Asosiy muammo boshqariluvchi impulslarning uzatish bilan bog‘liq, ya’ni vaqtida
yer potensialidan ventil potensialiga nihoyatda yuqori aniqlik bilan uzatilish
kerakligidadir. Hozir shu maqsadda optik tolalar ishlatilmoqda. Tiristorlarning boshqaruv
tizimi shunday qurilganki, yer potensialidan ventilga oqim boshqaruv ostida yuboriladi,
ventil potensialidan esa har bir tiristorning holati haqida uzluksiz informatsiya jo‘natilib
turiladi. Yaroqsiz tiristorlar joyida tuzatish uchun o‘zgartiruvchi blok va modulni ishdan
chiqarish kerak bo‘ladi va yaroqlisi bilan almashtiriladi.
Chiziqli (tekislovchi) reaktorlar liniyaning har bir qutbiga ulaniladi va elektr uzatish
liniyasining ko‘p funksiyali elementi bo‘lib hisoblanadi. Ular nafaqat tok qutbining
pulslanishini tekislaydi, balki inventorning ishlash rejimi buzilganda va liniyalarda qisqa
tutashuv sodir bo‘lganda liniyadagi tokning o‘zgarish
tezligini berilgan qiymatda
turishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu reaktorlar, o‘zgartirgichlarni ya’ni liniyalan
keladigan yuqori kuchlanish to‘lqinidan himoyalash uchun mo‘ljallangan.
Reaktor cho‘lg‘amining qutb kuchlanishi yerdan izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Bu doimiy tashkil etuvcxilardan tashqari chulg‘am izolyatsiyasiga
normal holatlarda
to‘g‘irlanuvchi kuchlanishning o‘zgaruvchi tashkil etuvcxilari ham ta’sir etadi. So‘ngisi
o‘zgartirgich ishlaydigan boshqaruv burchagiga bog‘liq va uning ortishi bilan o‘sib
boradi. Kuchlanishning bu ikki tashkil etuvcxilari chulg‘am izolyatsiyasida uning
konstruksiyasini og‘irlashishiga olib keladigan turlicha yuklamalarni hosil qiladi.
Reaktorning magnit tizimi ichki o‘zaksiz tayyorlanadi, ammo katta havoli oraliq va
magnitli shuntlar bilan tayyorlanadi, o‘zgarmas tokli reaktorning to‘yinishini oldini oladi.
Reaktorning chulg‘ami transformator moyi bilan to‘ldirilgan bakka joylashtiriladi.
Chulg‘amlarning oxiridan havo o‘tib turishi uchun bakning qopqog‘i moy to‘ldirilgan
yoki elegazli kritimalardan ishlatiladi.
Ma’ruza.17. O‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyalarining texnik - iqtisodiy
ko‘rsatkichlari.
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr uzatish liniyalarini bir biri bilan solishtirish
uchun ularning tok o‘tkazish qobiliyatini hisobga olinayotganda bu elektr uzatish
liniyalarining kuchlanishining sinfi taxminan bir xil bo‘lishi kerak.
Bunda o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyasi, asosan, bir muncha yengil tayanchlar
hisobiga o‘zgaruvchan tokli elektr uzatish liniyasiga qaraganda bir muncha arzonroqdir.
Ayni vaqtda o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyaning tugallanuvchi podstansiyasining tan
narxi, o‘zgaruvchan tokli podstansiyaga qaraganda ancha og‘ir
va qimmat jihozlar
hisobiga qimmatroqdir.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, bizning mamlakatda keltirilgan turli xil iqlimli va
tuproqli sharoitlarda, tayanchlarning turli tipidagi, 1 km o‘zgarmas tokli liniyaning tan
narxi o‘zgaruvchan tokli liniyaga solishtirganda 15 – 20 % kamroqdir. Boshqa davlatlarda
bu munosabat liniya o‘tadigan yerning narxi, elektroenergiya isrofining narxi va boshqa
faktorlar hisobiga boshqacha bo‘lishi mumkin.
Dunyodagi ko‘pgina O‘TU li inshootlarning tajribasining ko‘rsatishicha,
o‘zgartiruvchi podstansiyaning solishtirma tan narxi (doll/kVt) uzatiladigan quvvatga
bog‘liq: uzatiladigan quvvat qancha katta bo‘lsa, solishtirma tan narxi xam shuncha
kichik bo‘ladi. Masalan, 2000 – 4000 MVt diapazon quvvatdagi bitta podstansiyaning
solishtirma quvvati 47 – 53 doll/kVt, uzatiladigan quvvatni 1000 MVt gacha kamaytirish
solishtirma tan narxi 57-70 doll/kVt gacha, 200 MVt quvvatdagi esa solishtirma tan narxi
80-90 doll/kVt gacha ortadi. 1000 MVt quvvatdagi o‘zgarmas
tokli liniyaining
solishtirma tan narxi taxminan 100 doll/kVt ni tashkil etadi. O‘zgarmas tokli elektr
liniyaning ancha arzon liniyasi va ancha qimmat podstansiyasini o‘zgaruvchan tokli
liniya bilan solishtirish shunga olib keladiki, O‘TU ni qo‘llash
faqatgina uning
uzunligining arzonlashishi podstansiyaning qimmatligini qoplagandagina qo‘llaniladi.
Liniyaning bunday uzunligi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli liniyalarning tan narxi teng
bo‘lgan uzunlik kritik uzunlik hisoblanadi.
Liniyaning kritik uzunligi turli xil mamlakatlarda bir xid emas, u aynan shu
davlatdagi mavjud iqtisodiy faktorlar bilan aniqlanadi. Masalan, AQSh da kritik uzunlik
600 – 800 km ni , G‘arbiy Yevropada esa 700 – 900 km ni tashkil etadi. Biroq, keltirilgan
ma’lumotlar qaysi sharoitlarda olinganligi noma’lum.
Oxirgi yillarda Rossiya davlatida yangi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan xolda
kritik uznlikni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday tadqiqotlar quvvati
3000 MVt bo‘lgan ±750 kV o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyalarini bir zanjirli 1150
kV li liniya bilan hamda ikki zanjirli 750 kV o‘zgaruvchan tokli liniya bilan solishtirildi.
Bu tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 1150 kV kuchlanishdagi bir zanjirli elektr uzatish
liniyasining kritik uzunligi bu liniyaning zaryad quvvatining
kompensatsiyalash
xususiyatiga bog‘liq ravishda 750 – 1000 km oraliqda yotadi. Bunda ishonchlilik (bir
zanjirli liniya uzilishi va uning oqibatida) faktori hisobga olinmadi. Ishonchlilik faktori
hisobga olinganda (ikki zanjirli 750 kV li liniya) kritik uzunligi 500 – 600 km gacha
kamayadi. Bu ma’lumotlar Rossiyaning yevropa qismidagi o‘zlashtirilgan xududlar
uchun olingan. Ancha og‘ir sharoitlardagi Rossining shimoliy va sharqiy hududlarida
uzoq masofalarga elektr uzatish bilan bog‘liq muammolar ancha dolzarb bo‘lmoqda,
kritik uzunlik ancha kamaymoqda, liniya trassasini o‘tkazishga ketadigan harajatlar ancha
ortmoqda.
Elektr uzatish liniya sxemasini tanlash, ayniqsa uzoq masofaga uzatishda, xamma
vaqt ko‘p variantli vazifa bo‘lib xizmat qiladi. Uni
yechishda nafaqat iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini, balki odatdagi yoki boshqa variantni barcha texnik va tizimiy,
jumladan, o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyasining xarakteristikalarini hisobga olish
kerak.