ikkita ,tros shaklidagi, metall simli to‘qima joylashtiriladi. Simlar po‘latdan;alyuminiy
qoplamali po‘latdan; alyumniy qotishmasidan; alyuminiydan iborat bo‘lishi mumkin.
Ikkito‘qimali trosslarning tashqi to‘qimasi elektr o‘tkazuvchanlikni oshiruvchi simlardan
tashkil topgan bo‘ladi, ichki to‘qimasi esa yuqori mexanik mustahkamlikka ega simdan
iborat bo‘ladi. Ichki to‘qima simi, trossning mexanik mustahkamligini ta’minlaydi va
yashin zarbalari ta’siridan ximoyalangan. Tashqi to‘qima simining temperaturasi bu
xolatda ortadi, ammo ichki to‘qima bunday ta’sirlarga sinalmaydi
va optik modullar
issiqlikdan ekranlashtiriladi. Bir to‘qimali trosslar ikkala tipdagi sim holatida qo‘llanilishi
mumkin;
24-rasm. Turli konstruktiv ishlanishga ega OPGW kabellar:
1-optik tola; 2-optik modul; 3-markaziy kuchaytiruvchi element (shisha plastik);4-
gidrofobli kompaund; 5-mahkamlovchi lenta; 6-alyumin profilli o‘zak; 7-alyuminiyli
trubka;8-zanglamiydigan po‘latdan iborat trubka; 9alyuminiy bilan qoplangan po‘lat sim;
10- alyuminiy sim.
Bunday turdagi o‘zini ko‘tarib turuvchi kabellarning biri- bu sakkiz shaklidagi kabel
deb nomlanuvchi, bunda kabelning ko‘ndalang kesim yuzasi “8” sonini ifodalovchi,
kabelning o‘zagi va po‘latli tutib turuvchi trosning oxirlari
polietilenli sirtga
umumlashadigan. Kabelning optik qismi aniqrog‘i kuchaytiruvchi element hisobiga
ushlab turiladi. Bunday kabellar o‘zida spirali bor simlarga ega ya’ni kabellarga
bog‘lanadigan, spiral qisqichlar yordamida mahkamlanadi;
Faza o‘tkazgichiga yoki yashinqaytaruvchi troslarga bog‘lanadigan.
Bunday
kabellarning modifikatsiyasi sifatida, yashinqaytaruvchi troslarga lenta yoki maxsus
bandaj orqali cho‘lg‘am o‘rash yo‘li orqali maxkamlanadigan optik tolali kabellarni
hisoblashimiz mumkin. Tashqi ko‘rinishi ancha sodda bo‘lishiga qaramay, bular eng kam
tarqalgan optik tolali kabeldir. Bunday kabellarning asosiy muammolari – qizigan paytda,
u
osiladigan, kabellar va trosslarning (yoki o‘tkazgichlarning) bir-biriga ta’siri. Qisqa
tutashuv paytidagi qizish bir qancha yuqori bo‘lishi mumkin (200 °S va yuqori) , va
issiqlikdan kengayish koeffitsientlari farqliligi hisobiga kabellarning osilishi zaiflashib
qoladi. Bundan tashqari bir qancha muammolar (muz qatlami, titroq ta’siri va h.k) ham
mavjud.
Xorijda qilingan va qilinayotgani kabi energotizimda optik tolali kabellarni keng
ishlatish mutlaqo aniq maqsaddir.