• 13.4-rasm. Batareyali siklon (a) va uning elementlari: 1- korpus; 2- gaz taqsimlash kamerasi; 3- siklon elementining korpusi; 4- chambarak (tutqich); 5- chang yig‘ish bunkeri; 6- vintsimon parrak.
  • 1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




    Download 0,51 Mb.
    bet48/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    13.3 –rasm. NIOGAZ siklon sxemasi
    Siklonga kirayotgan changli havo tarkibidagi suv bug‘lari kondensatsiyaga uchramasligi uchun aralashma harorati havoning shudring (gaz tarkibidagi namlikni kondensatsiyalanish) nuqtasidan 10-25oC yuqori bo‘lishi lozim. NIOGAZ siklonlarining diametri 100-1000 mm bo‘ladi. Mazkur siklonlarda havoning tozalanish darajasi chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, 5 mkm o‘lchamli zarrachalar tutgan chang muhiti uchun havoning tozalanish darajasi 30-85%, agar zarrachalar 10 o‘lchami mkm bo‘lsa 70-85% va 20 mkm kattalikdagi zarrachalar uchun esa 95-99% ni tashkil etadi. Siklonlar vositasida havoning changdan tozalanish darajasi ajratish koeffitsienti Ka qiymati bilan tavsiflanadi
    Ka=2/(Rg), (13-2)
    bu yerda Ka -chang oqimining tezligi, m/sek;
    R- siklonning silindrik qismi radiusi, m;
    g=9.81 m/sek2.
    Ushbu (13-2) tenglikdan ko‘rinadiki, havoning changdan tozalanish darajasini oshirish uchun oqim tezlanishini orttirish yoki siklon radiusini kichraytirish lozim. Chang tezligi orttirilsa, siklonda kuchli turbulent oqim hosil bo‘ladi. Bu paytda chang tarkibidagi zarrachalarning cho‘kish sharoiti buziladi, tozalanish darajasi pasayadi va qurilmaning gidravlik qarshiligi ortadi. Siklon radiusini optimal chegaralarda belgilangan o‘lchamlardan kichiklashuvi natijasida uning ish unumdorligi kamayadi. Shuning uchun katta hajmdagi gazlarni (~140 m3/soat) tozalash zarururiyati paydo bo‘lsa, u holda bitta katta diametrli siklon o‘rniga bir nechta kichik diametrli siklon guruhlari - multisiklon batareyalari ishlatiladi (13.4-rasm).
    Batareyali siklon korpusi 1 silindr yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning ichiga 10-14 dona siklon elementlari 3 chambarak (tutqichlar) 4 vositasida joylashtiriladi. Natijada qurilma korpusida bir-biriga nisbatan germetik holatda bo‘lgan uchta alohida bo‘limlar chang taqsimlash kamerasi 2, chang yig‘ish bunkeri 5 va tozalangan havo kamerasi hosil bo‘ladi.
    Siklon elementlari yuqori va quyi chambaraklarga shunday joylashtiriladiki, bunda har bir elementning chang kiradigan tirqishi (patrubkasi) gaz taqsimlash kamerasi bilan, chang tushiruvchi patrubkasi chang yig‘uvchi bunker bilan va markaziy chiqarish patrubkasi esa tozalangan havo kamerasi bilan tutashadi. Taqsimlash kamerasi 2, chang yig‘ish bunkeri 5 va tozalangan havo kamerasi hosil bo‘ladi.


    13.4-rasm. Batareyali siklon (a) va uning elementlari: 1- korpus; 2- gaz taqsimlash kamerasi; 3- siklon elementining korpusi; 4- chambarak (tutqich); 5- chang yig‘ish bunkeri; 6- vintsimon parrak.

    Changli havo qurilmaning kirish patrubkasi orqali gaz taqsimlash kamerasiga 2 uzatiladi. Bu yerda changli aralashma siklon elementlariga 3 teng taqsimlanadi. Diametri 40-250 mm bo‘lgan har bir element korpusi va tozalangan havo chiqaruvchi trubkasi oraliqidagi halqasimon tirqishga vintsimon parrak 6 o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu parrakning asosiy vazifasi multisiklonga berilayotgan gaz oqimini uyurmaviy aylanma harakatga keltirishdir. Bunday harakat natijasida markazdan qochma kuch yuzaga keladi va uning ta’sirida ajratish jarayoni amalga oshiriladi. Ajratilgan komponentlar korpusning tegishli chang yig‘ish va tozalangan havo kameralariga uzatiladi va qurilmadan chiqarib yuboriladi.


    Siklonlarning tuzilishi sodda, harakatlanuvchi qismlari yo‘q, changlarni chang cho‘ktirish kameralariga nisbatan yuqori tozalikda ajratadi. Shu bilan bir qatorda, ularning kamchilliklari ham mavjud: siklonga berilayotgan gaz sarfini (bosimini) o‘zgarishi chang ajratish koeffitsienti qiymatini pasaytiradi; abraziv zarrachalar korpus devorini qirib, uni sezilarli darajada yupqalashtiradi va mahsulot tarkibini metall ionlari bilan boyitadi; o‘lchamlari 10 mkm dan kichik bo‘lgan zarrachalarni tutib qolish darajasi uncha yuqori emas.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

    Download 0,51 Mb.