1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

ikki qutbli
deb nomlanadi. Bir zanjirli bunday elektr uzatmaning sxemasi 29, b rasmda 
ko‘rsatilgan. Ba’zida bunday zanjir ikki maydonli deb nomlanadi. Elektr uzatmaning 
quvvatini oshirish uchun esa yana bir shunday zanjir inshootini barpo etishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday elektr uzatma, har bir maydonining quvvati 3150 MVt ni tashkil etadigan, 
Itaypu O‘TUda ishlatilgan.
O‘zgartiruvchi podstansiyaning o‘rta nuqtasi zaminlanganligi uchun har bir zanjir 
(ikki maydon ) ikkita musatqil yarim zanjirlarga ajraladi. Normal holatda tok 
o‘zgartirgichdan inventorga musbat qutbdan uzatiladi va manfiysidan qaytadi. 


Yuklamalar teng bo‘lganda ikkala yarim zanjirlardagi yerdagi tok nolga teng. Biroq, 
amaliyotda barcha parametrlari va har bir zanjirning holat parametrlariga mos keladigan 
jihozlarni ta’minlash mumkin emas. Shuning uchun bir qancha nobalansliliklar bo‘lishi 
vujudga kelishi mumkin va zamin toki nolga teng bo‘lmaydi. Biroq, u qutb tokidan bir 
necha barobar kichik bo‘ladi va keyinchalik hisobga olinmaydi. Bitta yarim zanjir ishdan 
chiqishi bilan boshqasi tokni yer orqali qaytarish bilan ishlashni davom ettiradi. Bunda 
uzatilayotgan quvvat ikki barobar kamayadi, lekin, har xolda kichik quvvatda bo‘lsa ham 
liniyalar ishlashda davom etadi.
Avval eslatib o‘tganmizdek, qutb toki bir necha ming amperni tashkil qiladigan, 
katta quvvatli elektr uzatish liniyalarida, tokning ta’sir etuvchi havflilik hududi ancha 
katta bo‘ladi. Shuning uchun, yerga zaminlanadigan nuqta, maxsus liniyalar yordamida 
o‘zgartiruvchi podstansiyadan bir necha o‘n kilometr uzoqlarda, yer osti muxandislik 
inshooti bo‘lmagan joylarga o‘rnatiladi.
Ikki qutbli elektr uzatmada ikki xil liniya kuchlanish: qutb-yer 
U
d
q-yer
kuchlanishi va 
qutb-qutb 
U
dq
-q
kuchlanishi bilan farqlanadi. Shubhasiz, qutbqutb kuchlanishi qutb-yer 
kuchlanishidan ikki barobar kattadir. Shuning uchun ham ±500 kV kuchlanish va 1000 
kV kuchlanish bilan uzatilayotgan elektr uzatish liniyasi – bu bitta va bir xildir elektr 
uzatish liniyasidir.
Ikki qutbli elektr uzatish liniyasi qvvatlarni ancha uzoq masofaga uzatishda 
qo‘llaniladi. Hozirigi vaqtda barcha yirik va uzoq masofaga uzatiladigan o‘zgarmas tokli 
liniyalar: Itaypuda (Braziliya), Tinch okeanida (AQSh), KaboraBassa – Appoloda 
(Mozambik – JAR) va boshqalarda ikki qutbli sxema asosida qurilgan. Shu sxema asosida 
Ekibastuz – Markaz elektr uzatish liniyasi barpo etilgan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 
boshqa bir holatlarda ikki qutbli sxemani ishlatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, La – Mansh 
bo‘g‘ozi orqali yotqizilgan Angliya – Fransiya O‘TU ikki qutbli elektr uzatish liniyasi 
kabi tayyorlash kerak bo‘ladi. Bunday yechimga kelishga asosiy sabablardan biri, bir 
qutbli liniyalarni elektromagnit maydoni bo‘g‘ozdan o‘tuvchi kemalarning navigatsion 
tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidir.
Uniqutbli o‘zgarmas tok liniyasi ham, ikki qutbli elektr uzatish liniyasi ham chiziqli 
o‘chirgichlarga ega emas. Ularning vazifasini boshqariluvchi ventilli o‘zgartirgichlar 
badaradi. Avariyaviy holatlar vujudga kelganda, tokni liniyaga o‘tishini to‘xtashtish 
uchun, o‘zgarmas tokli liniyada ventilli to‘g‘rilagichlardan boshqariladigan impulslarni 
yetarlicha to‘htatish (ventilni berkitish) kerak bo‘ladi. Ventillarni berkitishni 
podstansiyadagi navbatchi shaxsning qo‘li yordamida ham, shikastlanishlar aniqlaganda, 
avtomatik himoya qurilmalari yordamida amalga oshirish mumkin.
Chiziqli 
o‘chirgichlarning 
bo‘lmasligi 
o‘zgartiruvchi podstansiyalarning 
konstruktiv qismini soddalashtiradi va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ancha 
yaxsxilaydi. Biroq bunday yechimga faqatgina magistral elektr uzatish liniyalarida ya’ni, 
oraliq podstansiyalarga ega bo‘lmagan elektr uzatish liniyalarida kelish mumkin. Oraliq 


podstansiyalar orqali eletkr tokini (o‘zgarmas tok tarmog‘ida) uzatishda, ya’ni 
tarmoqning alohida tarmog‘ida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni cheklashga 
mo‘ljallangan o‘zgarmas tok o‘chirgichlardan foydalanish kerak bo‘ladi.
O‘zgarmas tokdagi yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarni yaratish ancha qiyin texnik 
vazifani qo‘yadi va uning yechimi jiddiy ilmiy-tadqiqotlarni va konstruktorlik qayta 
ishlanishni talab etadi. Bu vazifani yechish yo‘llari topilgan.
Hozirgi vaqtda Rossiya va chet davlatlarda o‘zgarmas tokli kuchlanishi 750 kV 
gacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar ishlab chiqarilgan, biroq ularni 
amaliyotda qo‘llash yo‘li hali topilmagan. Oraliqda O‘TU dan quvvatni olishda tanlangan 
nuqtada o‘zgartiruvchi podstansiya barpo etish kerak. Bunda inventorning ishlashi 
ta’minlash uchun shu joydagi energotizimning kuchlanishini u yerga uzatish kerak 
bo‘ladi. Bu oraliqdagi o‘zgartiruvchi podstansiya liniyaga 30-rasmda ko‘rsatilgandek 
ketma-ket yoki parallel ulanishi mumkin.

Download 1,74 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kirish. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Energetika taraqqiyotida elektr uzatish liniyalarining konstruktiv-mexanik qismlari axamiyati

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish