Ekspluatatsiya qilish sharoitiga qarab kabellar ikkita guruhga ajratiladi.
•
a) Yer ostidan o‘tkaish uchun;
b) ishlab chiqaruvchi korxonalarda jumladan, IEM, AES va boshqa ob’ektlarda
(havodan o‘tkaziluvchi) kabbelli inshootlarni o‘tkazish uchun.
Shahar sharoitida ko‘cha chiroqlarini yoritish uchun
hudud nimstansiyalaridan
oluvchi 10/0,4 kV yer ostidan o‘tuvchi kabellar qo‘llaniladi.
Oxirga yillarda O‘zbekiston hududlarida tuproqning yuqori xloridli to‘yinganligini
hisobga olib mis o‘tkazgichli kabellar bilan birgalikda,
xloridni PVX qatlami bilan
diffuziyalanishini hisobiga, aholi yashaydigan uylarni elektr toki bilan ta’minlash uchun
korroziyaga chidamliligini oshirish uchun qo‘rg‘oshin bilan to‘ydirilgan ustki
izolyatsiyasi qog‘oz bo‘lgan alyuminiy o‘tkazgichli kabellarni (asosan ko‘cha
chirioqlarini yoritish maqsadida) ham ishlatishga ruxsat berilmoqda.
Tuprog‘i yomon bo‘lgan hududlarda past kuchlanishli kabel liniyalarini yotqizishda
PVX – izolyatsiyali kabellarga qaraganda mexanik chidamliligi yuqori (taxminan 17 %)
hamda korroziyaga qarshi himoyalangan izolyatsiyasiga polietilen qo‘sxilgan (PE)
kabellarni ishlatish rivojlanib bormoqda.
Izolyatsion qismi polietilen kabellar korroziyalanishi nam hududlarda izolyatsiyasi
PVX bo‘lgan kabellarga qaraganda 8-10 marta kichikroqdir.
Kabellarni ishlatilgan materialiga va kabel inshootlarining yong‘in
havfsizligi
talablariga rioya qilishiga qarab tanlanadi.