27-rasmda ko‘prik qutbiga reaktor ulangan. Odatda bu reaktor liniyaning har bir
qutbiga ulanadi. U o‘zgartiriladigan tokning pulsatsiyani
tekislashga va filtr bilan
birgalikda ishlamasligi, qutblarda o‘rnatilgan, o‘zgaruvchan tokning yuqori
garmonikasini tizimga ta’sir etmasligi uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bu reaktor
liniyalarda avariya bo‘lganda, ventillarning ish sharoitida kelib chiqqan holatda tokning
o‘zgarish tezligini chegaralaydi, hamda podstansiya qurilmalarini avvalo o‘zgartiruvchi
ko‘priklarni liniyalardan keluvchi o‘ta kuchlanish to‘lqinidan himoyalaydi. Reaktorlar
o‘zgarmas tokli kiritmalarda ham muhimdir. Bu yerda ular to‘g‘rilagich
va inventor
o‘rtasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi.
O‘zgartiriluvchi bloklarning yana bir muhim elementi bo‘lib konpensatsiyalovchi
filtr qurilma (KFQ) hisoblanadi. Ular yuqori garmonika toklarini va reaktiv quvvatni
kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan. KFQ tarkibiga yuqori garmonika toklari filtri,
statik kondensator batareyasi, reaktiv quvvatni manbaini statik boshqaruvchi yoki sinxron
kompensator kiradi. KFQ ning tarkibi va ulanish sxemasi turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, filtrlar o‘zgartiruvchi transformatorga qo‘shimcha cho‘lg‘am sifatida va tarmoq
shinasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Sinxron kompensatorlar ham xuddi shunday yoki
tarmoq shinasiga transformatorlar orqali, yoki o‘zgartiruvchi transformatorga
qo‘shimcha cho‘lg‘am sifatida ulanishi mumkin. Yuqori
garmonika toklari filtirini
ko‘pgina hollarda sxemaning shu yoki boshqa nuqtasidagi tarmoqning o‘zgaruvchan
tokiga va uning chastotaviy xarakteristikasiga moslashadigan qilib joylashtirish
maqsadga muvoqifdir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, hozirgi vaqtda o‘zgartiruvchi ko‘priklarning
maksimal quvvati mavjud vazifaning yechimi uchun yetarli bo‘lgan 750 – 800 MVt ga
yetadigan qilib ishlab chiqilgan. Umuman olganda, o‘zgartiruvchi ko‘priklar
konstruksiyasini tiristorlarining parametrlarini yetarli darajada katta quvvatga
yetkazadigan qilib ishlab chiqish mumkin. Ammo bu yerda bunday o‘zgartirgichlarni
energiya bilan ta’minlaydigan transformatorlarni tayyorlash bilan bog‘liq cheklanishlar
vujudga keladi.
Bu yerdan, o‘zgartiruvchi ko‘priklarning quvvatining
cheklanlanganligi barcha
uzatiladigan quvvatning ortishi muammosi vujudga keladi. Bu muammolarni ikki
guruhga ajratish mumkin: 1) o‘zgarmas tokli elektr uzatish liniyasining quvvatini oshirish
va 2)o‘zgarmas tokli kiritmaning quvvatini oshirish.
Elektr energiyani uzatishda, asosan uzoq masofaga uzatishda, ma’lum bo‘lganidek,
uzatiladigan quvvatni ortirishda asosiy faktorlardan
liniya kuchlanishini oshirish
hisoblanadi. Shuning uchun, bir vaqtning o‘zida uzatilayotgan elektr energiyani quvvatini
va kuchlanishni oshirish bir necha o‘zgartiruvchi ko‘priklarni ketma-ket (kaskadli) ulash
hisobiga yetkazish mumkin. Bunda qutb kuchlanishi alohida ko‘priklarning kuchlanishi
yig‘indisiga teng bo‘ladi. Podstansiya sxemasini soddalashtirish
uchun ketma-ket
ulanadigan ko‘priklarning sonini cheklash zarur. Ketma-ket ulanadigan ko‘priklarning
sonini cheklash uchun esa , har bir ko‘prik yetarli darajada yuqori to‘g‘rilanadigan
kuchlanishni ega bo‘lishi kerak. Bu esa albatta, qurilmalarning tan narxini oshiradi.
Biroq juda katta quvvatli elektr uzatish uchun bu yechim yetarli bo‘lmasligi
mumkin. Bunday hollarda uzatiladigan elektr energiyani quvvatini oshirishda qutb tokini
ham oshirish zarurdir. Shu maqsadda har birida bir nechta ketma-ket ulangan
o‘zgartiruvchi ko‘priklardan iborat bo‘lgan, ikkita shahobchani parallel ulashga to‘g‘ri
keladi. Bunday yechimga hali zaruriy nominal tokda ishlaydigan chiziqli reaktorlarni,
elektr qurilmalarni yaratish imkoni bo‘lmaganligi sababli kelingan.
Uzoq masofaga uzatiladigan quvvatni oshirishning boshqacha yo‘li ikkinchi parallel
liniya zanjirini qurishdir. Shu yoki boshqa variantni tanlashda
masalaning yechimida
texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini puxta solishtirish evaziga amalga oshiriladi.
O‘TU ning quvvatini oshirishni mumkin bo‘lgan sxemalar rasm.28 da ko‘rsatilgan.