trossustuni bo‘ladi. Ikkizanjirli bitta tirgakli temir-beton tayanchlar 110-220 kV
kuchlanishli liniyalarda qo‘llanilsa, bir zanjirli (bir va ikki tirgakli)
temir-beton
tayanchlar esa 35-500 kV kuchlanishli liniyalarda qo‘llaniladi. Misol tariqasida 9.6
rasmda nominal kuchlanishi 220 kV bo‘lgan HL dagi o‘tkzgichlar uchburchak usulida
joylashtirilgan (rasmda ko‘rsatilmagan) bir zanjirli erkin turuvchi temir beton tayanch
ko‘rsatilgan. Uning ustunining balandligi 26 m va yerga 3,3 m gacha mahkamlangan.
Metall tayanchlar
barcha turdagi (35-1150 kV) nominal kuchlanishlarda
qo‘llaniladi. Uning asosiy elementi bo‘lib
stvol
(erkin
turuvchi minora shaklidagi
tayanchlarda) yoki
ustun
(portal va V-shaklidagi tayanchlarda), fazoda turuvchi ferm
shaklidagi
traversa
, agar ular konstruksiyada ko‘zda tutilgan bo‘lsa
trossustuni
va
tortmalar
hisoblanadi. 7-rasmda yuqorida aytib o‘tib o‘tilgan turdagi (minorali, portal va
V – shaklidagi ) oraliq metall tayanchlar misol tariqasida ko‘rsatilgan.
7-rasm. Oraliq metall tayanch turlari:
a- 220 kV kuchlanishli ikki zanjirli erkin turuvchi minorali tayanch;
b- 500 kV kuchlanishli bir zanjirli tortib turuvchi portal tayanch; v- 1150 kV
kuchlanishli bir zanjirli tortib turuvchi V – shaklidagi tayanch;
Minorali tayanchlarning stvoli to‘rtta metall ugolnikdan iborat vertikal
belbog‘dan
,
qo‘shni belbog‘larni bog‘lovchi tirgaklardan,
panjara
hosil qiluvchi, tayanchda qattiqlik
va mustahkamlikni kuchaytiruvchi
diafragmlardan
(krest shaklidagi gorizontal belbog‘
bog‘lovchi), tashkil topgan bo‘ladi. Metall tayanchlar yig‘ilish
usuliga qarab
payvandlangan
va
boltlangan
bo‘lishi mumkin. Payvandlangan tayanchlar seksiya holida
zavodlarda tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari trassada transportirovka sharoitiga qarab
cheklangan bo‘ladi. Bu seksiyalar bir-biriga botlar orqali mahkamlanadi. Boltlangan
tayanchlar butunlay trassada yig‘iladi. Ular ko‘pincha tarkibiy
elementlarini tashishda
katta qulayliklar yaratadi va korroziyadan himoyalanish tehnologiyasini zavod
sharoitidagidan ko‘ra ancha yengillashtiradi.
Yuqoridagi aytib o‘tilganlardan
tashqari tayanchlar
mahsus vazifasiga
qarab
gruppalanadi.
Ularga transpoziyalovchi, shahobchalovchi va o‘tkazuvchi tayanchlar
kiradi.
Transpoziyalovi
tayanchlar transpoziya sikla tugaydigan hudud ohirida o‘rnatiladi.
(8-rasm)