Bunday batareyalar turli quvvatli bir necha seksiyalarga ajratilgan bo‘lishi kerak va bu
seksiyalardan har biri tiristorli kalit yordamida ishga tushirilishi kerak(39-rasm.). Hozirgi
vaqtda ma’lumki kondensatorlar batareyasining quvvatini boshqarish elektromexanik
kontaktorlardan foydalanishga asoslangan. Agar talab saqlanib qolsa seksiya ish holatida
qoladi; talab tugashi bilan seksiya kalit yordamida ishdan chiqariladi. Buning uchun
kondensator batareyasi yuqori tez ta’sirli va sinusoidal tok biln ta’minlanishi kerak.
Batareyalar seksiyasi sonini va uning quvvatlari munosabatini to‘g‘ri tanlashda, u
o‘chirilganda amalda kuchlanish barqaror qolishi uchun, batareyalar quvvatining
boshqarilish pog‘onasini 9 – 10% va kamroq ta’minlash kerak. Kondensatorlar
batareyasiga bunday boshqariluvchi qurilmalar Rossiyada XX asrning 60yillari va 80-
yillari oxirida ishlab chiqilgan.