1-MARUZA
MAVZU. KIRISH RESPUBLIKA XAIQ XO'JALIGIDA KIMYO SANOATINING AHAMIYATI
REJA:
1. Respublika xalq xo'jaligda kimyo sanoaining o'rmi.
2. Noorganik moddalar ishlabchiqarish texnikasi va texnologianing rivojlanish bosqichlari.
3. Fanning maqsadi asosiy vazifalar.
4. Texnologik qurilma mashina va apparat to'g'risida.
Tayanch so'zlar: xalq xo'jaligi; kimyo sanoati; xomashyo; qazilma boyliklar, noorganik maxsulotlar; organik maxsulotlar; transport qurilmalari; mashina; apparat;texnologik qurilma; "O'zkimyosanoat"; tashkil topgan; maqsadi; vazifalari; strategik harakatlar dasturi.
Insonning ishlab chiqarish faoliyati va hayotida kimyoning roli nihoyatda katta. Mamlakatimiz kuchli kimyo sanoatiga egadir. Uning rivojlanish sur'atlari xalq xo'jaligi boshqa tarmoqlarining o'rtacha rivojlanish sur'atlaridan ancha yuqori.
Kimyo sanoatining maxsulotlari xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida keng ko'lamda qo'llaniladi va shartli ravishda noorganik va organic kimyo maxsulotlariga bo'linadi.
Toshko'mir, neft, gaz va yog'ochni qayta ishlab- koks, motor yoqilg'i va surkov moyi, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola, sintetik kir yuvish vositalari, lak- bo'yoqlar, dori-darmon, sellyuloza, metal va etil spirit, sirka kislota, aseton, kapralaktan va shunga o'xshash organik maxsulotlar olinadi.
Noorganik maxsulotlarga kaustik soda, kalsinasiyalangan soda, osh tuzi, ammiak, xlor, vodorod, azot, kisorod, shisha, sovun, spool maxsulotlari kiradi.
Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmog'lar sirasiga kiradi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni jadallashtirish extiyojlaridan kelib chiqib mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topdi.
O'zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi uchun tabiy, ijtimoiy- iqtisodiy va ma'naviy shart-sharoitlarning mavjudligi mazkur hududda yirik fan va madaniyat o'chog'ini shakillantirdi.Xilma-xil foydali qazilmalar,arzon energiya manbaiy bo'lmish gidroresurslar boy tabiy xom ashyo zaxirasi bu o'lkada katta kimyoning shakillanishi va taraqiy topishi uchun asos bo'ldi.Bu yerda eng avvalo paxtachilikni ko'tarishga xizmat qiladigan sanoat tarmoqlari barpo etildi.Mineral o'g'itlar, sun'iy va sintetik tolalar, kislotalar, o'simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari,tabiy gaz va neftni qayta ishlash maxsulotlarni kietallar va ularning qotishmalari, lak-bo'yoq materiallari, dori pereparatlari, qurilash ashyolari boshqalar O'zbekistoning kimyoviy va unga turdosh sanoat korxonalaridan olinmoqda va ishlab chiqarilmoqda.
-"O'zbekistonda o'z yerosti boyliklari bilan xaqli suratda fahrlanadi - bu yerda mashhur Mendileyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Xozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va madan nomoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan.900 dan ortiq qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baxolanayotganini xam aytib o'tish kerak".
O'zbekiston xududida kimyo sanoati XX asrning boshlarida paydo bo'ldi. O'zbekiston xududida birinchi kimyo korxonasi 1906 yil Farg'onada neftni qayta ishlash zavodi bo'lib unda asosan hefdan kerosin olingan. 1910 yilda mamlakatimiz hududida oxak ko'ydirish, o'simlik bo'yog' olish, oltingugurt ishlab chiqarish, ishqoriy moddalar tayyorlash, xo'jalik sovuni tayyorlash bilan shug'urlasnadigan korxonalar bo'lgan.
Respublikamiz kimyo sanoatining to'ng'ich korxonasi Chirchiqdagi "Elektroximprom" ishlab chiqarish birlashmasi 1935 yilda Chirchiq azotli o'g'itlar zavodi nomi bilan qurilgan va ammiakli seltira,ammiak, vodorod,kislarod, azot, nitrat kislota, karbimid kabi maxsulotlari bilan nom qozongan. Xozirgi kunda Chirchiqda koprolaktan zavodi ham faoliyat ko'rsatmoqda.
1946 yilda Qo'qonda va 1957 yilda Samarqanda superfosfat zavodlari ishga tushdi. 1963 yilda Farg'onada azotli o'g'itlar ishlab chiqaruvchi "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi ishga tushurildi. Hozirgi kunda bu korxonada ammiakli seltira, nitrat va sirka kislota,defolantlar,asetilsellyuloza va ko'pgina anorganik va organik maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 1964 yilda Navoiy shahrida elektrokimyo kombinati nomi bilan qurib ishga tushirilgan korxona bugungi kunda yuksak darajada rivojlanib "Navoiy azot" ishlab chiqarish birlashmasiga aylandi. Hozirgi kunda bu birlasahmada ammiakli va selitira,nitrat kislota,akronitril,methanol, asetilin,nitron tola kabi sirka kislota,sianid maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 1965 yilda Olmaliqda sulfat kislota, 1973 yilda ammofos zavodi, 1965 yilda Popda rezina oyoq kiyimlari 1972 yilda Jizzaxda plasmassa zavodi ishga tushurildi. 1971 yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushurildi. Bu korxonada xar yili 30 mlrd.kub.m. tabiy gazni ayta ishlab gaz kondensati, suyultirilgan uglevodorodli gazlar, texnik oltingugurt ishlab chiqarilmoqda. 1975 yilda Angrenda rezina maxsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi.2000 yilda Qizilqum fosfarit kombinati ishga tushurildi.Bu kombinat respublikamizdagi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish korxonalarini xom ashyo bilan taminlaydi. 1991 yilda respublikada kimyo sanoati korxonalari negizida "O'zkimyosanoat"konserini tashkil etildi. Bu konserin 2001 yilda "O'zkimyosanoat" davlat aksionerlik kompaniyasiga aylantirildi.2002yilda ishga tushurilgan Sho'rtan gaz-kimyo komplekisida har yili 125 ming tonna polietilen, 100 ton oltingugurt, 1000 ton suyultirilgan propan gazi ishlab chiarilmoqda. Bu korxonada har yili 20 mlrd.kub.m. tabiy gazni ayta ishlanmoqda.
2004 yilda Qo'ng'irot shaxrida bir yilda 210 ming tonna soda maxsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi. 2012 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Ustyurtda Syrgil koni negizida Markaziy Osoyoda eng yirik gaz-kimyo majmuasini qurish boshlandi. Bu erda 5millard AQSH doliri miqdorida qurilish montaj ishlari bajariladi. Korxona 2016 yilda ishga tushadi. Korxonada har yili 4 mlrd.kub.m
Tabiy gaz qayta ishlanib 362 ming. Tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda zamonaviy sanoatning yuzdan ortiq tarmog'i bor. Kimyoviy sanoatning yuksalishiga katta hissa qo'shayotgan Chirchiq MAKSAM, Navoiy va Farg'ona azot birlashmalari, Olmaliq, Samarqandda, Qo'qon kimyo zavodlari respublikamizning kimyoviy o'g'itga bo'lgan extiyojini qondiribgina qolmay, chet mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatida sanoatning ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Ilgari asosan xomashyo tayyorlashga ixtisoslashgan O'zbekiston iqtisodiyoti bugun zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish,texnik va texnologik yangilash, eksportga yo'naltirilgan hamda import o'rnini bosadigan maxsulotlarni ishlab chiqarish mustahkamlanib bormoqda. Bu borada yurimizda istiqlol yillarida bunyod etilgan hamda faoliyati tubdan qayta tashkil etilgan yirik ishlab chiqarish korxonalarining salmoqli o'rni bor.
O'zbekiston tuprog'ining azaldan qazilma boyliklarga boyligi mustaqillik yillarida kimyo va neft-kimyo sanoatina jadal suratlarda rivojlantirish imkonini bermoqda. Sanoatning ushbu tarmogida ishlab ciqarish hajmi 2011-yilga kelib 1990- yilga nisbatan 3.2 marta ortgani buning yaqqol ifodalab turibti. Bu borada ko'pgina yirik ishlab chiqarish korxonalari qatori "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Dehqonobod kaliyli og'itlar zavodining ham alohida o'rni bor.
"Dehqonobod kaliyli og'itlar zavodi" unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2007-yil 1-maydagi" Tubakat kaliyli tuzlar koni negizida Dehqonobod kaliyli og'itlar zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to'grisida"gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi.
Mutaxasislar Tepaqo'ton massividagi silvinit rudasi zaxirasini 200 million tonnadan ziyod deb baxolashgan. Zavod qurilishi ishlari shu kon negizida boshlangan edi. Tog'kon majmuasidagi qurilish sababi uning tarkibida sof kaliy ulishi 60 foizdan iborat. Xorij korxonalarida tayyorlanayotgan xuddi shunday o'g'it tarkibida esa kaliy ulushi 35 foizdan oshmaydi.
Korxonani kengaytirish ishlab chiqarish quvvatini oshirish ishlari davom etmoqda. Xozir Rossiyaning "ZUMK-Injinering "kompaniyasi bilan hamkorlikda yillik ruda qazib chiqarish quvvati 1 million 400 ming tonnaga teng tog'-kon majmuasi hamda tashqi elektr taminoti obektlari orqali masofaning uzoqligi [qariyb 30 kilomrtr) jixatidan dunyoda yagona deb tan olinayotgan osma kanat yo'lining qurilishi davom ettirilmoqda. Osma yo'lining quvvati soatiga 340 tonna bo'lib, u ishga tushsa bir yilda 2,1 million tonna rudani qayta ishlash majmuasiga olib qaytarib tushish imkoni tug'iladi. Bu esa ushbu xarajatlarni 3 barobar kamaytiradi. Ushbu loyixa amaliyotga tatbiq etilgach ruda qazib olish xajmi 2 million l00 ming tonnaga etadi. Tabiiyki, ishlab chiqarish xajmi xam yanada ortadi.
Ishlab chiqarish jarayonida chiqadigan chiqindi qayta ishlanib, yiliga 100 ming tonna texnik maqsadlarda foydalanadigan tuz olish yo'lga qo'yiladi. Bu kelgusida mamlakatimizda korxonalarining texnik tuzga bo'lgan talabini to'la qondirish imkonini beradi.
Ishlari Rossiyaning "ZUMK-Injiniring" qayta ishlash majmuasidagi qurilish ishlari majmuasidagi bunyodkorliklar esa Xitoy Xalq Respublikasining "Sitik" komponiyalari tomonidan amalga oshirildi.
Korxonaning yiliga 200 ming tonna kaliy xlorid mineral og'iti ishlab chiqarish quvvatiga ega birinchi bosqichi 2010-yil avgust oyida ish boshladi. O'sha yilning oxirigacha 50 ming tonnadan ortiqroq yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarilib yarmidan ko'prog'i xorijiy davlatlarga eksport qilindi. Prezidentimiz ning 2011-yil 17- noyabrdagi "Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodning ishlab chiqarish kuvatini kengaytirish [2 bosqich] investitsion loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisida"gi qaroriga asosan korxonaning ikkinchi bosqich qurilishi ishlqari boshlanib,2015 yili ishga tushirildi. Xozirgi kunda korxonaning umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 662 ming tonnani tashkil qiladi.
Korxonamiz ishga tushgandan buyon o'tgan besh yil mobaynida ishlab chiqarilgan kaliy xlorid miniral o'g'iti mamlakatimiz dexqon va fermer xo'jaliklariga etkazib berildi. Aksariyat maxsulotlarimiz esa Yevropa,Osiyo vaAfrika qitalarining Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Singapur, Eron singari 20 dan ortiq davlatlariga eksport qilindi. Tasavvur qiling; Qashqadaryoning eng chekka tumanlaridan biri Dexqonobodda, o'tgan 5 yil davomida maxalliy mutaxassislar say-xarakatlari bilan ishlab chiqarilgan 900 ming tonnadanziyod maxsulotning 600 ming tonnadan ziyodrog'i xorijlik istimolchilarga yetkazib beriladi.
Sababi uning tarkibida sof kaliy ulishi 60 foizdan iborat. Xorij korxonalarida tayyorlanayotgan xuddi shunday o'g'it tarkibida esa kaliy ulushi 35 foizdan oshmaydi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlarini kengaytirish xam doimiy etiborda. Kelgusida gidrooksidi xlorsiz o'g'it tayyorlash, shuningdek, farmatsevtika coxasida zarur xom-ashyo xisoblanadi.
Malumki, o'simliklar xayotida azot fasfor va kaliy kabi elementlar muxim rol o'ynaydi. O'zbekistonda azotli va fasfortli miniral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi qudratli majmua shakllangan va bu boradagi muammolar allaqachon ijobiy tarzda xal qilingan. Chirchiq, Farg'ona, Navoiy, Samarqand Olmaliq. Qo'qondagi yirik kimyoviy korxonalarimizning faoliyati fikrimizni tasdiqlaydi. İqtisodiyotimizning kaliyli o'g'itlarga bo'lgan talabi xam o'z xomashyomiz va o'z maxsulotimiz xisobiga qondirilmoqda.
Vaxolanki Prezidentimiz o'z vaqtida takidlab o'tganidek; O'zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari mavjud bo'lib, bular Qashqadaryo viloyatidagi Tubak va Surxandaryo viloyatidagi Xo'jayikon konlaridir. Taxminiy xisoblarga qaraganda, kaliy tuzlari 100 yildan ko'proqqa yetadi. Respublika tosh tuz konlariga boy. Aniqlangan 5ta tuz koni -Xo'jaykon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqala konlarida taxminan 90 milliard tonna xomashyo bor". O'tgan qisqa tarixiy vaqt mobaynida Tubakadagi kaliy tuzlari va Borsakelmasdagi tosh tuz zaxiralari evaziga tegishli ravishda Dexqonobod kaliyli o'g'itlar va Qo'ng'irot soda zovodlari qurib bitkazildi va ishga tushirildi. Bu albatta mamlakatimiz kimyo sanoatini mustaxkamlashga o'ziga xos hissa qo'shdi.
O'zbekistonda kimyoviy texnologiyani rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar A.O.Sodiqov: S.Yunusov; X.Usmonov; M.Nabiev; X.Oripov; N.Rizaev; K.Axmedov; Z.Salimov; N.Yusubekov; S.Rashidova; S.To'xtaev; B.Beglov; M.Asqarov «O'zkimyosanoat» DAK korxonalarida 170-dan ortiq kimyo maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
2015 yilda Ustyurt-gaz kimyo kompleksi korxonasi ishga tushdi.Bu korxona Koreya davlati bilan hamkorlikda ishga tushdi, korxonada bir yilda 5 milard kub gaz qayta ishlanadi. 2016 yilda Buxoro viloyati Qorako'l tumani hududida Rossiyaning "Lukoyil" komponiyasi bilan hamkorlikda Ko'kdumaloq gazni qayta ishlash korxonasini qurish ishlari boshlandi. Bu korxonada bir yilda 8 millard kub gaz qayta ishlanadi.
"Korxona jixozlarii" fanini-noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan turli uskunalar turlari, tuzilishi, ishlatish ko'lami, hisoblash usullari, fan tarixi rivojlanish bosqichlari, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlar natijalari masalalarini qamraydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezdentining 2017 yil fevralda tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi»da
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo'naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
ilg'or xalqaro tajribada qo'llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul- kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash;
|