• Qo‘zg‘almas qatlamli jarayonda
  • 1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




    Download 0,51 Mb.
    bet50/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Cheklangan hajmli davriy jarayon odatda mexanik yoki pnevmatik aralashtirgichi bo‘lgan apparatlarda olib boriladi. Qattiq zarrachalar aralashtirgich yordamida turli tezliklarda har tomonga qarab harakat qila boshlaydi. Qattiq zarrachalar harakatining inersiya kuchi ta’sirida suyuqlik vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan tezlikda harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishli jarayonlar uzluksiz ishlaydigan apparatlarda olib borilishi sababli kimyo sanoatida keng ishlatiladi. To‘g‘ri yo‘nalishli jarayonlarda qattiq material va erituvchi bir tomonga harakat qiladi. Bunda eritish jarayoni ketma-ket joylashgan bir nechta aralashtirgichli apparatlarda olib boriladi. Qattiq material va erituvchining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan aralashma (pulpa) bir apparatdan ikkinchisiga o‘z-o‘zicha oqib o‘tadi. Bu sxema bo‘yicha jarayonning harakatlantiruvchi kuchi bir pog‘onadan ikkinchisiga o‘tishi bilan asta-sekin kamaya boradi. Odatda, pog‘onalar sonni 3-6 dan ortmaydi.
    Uzluksiz jarayonlarni qarama-qarshi yo‘nalishda olib borish ancha yuqori samaradorlikka ega. Bu prinsipda ishlaydigan qurilmalarda qattiq material va suyuqlik bir-biriga qarama-qarshi tomonga harakat qiladi.
    Qo‘zg‘almas qatlamli jarayonda donasimon qattiq material qatlamdan suyuqlik (erituvchi) o‘tadi. Bunda filtrlanish jarayoni yuz beradi. Qattiq materiallarni eritish jarayonida qatlamning balandligi vaqt davomida o‘zgarib boradi. Bu jarayon davriy ravishda olib boriladi.
    Mavhum qaynash qatlamli jarayonida qattiq materialning zarrachalari suyuqlik ta’sirida mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Qattiq material zarrachalarining qatlami apparatning g‘alvirsimon to‘sig‘i ustiga joylashgan. Suyuqlik (erituvchi) ma’lum kritik tezlik bilan qattiq material qatlamining pastidan beriladi, bunda qattiq zarrachalar har tomonga harakat qiladi.
    Mavhum qaynash qatlamli jarayonlar asosida ishlaydigan apparatlar oddiy tuzilishga ega, eritish jarayoni katta tezlikda olib boriladi.
    Eritish jarayoni faqat bitta bosqichdan iborat bo‘ladi. Eritish jarayoniga qattiq jismning o‘lchamlari, ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibi ta’sir qiladi.
    Eritish jarayonining tezligini
    - aralashtirish; -
    -haroratini oshirish;
    -qo‘shimcha bosim berish;
    - qattiq jismni maydalash yo‘li bilan oshiriladi.

    Nazorat savollari.


    1.Eritish jarayonini kimyo sanoatidagi ahamiyati.
    2.Ishqorlanish jarayoni.
    3.Cheklangan hajmli davriy prosess;
    4.To‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishli;
    5.Qo‘zg‘almas qatlamli eritish.
    6.Mavhum qaynash qatlamli eritish.
    7.Eritish qurilmalarini konstruksiyasi.

    14-Ma’ruza


    Mavzu: Kristallanish
    Reja.
    1.Kristallanish to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
    2.Kristallanish bosqichlari.
    3.Kristallizatorlarning tuzilishi.
    4. Kristalizatorlarni hisoblash.

    Eritma yoki erigan qotishma tarkibidan kristallar holatida qattiq fazani hosil qilish jarayoni kristallanish deb ataladi. Kristallanish jarayoni eritishning teskarisi hisoblanadi. Ikkala jarayon ham qattiq faza-suyuqlik sistemasida yuz beradi. Kristallanish jarayoni odatda suvli eritmadagi kristallanishi lozim bo‘lgan moddaning eruvchanligini kamaytirish orqali, ya’ni uning haroratini o‘zgartirish yoki erituvchining bir qismini bug‘latish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Erigan qotishmalardan kristallarni ajratib olish uchun esa ular sovitiladi.


    Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligining o‘zgarishiga asoslangan. Harorat ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ko‘payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Harorat ortishi bilan ba’zi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar hisoblanadi.
    Berilgan haroratda eritmaning qattiq faza bilan muvozanat holatida bo‘lishi to‘yingan eritma deyiladi. To‘yingan eritma tarkibidagi erigan moddaning miqdori eruvchanlik darajasini belgilaydi. Eruvchanlik erigan moddaning va erituvchining xossalariga, haroratiga hamda qo‘shimcha komponentlarning borligiga bog‘liq. To‘yingan eritma o‘z tarkibida imkoni boricha ko‘p miqdorda erigan modda ushlaydi. Bu holatdagi eritma turg‘un bo‘ladi.
    O‘ta to‘yingan eritma esa o‘z tarkibida eruvchanlik xususiyatiga nisbatan ortiqcha miqdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli o‘ta to‘yingan eritmalar turg‘un bo‘lmaydi. Bunday eritmalardan ortiqcha erigan moddalar kristall holida ajraladi, so‘ngra esa eritma yana to‘yingan holatga o‘tadi.
    Eritmalarning o‘ta to‘yinish holatiga quyidagi usullar bilan erishish mumkin:
    1) ochiq idishda erituvchining bir qismini bug‘latish;
    2) bug‘latish qurilmasida qaynayotgan eritmadagi erituvchining bir qismini bug‘latish;
    3) eritmaga suvni o‘ziga tortuvchi moddalarni qo‘shish;
    4) to‘yingan eritmani sovitish.
    Sanoatda kristallanish jarayoni quyidagi bosqichlarda boradi:
    1) kristallanish;
    2) hosil bo‘lgan kristallarni eritmalardan ajratib olish;
    3) kristallarni yuvish va quritish.
    Kimyoviy texnologiyada kristallanish turli moddalarni toza holatda olish uchun keng qo‘llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida kristallanish jarayoni qand-shakar ishlab chiqarishda, glyukoza olishda, konditer sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Kristallanish jarayoni moddalarni ajratishning boshqa usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
    1) energetik xarajatlari past, chunki moddalarning solishtirma suyulish issiqligi ularning bug‘lanish solishtirma issiqligiga nisbatan 6-8 marotaba kam bo‘ladi;
    2) ish haroratlari past;
    3) yaqin qaynovchi komponentli va azeotrop aralashmalarni ajratish imkoniyati mavjud;
    4) erituvchilarni ishlatishga ehtiyoj yo‘q;
    5) modda suyultirilgan holatdan kristall holatga o‘tganida katta termodinamik ajratish koeffitsiyentiga ega bo‘lganligi sababli kristallanish yuqori samaradorlikka ega.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

    Download 0,51 Mb.