Elektr uzatish yo‘li uchun o‘ta o‘tkazuvchan kabellar – kelajak kabellari




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana13.05.2024
Hajmi1,74 Mb.
#228686
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
ma\'ruza

Elektr uzatish yo‘li uchun o‘ta o‘tkazuvchan kabellar – kelajak kabellari. 
Elektroenergiyani uzatishda o‘ta o‘tkazuvchan kabellarni qo‘llash g‘oyasi 1911 y 
dagi o‘ta o‘tkazuvchanlik kashf qilingandan so‘ng paydo bo‘ladi. Metallardagi 
soddalashtirilgan o‘ta o‘tkazuvchanlikni quyidagi ko‘rinishda tasvirlashimiz mumkin. 
Bir xil zaryadlangan elektronlar zarrasi o‘rtasida kulon itarish kuchi ta’sir qiladi. Biroq 
o‘ta o‘tkazuvchan materiallar(bu esa 27 ta toza metallar va ko‘p sonli mahsus qotishmalar 
va birikmalar) uchun o‘ta past temperaturada sezilarli ravishda elektronlar o‘rtasidagi 
o‘zaro ta’sir va atom tuzilishi o‘zgaradi. Natijada, elktronlar bug‘i deb nomlanuvchi va 
elektronlarning tortilish imkoniyati paydo bo‘la boshlaydi. Bu parlarning paydo bo‘lishi 
, ularning ortishi, elektronlar pari “kondensatining” vujudga kelishi o‘ta 
o‘tkazuvchanlikni yuzaga keltiradi deb tushntiriladi.
Harorat ortishi bilan elektronlarning bir qismiga termik ta’sir ko‘rsatadi va alohida 
tarkibga o‘tadi. Kritik harorat deb nomlanuvchi haroratda barcha elektronlar normallasha 
boshlaydi va o‘ta o‘tkazuvchanlik holati yo‘qola boshlaydi. Xuddi shunday holat magnit 
maydon kuchlanganlik ortganda ham sodir bo‘ladi. Texnikada ishlatiluvchi o‘ta 
o‘tkazuvchan qotishmalar va birikmalar uchun kritik harorat 10-18 K, ya’ni -263°S dan 
255 °S gachani tashkil qiladi.
Bunday kabellarning birinchi loyihasi, eksperimental modeli va tajribiy ko‘rinishi 
XX –asrning 70-80-yillarga kelibgina amalga oshirildi. Bu vaqtga kelib esa egiluvchan 
qat-qat burmali kabellarning barcha variantlari qo‘llanilmoqda edi. O‘ta o‘tkazuvchan 
modda sifatida suyuq geliy bilan sovutiladigan, niobiya va rux birikmasi asosidagi 
intermetall lentalar ishlatiladi.
1986 yilda yuqori temperaturali o‘ta o‘tkazuvchan moddalar kashf qilindi, va 1987 
yil boshlarida bunday tarkibdagi, o‘zida keramik materiallari bor, kritik temperaturasi 90 
K gacha ko‘tariladigan o‘tkazgichlar olindi. Birinchi yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan 
o‘tkazgichlarning namunaviy tarkibi YBa
2
Cu
3
O
7–
o‘tkazgichlarga o‘zida betartib mayda kristall tizimiga ega bo‘lgan, bir biri bilan 
kuchsiz elektrik bog‘langan ,o‘lchami 1 dan 10 mkm gacha bo‘lgan moddalar kiradi.
Yuqori temperaturali o‘tao‘tkazgichlarning paydo bo‘lishi va ularni qayta ishlash 
jarayoniga qiziqish XX asrning 90-yillari boshlariga kelib o‘ta o‘tkazuvchi kabellarni 
vujudga keltirdi. 1987-1990 yillarda va xozirgi paytgacha AQSh, Yaponiya va G‘arbiy 
Yevropa davlatlarida yuqori temperaturali o‘ta o‘tkazgichlar asosidagi kabellarni vujudga 
keltirish bo‘yicha ishlar ancha ilg‘orlagan. Bunday kabellar oldingilariga nisbatan 
prinsipial farqlanadi. Sovutish uchun qo‘llaniladigan suyuq azot geliyga nisbatan ancha 
arzon hamda uning tabiiy zaxirasi deyarli cheksizdir. Eng asosiysi, 0,8-1MPa ishchi 
bosimda suyuq azot dielektrik ishlatiladi.
Texnik-iqtisodiy izlanishlar ko‘rsatadiki, yuqori temperaturali o‘ta o‘tkazuvchi 
kabellar elektruzatishning boshqa turlari bilan solishtirganda quvvati 0,4-0,6 GV · A dan 


ko‘proq bo‘lgan real ob’ektlarda qo‘llash ancha foydaliroqdir. Kelajakda yuqori 
temperaturali o‘ta o‘tkazgichli kabellardan quvvati 0,5 GVt dan yuqori 
elektrostansiyalarda hamda chuqur kirib borgan megapolislarda va yirik energiya 
iste’molli komplekslarda tok o‘tkazuvchi sifatida qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.
Albatta, energotizimlarga o‘ta o‘tkazuvchi kabellarni joriy etishda iqtisodiy nuqtai-
nazardan real baholash va bunday kabellarning ekspluatatsiyada ishonchli ishlashini 
ta’minlovchi kompleks ishlarni olib borish zarur.

Download 1,74 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr uzatish yo‘li uchun o‘ta o‘tkazuvchan kabellar – kelajak kabellari

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish