• Krisstalizatorning issiqlik balansi
  • 1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




    Download 0,51 Mb.
    bet53/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Krisstalizatorlarni hisoblash
    Krisstalizatorning moddiy balansi. Buning uchun quyidagi kattaliklarni qabul qilamiz: Gb- dastlabki eritmaning miqdori, kg; Gkr- kristallarning miqdori, kg; Gk- qoldiq eritmaning miqdori, kg; W- bug‘lanish paytidagi ajralgan erituvchining miqdori, kg. Davriy ishlaydigan kristalizatorlar uchun jarayonning oxirida moddiy balans tenglamasi quyidagicha yoziladi:
    Gb=Gk+Gkr+ W (33.1)
    Kristallanayotgan moddaning tarkibini massaviy dastlabki eritmada; Bb- dastlabki eritmada; B- qoldiq eritmada; Bkr- kristallarda. Agar modda suvsiz shaklda kristallanayotgan bo‘lsa, bunda Bkr=1
    1. Kristallanish jarayonida kristallogidrat hosil bo‘lsa (ya’ni kristallarning tarkibiga erituvchining molekulalari ham kirib joylashsa), u holatda:
    Bkr= (33.2)

    bu yerda M- kristallanayotgan moddaning molekulyar massasi; M- kristallogidratning molekulyar massasi.


    Suvsiz kristallanayotgan modda uchun moddiy balans tenglamasini boshqa ko‘rinishda ham yozish mumkin:
    GbBb=GkBk+GkrBkr (33.3)
    Erituvchining bir qismi bug‘latilmaydigan krisstalizatorlar uchun moddiy balans tenglamasi tuzilganda, (33.1) tenglamadagi W= 0. Bunday sharoitda, agar Gb, Bb, Bk, lar ma’lum bo‘lsa, Gk va Bkr larning qiymatlari topilishi mumkin. Buning uchun (33.1) va (33.3) tenglamalar yechilishi zarur. Agar erituvchining bir qismi ajratib olinishi lozim bo‘lganda, avvalo bug‘lanishi kerak bo‘lgan erituvchining miqdori qabul qilinadi. Erituvchining bir qismi ajratilgandan so‘ng eritmadagi krisstallanayotgan komponentning oxirgi konsentratsiyasi Bo ma’lum bo‘lganda, W ning miqdorini quyidagi tenglama orqali aniqlasa bo‘ladi:
    (1- ; (33.4)
    Krisstalizatorning issiqlik balansi. Eritma sovitiladigan va erituvchining bir qismi bug‘lanadigan kristallanish jarayoni uchun issiqlik balansini tuzamiz.
    Issiqlikning kirishi (Vt): dastlabki eritma bilan Gb, Cb, tb, bu yerda Gb – boshlang‘ich eritmaning issiqlik sig‘imi, J/kg, K, tb- uning harorati, 0C; kristallanish paytida ajraladi Gkr, qkr bu yerda, qkr- kristallanish issiqligi, J/kg.
    Issiqlikning sarfi Vt : qoldiq eritma bilan Gk, Ck, tk, bu yerda Gk- qoldiq eritmaning issiqlik sig‘imi, J/kg K; t- uning harorati, 0C;kristall modda bilan Gkr, Ckr, tkr, bu yerda Ckr-kristallarning issiqlik sig‘imi, J/kg K, tkr-kristallarning harorati, u qoldiq eritmaning haroratiga teng (tkr=tk); bug‘langan eritma bilan Wi, bu yerda i-erituvchi bug‘larning entalpiyasi, J/kg; sovituvchi agent bilan GcCc(t0-tb), bu yerda Gc – sovituvchi agentning issiqlik sig‘imi; J/kg K, tb va to –sovituvchi agentning boshlang‘ich va oxirgi haroratlari, oC; atrof-muhitga yo‘qolishi Qy
    Issiqlikning kirishini va uning sarfini bir-biriga tenglab, quyidagi issiqlik balansi tenglamasini yozamiz:
    GbCbtb+ Gkrqkr= GkCktk+ GkrCkrtkr+Wi+ GcCc(t0 va tb)+Qy (33.5)
    Ushbu tenglama yordamida bug‘lanish yo‘li bilan ajratib olinadigan erituvchining miqdori W(kg/s) yoki eritmaning haroratini tegishli qiymatgacha sovitish uchun zarur bo‘lgan sovituvchi agentning miqdori Gc(kg/s) aniqlanadi.
    Krisstalizatorning issiqlik almashinish yuzalari 19-bobda keltirilgan tenglamalar asosida topiladi. So‘ngra krisstalizatorning asosiy o‘lchamlari (diametri, balandligi, hajmi) aniqlanadi.
    Nazorat savollari.
    1.Krisstallanish to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
    2.Krisstallanish bosqichlari.
    3.Krisstallizatorlarning tuzilishi.
    4. Krisstalizatorlarni hisoblash.
    Download 0,51 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

    Download 0,51 Mb.