- ma’ruza. O‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyalarining texnik - iqtisodiy




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
ma\'ruza

15- ma’ruza. O‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyalarining texnik - iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari. 
Elektr energiyani uzatish va taqsimlash xozirgi vaqtda asosan o‘zgaruvchan tokli 
liniyalarda amalga oshirilmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida bu liniyalarning qurilishi 
jadallik bilan o‘sishi rivojlangan davlatlarda shunga olib keldiki, yangi lini barpo etish 
ancha qiyinlashdi, asosan yerning qaytarishi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda yuklamalarning 


davomli ortishi murakkab birlashgan tarmoqlardagi mavjud elektr uzatish liniyalarining 
tok o‘tkazish qobilayatini oshirishni va ularning holatini boshqarishni talab etmoqda. 
Shuning uchun oxirgi yillarda bu vazifaning mumkin bo‘lgan yechim yo‘llari intensiv 
ravishda muhokama qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda, o‘zgaruvchan tokli liniya parametrlarini o‘zgartira oladigan va 
undan o‘tadigan quvvat oqimini boshqara oladigan bir qator qurilmalar ishlab chiqilgan. 
Bunday, ushbu qurilmalar bilan jihozlangan liniyalar egiluvchan liniyalar degan nomni 
oldi.
Egiluvchan liniyalar quyidagilarga imkon beradi:
• 
mavjud liniyalarning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini o‘tkazgichlarning qizish 
darajasigacha oshirish;
• 
dispetcher talablariga mos ravishda murakkab bir xil bo‘lmagan tarmoqlarda 
quvvatning majburiy taqsimlanishni ta’minlab berish; tizim turg‘unligini oshirish.
Shuni ta’kidlash zarurki, bu ishning boshlanishi XX asrning 60yillarida, qachonki 
bir qator davlatlar shu jumladan, bizning mamlakatda xam katta tez ta’sirli 
reaktiv 
quvvatning statik manbalari
bo‘yicha tadqiqot qilinganda zarur edi. Bu qurilmalar elektro 
energetik tizimning aloxida tugunlardagi kuchlanishni barqarorlashtirish imkonini beradi 
va shu bilan birga elektr uzatish liniyalarining quvvat o‘tkazish qobiliyatini va tizim 
turg‘unligini oshiradi. Bunday qurilmalrning bir necha turida tadqiqotlar o‘tkazildi va 
ular ichidan bir qancha tajriba-ishlabchiqarish namunasi yaratildi. Biroq bu 
qurilmalarning xozirgi vaqtda keng qo‘llanilishiga yetarli darajadagi quvvatli 
tiristorlarning, asosan to‘liq boshqariladigan (qulflanadigan) tiristorlarning yoqligi 
to‘sqinlik qilmoqda.
Hozirgi vaqtda sanoatda 4 – 6 kV kuchlanishdagi va 1 – 3 kA tokdagi qulflanadigan 
tiristorlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu yangi turdagi, ya’ni qo‘yilgan vazifani 
yechishda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni yaratish imkonini beradi.
Shuni ko‘rsatish mumkinki, o‘zgaruvchan tokli liniyadan uzatiladgan quvvat, liniya 
oxiridagi kuchlanishga, ular o‘rtasidagi faza siljish burchagiga va bu liniyaning reaktiv 
qarshlik yig‘indisiga bog‘liq. Shuning uchun bu liniyaning quvvatini boshqarishda 
quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
• 
modomiki, kuchlanish bir necha rejimlarda, asosan avariyadan keyingi rejimlarda 
kuchlanish kritik kichik qiymatlargacha o‘zgarar ekan yetishi mumkin murakkab 
tarmoqlardagi tugunlarda kuchlanish, kuchlanishni uning oxirida barqarorlash yo‘li bilan;
• 
liniya oxiridagi kuchlanishlar o‘rtasidagi faza siljishini o‘zgartirish bilan;
• 
liniyaning summaviy reaktiv qarsxiligin o‘zgartirish bilan;
• 
bu usullarni kombinatsiya qilish bilan;
Bu bilan mos ravishda barcha, o‘zgaruvcha tokli liniyaning quvvat o‘tkazish 
qobiliyatini va quvvatini boshqarishga mo‘ljallangan qurilmalar, bir necha turlarga 
ajratishimiz mumkin.


Birinchi bo‘lib ularga reaktiv quvvat manbalarini statik boshqaradigan, va elektr 
tarmoqlarining mos tugunlaridagi kuchlanishni barqarorlashtirishga mo‘ljallangan hamda 
uning o‘tkazish qobiliyatini oshiradigan ya’ni statik tiristorli kompensatorlar (STK) deb 
nomlangan qurilma kiradi. Shu nuqtai nazardan STK oddiy sinxron kompensatorga 
o‘xshaydi, biroq undan tez ta’sir etishi bilan farqlanadi. Bunday tipdagi qurilmalarga XX 
asrning 60-yillarida tadqiq qilingan qurilmalar kiradi.
Ikkinchi turdgi qurilmaga liniyaning summaviy reaktiv qarsxiligini o‘zgartira 
oladigan qurilma kiradi. Oxirgisida, asosan, induktiv qarsxilikni, u liniyaga ketma-ket 
sig‘imlarni ulash yo‘li bilan yoki liniyaga ketma-ket kuchlanishni qo‘shish yo‘li bilan, bu 
sihimda ekvivalent kuchlanishni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Liniyaga sig‘imiy qarsxilikni qo‘shish uning o‘tkazish qobiliyatini oshirishligi 
avvalda ma’lum. Bunday qurilmani 
bo‘ylama kompensatsiyalovchi qurilma
(BKQ) deb 
nomlash qabul qilingan. Biroq oxirgi yillargacha bu qurilmalar boshqarilmaydigan qilib 
tayyorlangan. Ayni vaqtda berilgan liniyaning tarmoqning turli rejimlarida quvvat 
o‘tkazish qobiliyatini o‘zgartirish uchun boshqariladigan bo‘ylama kompensatsiya kerak 
bo‘ladi. Liniyaning qarsxiligini boshqarish uchun elektroenergetik tizimdagi liniyada 
tempe jarayon bo‘lishi darkor.
Uchinchi turdagi qurilmalarga, quvvat va o‘zgaruvchan tokli liniyaning o‘tkazish 
qobiliyatini rostlaydigan, liniyaga kombinatsiyalangan ta’sir etadigan – bir vaqtning 
o‘zida liniya oxiridagi kuchlanish fazasini o‘zgartiradigan va liniyaning qarsxiligini 
o‘zgartiradigan qurilmalar kiradi. Bunday ta’sirga liniyaga bir qancha qo‘shimcha 
kuchlanishni ketma-ket kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda kuchlanishning 
reaktiv tashkil etuvchisi 90 el/grad ga siljitiladi, ya’ni ekvivalent BKQ ni qo‘shib, aktiv 
tashkil etuvchisi esa liniya oxiridagi kuchlanishlar o‘rtasidagi faza siljishi o‘zgarishini 
ta’minlaydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan qurilmalar turining texnik amalga oshirilishi mumkinligini 
ko‘rib chiqamiz.
Elektr 
tarmoqlarining 
tugunlaridagi 
kuchlanishni 
barqarorlashtirishga 
mo‘ljallangan, statik boshqariladigan reaktiv quvvat manbalari,o‘z navbatida, ikki turli 
bo‘lishi mumkin.
Bu qurilmalardan birinchisiga 
boshqariladigan reaktorlar
va 
kondensatorlar 
batareyasi
dan foydalanishga asoslangan qurilmalar kiradi(38-rasm). Ularni parallel 
ulanganda barcha qurilmalarning quvvati kondensatorlar batareyasi va reaktorlar 
quvvatining algebreik yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Reaktor yoki kondensator batareyasining quvvatini o‘zgarishi barcha qurilmalarning 
quvvatini o‘zgartirishi mumkin. Bunda barcha qurilmalar reaktiv quvvatni ishlab 
chiqaruvchi kabi qabul qiluvchi sifatida ham qilish mumkin.



Download 1,74 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- ma’ruza. O‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyalarining texnik - iqtisodiy

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish