-rasm. Rostlash burchagi α ning turli qiymatlaridagi ko‘prikning




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

31-rasm. Rostlash burchagi α ning turli qiymatlaridagi ko‘prikning 
to‘g‘rilangan kuchlanish qiymatlari.
a, b
– to‘g‘rilagich rejimi; 
v
– inventor rejimiga o‘tish chegarasi; 
g
– inventor rejimi
O‘zgartirgichning rostlash burchagini tezda o‘zgartirish imkoniyati va O‘TU va 
O‘TK ning avtomatik boshqarish tizimiga asoslangan. Bunda tizim bir necha 
regulyatorlarni o‘z ichiga oldai va ikkita tizimchalarga bo‘linadi – birlamchi va 
ikkilamchi rostlash. Ulardan birinchisi tez ta’sir etuvchi, ikkinchisi bir muncha sekinroq 
ta’sir etuvchi hisoblanadi.
To‘g‘rilagichda qanday o‘rnatilgan bo‘lsa inventorga ham shunday o‘rnatiladigan 
tok rostlovchisi, birlamchi roslashlash tizimchasining asosiy rostlovcxilaridan biri 
hisoblanadi. Uning vazifasi liniyada, o‘rnatma toki deb nomlanadigan, berilgan tokni 
ushlab turish hisoblanadi. To‘g‘rilagichning rostlash toki to‘g‘rilanadigan kuchlanishning 
o‘zgarishiga ventilning boshqarish tizimi orqali ta’sir etadi, inventorning rostlash toki – 
oxirida paydo bo‘lgan EYuKning teskari o‘zgarishiga.
Liniyadagi tok ortishi kuzatilganda, qachonki liniyadagi tok oshib ketganda, 
masalan, liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda, to‘g‘rilagichning rostlash toki ishga tusha 
boshlaydi. Liniyadagi tokni berilgan tok bilan (o‘rnatma toki) solishtirganda, bu 
regulyator tokning musbat tomonga oshiradi va ventilning boshqarish tizimiga ta’sir 
ko‘rsatadi, burchakni ortiradi va shu bilan birgalikda to‘g‘rilanadigan kuchlanishni 
kamaytiradi. Natijada liniyadagi tok berilgan qiymatgacha qaytadi.
Liniyadagi tok kamayishi kuzatilganda, masalan uzatuvchi tizimda avariyaviy holat 
bo‘lishi natijasida kuchlanish pasayib ketganda, inventorning rostlash toki liniyadagi 
tokning manfiy tomonga o‘zgartiradi va o‘zining boshqaruv tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, 
inventorning EYuK teskari tomonga kamaytiradi va liniyadagi tokni o‘rnatma tokigacha 
qaytaradi. Tok rostlovchisining o‘rnatma toki to‘g‘rilagich rostlovchisining o‘rnatma 
tokining 90 – 95 % ini tashkil etadi.
Shunday qilib, liniyadagi tok ikkita rostlagich o‘rnatma toklari o‘rtasida ortib ham 
ketmaydigan qilib, kamayib ham ketmaydigan qilib ushlab turiladi. Aynan shuning uchun 
tizimlararo o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyasi orqali bog‘langan tizimlardan biridagi 
qisqa tutashuv mos holda, mavjud O‘TU va O‘TK lar tajribasi tasdiqlaganidek, boshqa 
tizimda ham tokning ortishiga olib kelmaydi. Ikkita rostlagichlarning o‘rnatma tokiga, 
berilgan quvvatni ushlab turuvchi yoki berilgan yuklama grafigiga mos holda bu quvvatni 
o‘zgartiradigan, quvvat rostlagichi ta’sir etadi. Agar to‘g‘rilagich va inventor katta 
masofaga ajratilib joylashtirilgan bo‘lsa, ikkita rostlagichlarning o‘rnatma tokini bir 
vaqtda o‘zgartirish uchun, aloqa telekanali bo‘lishi kerak. Quvvat rostlagichi asosan 
davlatlararo aloqada qo‘lanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, u har qanday vaqtda 
kelisxilgan shartnoma asosida qabul qiluvchi tizimdagi mumkin bo‘lgan qarama-qarshi 
intilishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda quvvat uzatilishini qat’iy ta’minlaydi va savdo-
sotiq hisob-kitoblarini yengillashtiradi.


Yuqorida aytib o‘tilgan O‘TU va O‘TK rostlagichlardan tashqari yana bir necha 
yangi rostlovchi qurilamalar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
• 
inventorning yopiq ventilining burchak rostlagichi, 
bir necha avariyaviy holatlarda, 
asosan qabul qiluvchi tizimda qisqa tutashuv bo‘lganda yangi turg‘un holatni ta’minlash 
uchun mo‘ljallangan;
ortishida oxirgi uzoq muddatli ishlashidan tashqari, natijada tarmoqdan reaktiv 
quvvat iste’molining ortishiga olib keladi
• 
Yarim zanjir tok balansining rostlagichi
, yerdagi tokni minimumgacha 
kamaytirishga mo‘ljallangan.
Sanab o‘tilganlardan tashqari boshqa rostlovchi qurilmalardan ham foydalaniladi, 
biroq bu rostlagichlar O‘TU va O‘TK holatiga, tok va quvvat roslagichi kabi unchalik 
ta’sir etmaydi.
Umuman to‘g‘rilagich va inventorlarning rostlovchi qurilmalari turlicha ishlash 
algoritmiga va turli programma hamda apparatlarini tayyorlanish ham turlicha. Mobodo, 
agar ushbu elektr uzatma reversiv hisoblansa, ya’ni agar ulardan quvvat bir yoo‘nalishda 
qanday oqsa, boshqa yo‘nalishda ham shunday oqsa, va o‘zgartirgichlar to‘g‘rilagich 
rejimida ham inventor rejimida ham ishlashi mumkin bo‘lsa, unda ikki marotaba 
komplekt rostlagich qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Download 1,74 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Rostlash burchagi α ning turli qiymatlaridagi ko‘prikning

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish