|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 9/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariYuqori ligerlangan po'lat. Tarkibida 18-20% xrom va 8-10% nikel bo'lgan po'latlar yuqori ligerlangan po'lalar deb yuritiladi. Ular korroziya va issiqlikka bardoshligi, mustahkamligi uchun turli sanoatlarda keng qo'llanilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimiz korxonalarida jihozlarni yasashda quyidagi ligerlangan po'latlar ishlatiladi: IX/8N9T, 1X18N11B, X16N25M6, XN35VT, X22N26, IX18N12M2T, 1X18N12M3T, X18N9T va boshqalar.
Rangli materiallar. Kimyo sanoatida rangli materiallardan alyumin, mis, nikel', qo'rg'oshin, titan, tantallar jihozlar yasashda qo'llaniladi. Rangli materiallardan yasalgan jihoz devorlarining temperaturasi quyidagilardan oshmasligi kerak:
4-jadval
Alyuminniy uchun
|
- 200°C
|
|
|
Mis va uning jihozlari uchun
|
-250°C
|
|
|
Nikel' uchun
|
-500°C
|
|
|
Qo'rg'oshin uchun
|
-140°C
|
Tantal uchun
|
-1200°C
|
Alyuminiy - kumushsimon, oq, yengil va bolg'alanuvchan, korroziyaga bardoshli metalldir. Alyuminiy yuzasiga mustaxkam oksid qavatini hosil qiladi.Alyuminiyning eng muhim xususuyatlardan biri yuqori issiqlik o'tkazuvchanligi.zichligining kichikligi, yegiligi va plastikligi hisoblanadi. Konsentirlangan kislotalar ishlab chiqarishda qurilmalar asosan alyuminiydan tayyorlanadi.
Agressiv muhitlar ta'sirida alyuminiy juda chidamli, shu jumladan kontsentratsiyalangan azot, fosfor va sirka kislotalar, quruq xlor va vodorod xloridlar, oltingugurt bug'lariga ham uzoq muddat davomida bardosh bera oladi.
Alyuminiyni mustaxkamligini oshirish uchun mis va magniy qo'shib- duralyuminiy olinadi.
Mis- pushti qizil rangli metall. eng qimmat, konstruktsion materiallardan biri bo'lib, texnik toza holda 5 xil: M00(99,99%), M1(99,8%), M2(99,7%), M3(99,5%)dan M4(99,0) gacha markada ishlab chiqariladi.
Mis alyuminiyga o'xshab ximoya qiluvchi oksid qoplama hosil qilmaydi. Shuning uchun, kislota va tuzlarga nisbatan korrozion chidamlikka ega emas, lekin past va kriogen temperaturalarda mustahkamligi ortib boradi. Masalan, 196°C da misning mustahkamlik chegarasi 20 dan 38 kg/mm² gacha ortadi.
O'ta past temperaturalarda ishlaydigan jihozlar uchun mis kabi konstruktsion materialni hech qanday material o'rnini bosa olmaydi.
|
| |