|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 25/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariTayanch so‘zlar: standartlashtirilgan qurilmalar, mustahkamlikka hisoblash, texnologik rejimlarni parametrlari ,korpus, ingichka devorli qurilma, tagliklar; zichlatmalar, apparatlarni elementlari.
Kimyoviy texnologiyada asosan standartlashtirilgan va normallashtirilgan apparaturalardan foydalaniladi. Ammo jarayonning optimal maromini qidirib topishda bosimni, haroratni, ishchi muhit tarkibini anchagina o‘zgartirish mumkin. Shu munosabat bilan apparatlarning detal va uzellarini mustahkamlikka tekshirish hisobi bo‘lishi zarur.
Kimyo ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan isitgich yoki sovutgich qozonlarida, modda almashuv, reaktor qurilmalarida va boshqa texnologik jihozlardagi mahsulotlar idishlarning devorlariga ichki bosim ta’sir qiladi va buning natijasida devorlar ikki tomonlama cho‘zilish (qisilish) holatida bo‘ladi.
Bunday loyihalarni ularning o‘ziga xos tomonlaridan biri uning devorlarining qalinligi qurilma o‘lchamlariga nisbatan juda kichikligidir, shuning uchun ular “yupqa devorli idishlar” deb yuritiladi.
Yupqa devorli idishlarni mustahkamlikka hisoblashlashlari momentsiz va momentli nazariyalar asosida bajariladi.
Momentsiz nazariyani qo‘llash hollari:
Agar idishimizda silliq sirt bo‘lsa; keskin egrilik radiusi o‘zgarmagan holda; idishlarning chetlari qotirilmaganda; qotirilganda reaktiv kuch va momentlar qiymati kam hosil bo‘lgan, tyokis o‘zgaruvchan hollarda qo‘llaniladi.
Suyuqlik og‘irligi yoki gaz (bug‘) bosimi ta’siridagi yupqa devorli, o‘qqa nisbatan simmetrik bo‘lgan idishni ko‘rib chiqamiz. Idish devorlaridan ikkita meridional va ikkita aylanma kesimlar bilan ajratib olingan cheksiz kichik elementning muvozanatini tekshiramiz.
Idishning aylanma yoki meridional kesimlar bilan ajratilgan ikkala qismi simmetrik bo‘lganligidan o‘zaro siljishga intilmaydi, shuning uchun mazkur kesimlarda urinma kuchlanishlar bo‘lmaydi. Elementga faqat bosh normal kuchlanishlargina ta’sir qiladi.
Apparatlar elementlaridagi kuchlanish.
Suyuqlikning gidrostatik bosimi ta’siri ostida bosim, harorat ko‘tarilishi natijasida yuzaga keladigan bir necha xil yuklama apparatga bir paytning o‘zida ta’sir ko‘rsatadi. Texnikada keng tarqalgan qobiqlarning devoridagi kuchlanishni aniqlash uchun, qobiqning o‘n ikkita parallel gorizontal va perpendikulyar tekislik bilan kesib o‘tilishidan hosil bo‘lgan elementi ko‘rib chiqiladi (1-rasm).
|
| |