• 34-rasm. O‘zgarmas tokli Havo liniyasi tayanchining sxemasi: a – uniqutbli HL uchun ekrin turuvchi oraliq tayanch b - biqutbli HL uchun
  • 35-rasm. Bir xil masshtabdagi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr uzatish liniyalarining oraliq tayanchlari
  • -ma’ruza O‘zgarmas tokli havo va kabelli liniyalar. O‘zgartiruvchi




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/48
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #228686
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
    Bog'liq
    ma\'ruza

    14-ma’ruza O‘zgarmas tokli havo va kabelli liniyalar. O‘zgartiruvchi 
    podstansiyaning asosiy jihozlari

    O‘zgarmas tokli havo liniyalari o‘zgaruvchan tokli havo liniyalaridan asosan 
    tayanchning konstruksiyasi bilan farqlanadi. 34-rasmda o‘zgarmas tkli havo liniyasi 
    tayanchining turli turdagi mumkin bo‘lgan konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Bunday 
    tayanchlarga metall kam sarflanadi, va ular o‘zgaruvchan tokli havo liniyalaring 
    kuchlanishi va quvvat o‘tkaza olish qobiliyati bo‘yicha solishtirilganda bir muncha 
    soddaroqdir. 35-rasmda erkin turuvchi ±400 kV kuchlanishli metallik tayanch 
    ko‘rsatilgan.


    34-rasm. O‘zgarmas tokli Havo liniyasi tayanchining sxemasi: 
    a – uniqutbli HL uchun ekrin turuvchi oraliq tayanch b - biqutbli HL uchun 
    ekrin turuvchi oraliq tayanch v - biqutbli HL uchun tortib turiluvchi oraliq tayanch g 
    – ikki zanjirli(kvadrat qutbli) HL uchun erkin turuvchi oraliq tayanchi
    11 rasmda 1150 kV o‘zgaruvchan tokli va o‘zgaruvchan tokli va ±750 kV o‘zgarmas 
    tokli HL tayanchining konstruksiyasi ko‘rsatilgan, chizmada bir xil masshtabda. Bu 
    liniyalar taxminan bir xil quvvat o‘tkazish (mos ravishda 5000 va 6000 MVt) qobiliyatiga 
    ega. O‘zgaruvchan tok tayanchining massasi 19,8 t, o‘zgarmas tok tayanchining massasi 
    - 9,4t. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli liniyalarning boshqa chixatlarini ham 
    solishtirilganda taxminan shunday munosabatda. Shuning uchun o‘zgarmas tok 
    liniyasining yegallagan hududining eni o‘zgaruvchan tok liniyasinikiga qaraganda 25 – 
    30% ga kichikroqdir. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bir xil berilgan parametrlarda o‘zgarmas 
    tok liniyasining tan narxi arzonroqdir.
    35-rasm. Bir xil masshtabdagi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr uzatish 
    liniyalarining oraliq tayanchlari


    a – O‘zgaruvchan tokli 1150 kVdagi Ekibastuz – Ural HL ning tayanchi:
    quvvat o‘tkaza olish qobiliyati 5000 MVt, tokning zichligi 0,95 A/mm
    2
    ,
    o‘tkazgich 8 ×AS 330 , tayanchning umumiy og‘irligi 19,8 t; 
    b – O‘zgarmas tokli 1150 kV dagi Ekibastuz – Markaz HL ning tayanchi: quvvat 
    o‘tkaza olish qobiliyati 6000 MVt, tokning zichligi 0,66 A/mm
    2
    ,o‘tkazgich 5×AS 120 
    065, parchalanish qadami 600 mm, tayanchning umumiy og‘irligi 9,4 t
    O‘zgarmas kuchlanishdagi chiziqli izolyatsiyaning ishlash sharoiti o‘zgaruvchan 
    kuchlanishdagi ishlash sharoitidan farqlanadi. O‘zgaruvchan tokli havo liniyasida 
    kuchlanishning izolyatorlar shodasida taqsimlanishi asosan har bir izolyatorning xususiy 
    , izalyatorlararo hamda izolyator va yer o‘rtasidagi sig‘imi bilan aniqlanadi. Buning 
    natijasida izolyator sirtining ifloslanishi kuchlanishning izolyator bo‘ylab 
    taqsimlanishida deyarli e’tiborga olinmaydi. Kuchlanishning o‘zgarmas tok liniyasida 
    shoda bo‘ylab taqsimlanishida izolyatorlarning sig‘imi ishtirok etmaydi. Bu taqsimlaniish 
    sirtining ifloslanishi bilan bog‘liq, izolyator sirti qarsxiligining tesxilishi bilan aniqlanadi. 
    Toza quruq izolyatorlarda kuchlanish bir xil taqsimlanadi, ammo alohida izolyatorning 
    ifloslanishida yoki namlanishida bu bir xillik buziladi, ya’ni izolyatorning ishdan 
    chiqishiga olib keladi. Bu muammoning yechimi tesxilish yo‘lining uzaytirishdan yoki 
    tutib turuvchi shodalarning sonini ko‘paytirishdan iboratdir. Afsuski, bunda liniyaning 
    tan narxi ortadi.
    O‘zgarmas tokli 
    liniya qutbining konstruksiyasi
    o‘zgaruvchan tokli liniyaning 
    fazasiniki bilan bir xildir. Bu yerda ham ikki xil sababga ko‘ra 
    o‘tkazgichlarni parchalash
    qo‘llaniladi. Birinchisi, katta summaviy kesimli qutb o‘tkazgichiga (bir necha ming 
    kvadrat millimetr) mo‘ljallangan, qutb tokining kattaligi bilan izohlanadi.
    Bunday kesimli o‘tkazgichlarni zavod ishlab chiqarmaydi, shuning uchun ularni 
    trassaga yetkazish va montaj ishlarini qilish ham murakkabdir. Shuning uchun kichik 
    kesimli o‘tkazgichlar o‘ramidan foydalaniladi, ya’ni ishlashni osonlashtirdi.
    Ikkinchi sabab o‘tkazgich yuzasida elektr maydon kuchlanganligini kamaytirish 
    kerak bo‘lganligi tufayli, o‘tkazgichning umumiy tojlanishini kamaytirish kerak. Shu 
    maqsadda o‘ramga kiruvchi,o‘tkazgichni, ko‘pburchakning qirrasi bo‘ylab bir biridan 
    belgilangan masofada joylashtiriladi. Natijada paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan umumiy 
    tojlanish kamayadi va tojlanish joyida, o‘zgarmas tok liniyasida o‘zgaruvchan tok 
    liniyasiga nisbatan kamroq bo‘lgan quvvat isrofi kamayadi.
    O‘zgarmas tokli kabelli liniyalar uchun turli tipdagi kabel liniyalar qo‘llanilishi 
    mumkin: qog‘oz-moy izolyatsiyali kabellar, bosim ostidagi moyli kabellar, bosim 
    ostidagi gazli kabellar. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha qog‘oz izolyatsili va moy 
    shimdirilgan qog‘oz izolyatsiyali kabellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    Shuning uchun kabel inshootli o‘zgarmas tok liniyalarida ko‘proq shunday kabellardan 
    qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda 400 kV kuchlanishga 1,25 kA tokka mo‘ljallangan kabellar 
    yaratilgan. Uning tashqi diametri 128 mm ga teng.


    Umuman olganda kabel liniyalari faqatgina suv to‘siqlaridan kesib o‘tish 
    joylaridagina qo‘llaniladi. Unda eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadigan liniyaning 
    ishonchliligini oshirish va tan narxni kamaytirish maqsadida, hamisha kabellar uchun 
    havlilikni oshiradigan manba, birlashtiruvchi muftalarni kamaytirish uchun mumkin 
    qadar kabel liniyalarini uzunligini oshirish kerak. Xuddi shu maqsadda, qiymati 
    kemaning qalinligi bilan aniqlanuvchi, katta diametrli gorizontal g‘altakli mahsus kabel 
    yotqizuvchi kema ishlatiladi. Bu g‘altakka qayiq to‘xtaydigan port shahrida joylashgan 
    zavoddan uzluksiz kabel uzatilib turiladi. Ushbu qayiq yordamida eng katta kabelli 
    liniyaning uzunligi, o‘rtasida bitta birlashtiruvchi mufta bilan 200 km ni tashkil etadi.
    Dastlabki kabel liniyalari bevosita dengiz tubiga yotqizilardi, biroq ularga ko‘pincha 
    baliqlar to‘ridan yoki qayiqlar yakoridan ziyon yetardi. Hozirda kabellar suvosti robotlari 
    yordamida 1,5 m gacha chuqurlikdagi transheyaga yotqiziladi.
    O‘zgartiruvchi 
    podstansiyalarning 
    asosiy 
    jihozlariga 
    o‘zgartiruvchi 
    transformatorlar, o‘zgartiruvchi ko‘priklar, yuqori garmonika toklari filtri, chiziqli 
    (tekislaydigan) reaktorlar, sinxron kompensatorlar, kondensator batareyalari kiradi. Agar 
    sinxron kompensatorlar va kondensatorlar batareyasi haqida gapirilganda, ular 
    o‘zgaruvchan tok tarmog‘idagi analogik qurilmalardan konstruktorlik jihatidan farq 
    qilmaydi. Yuqori garmonika toklari filtri haqida yuqorida aytib o‘tdik. Shuning uchun 
    barcha bu qurilmalar bu yerda ko‘rib o‘tilmaydi.
    O‘zgartiruvchi 
    transformatorlar 
    o‘zgaruvchan 
    tok 
    tarmog‘idagi 
    oddiy 
    transformatorlarga nisbatan ko‘proq qiyin sharoitda ishlaydi. Buning sabablari bir necha. 
    Yuqorida aytib o‘tganimizdek, transformator cho‘lg‘amidan o‘tayotgan toklarda
    transformator cho‘lg‘ami va o‘zagini qo‘shimcha qizishiga olib keladigan yuqori 
    garmonika toklari mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zgartiruvchi ko‘priklarning 
    kaskadli 
    ulanishida 
    ventilli 
    transformator 
    o‘zagiga 
    nafaqat 
    tarmoqdan 
    transformatsiyalanadigan o‘zgaruvchan kuchlanish balki, zaminlanish nuqtasiga yaqin 
    joyda ulangan ko‘priklarning doimiy kuchlanishi ham ta’sir etadi. Bu esa transformator 
    cho‘lg‘ami 
    izolyatsiyasini 
    kuchaytirish 
    darkorligini 
    aytadi. 
    Transformator 
    cho‘lg‘amining dinamik turg‘unligi oddiy transformatorlarga nisbatan yanada kuchliroq 
    ta’sirlarga chidamli qilib hisoblanishi kerak. Bu ta’sir o‘zgartirgichda ko‘pgina 
    avariyaviy jarayonlar keltirib chiqarishi mumkin. O‘zgartiruvchi transformatorlar bir 
    necha nonormal holatlarda o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘zgarmas tokka ham hisoblanishi 
    kerak.
    Transformator salt ishlatilganda, hamda yuqori garmonika toklari filtri yoki 
    kondensatorlar batareyasi qo‘sxilganda rezonansli ta’sir paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni bir 
    necha sekundga cho‘ziladigan, sezilarli o‘ta kuchlanishni paydo bo‘lishiga olib kelishi 
    mumkin Transformator cho‘lg‘ami bunday o‘ta kuchlanishga hisoblanishi kerak.
    Bularning barchasi oxir oqibatda, sezilarli darajada transformator ichki 
    izolyatsiyasini kuchaytirishga, cho‘lg‘am mexanik chidamligini oshirishga, hamda 
    cho‘lg‘am o‘tkazgichi ko‘ndalang kesim yuzasini va transformator o‘zagi kesim yuzasini 


