilgan qattiq karkas YuTV ni
ko‘taruvchi konstruksiya bo‘lib xizmat qiladi. Bu karkas bir
necha etajli konstruksiya
ko‘rinishida bo‘ladi. Har bir etajga bir biri bilan bog‘lanagan modullar joylashtiriladi.
YuTV mukin bo‘lgan konstruksiyasi 36-rasmda ko‘rsatilgan. Shu kabi YuTV yopiq
binolarga o‘rnatiladi. 37-rasmda Shatagey
(Kanada) gi O‘TK ventil zalining tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Bu yerda yerdan
izolyatsiyalash uchun tayanch izolyatorlar foydalanilgan.
Zilzila havfi bor xudularda
odatda osma izolyatorlardan foydalaniladi.