    oshirishga olib keladi. Natijada, o‘zgartiruvchi transformatorda huddi shunday 
    kuchlanishi va quvvati bir xil tipdagi oddiy transformatorlarga nisbatan aktiv materiallar 
    (po‘lat va mis)isrofi taxminan 1,5 barobar yuqori bo‘ladi.
    O‘zgartiruvchi transformatorlar, xuddi shunday quvvatli oddiy transformatorlardan 
    asosan yuqori reativ quvvatliligi bilan ajralib turishida farqlanadi. Bu o‘zgartiruchi 
    sxemaning ishlash sharoiti bilan farqlanadi. Transformator qarsxiligining ortishi, bir 
    tarafdan, uning o‘zgacha konstruksiyasi bilan tushuntirilsa, boshqa tarafdan esa, ventilda 
    uning ishlash jarayonida normal holatda ishlaganidek uning avriyaviy holatda ham tok 
    o‘zgarish tezligini kamaytirilishi kerakligi bilan tushuntiriladi. Transformatorning to‘la 
    quvvati katta reaktiv quvvat iste’mol qilganligi va yuqori garmonika toklaridan aktiv 
    quvvat isrofi ortishi tufayli odatda u qabul qiladigan ko‘prik quvvatini 20 – 25 % ga 
    oshiradi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarini ajratish kerakligi tufayli 
    transformatorning ventil cho‘lg‘ami yerga nisbatan izolyatsiyani kuchaytirilgan bo‘ladi. 
    O‘zgartiruvchi transformatorlar ko‘prikdan reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish kerak 
    bo‘lganligi uchun kuchlanishni yuklama ostida rostlovchi qurilma bilan ta’minangan 
    bo‘ladi. Bularning barchasi ularning massasi va gabaritini ortishiga olib keladi. Bu esa 
    transformator tayyorlanadigan zavoddan ularni o‘rnatiladigan joygacha tashishda 
    qiyincxiliklarni vujudga keltiradi.
    Hozirgi vaqtda o‘zgartiruvchi transformatorlarning maksimal quvvati fazada 500 
    MV· A gacha yetmoqda. Bu quvvat chegaraviy qiymatga ancha yaqin, aftidan uni ancha 
    qiymatga oshirish qiyinroq.
    O‘zgartiruvchi podstansiyaning asosiy qurilmalaridan biri, yuqorida aytib 
    o‘tganimizdek, o‘zgartiruvchi ko‘prik va uning asosiy elementi – 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza O‘zgarmas tokli havo va kabelli liniyalar. O‘zgartiruvchi

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish