Qo'rg'oshin- ko'kimtir, kulrang bolg'alanuvchan metall. Bir paytlar bu material jihozlar qurishda katta va muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Bunga sabab, unda tuz va sul'fat kislotga chidamli ximoya qoplamasining hosil bo'lishidir. Lekin uning juda yumshoqligi, oson va past temperaturada erishi, katta zichligi va qimmatligi borgani sari kamroq qo'llanishi sabab bo'lmoqda.
Qo'rg'oshinni sanoatda qo'llashda shuni nazarda tutish kerakki, uning mustahkamligi juda pastdir.
Nikel- kumushsimon, oq metall, qiyin eriydi va xavoda o'zgarmaydi. U juda mustahkam, issiqlik va korroziyaga chidamli va yaxshi texnologik xossali bo'lganligi mashinasozlik sohasi uchun qulay material hisoblanadi.
Titan- kumush rang, engil qiyin eruvchan metall. Zichligi po'latnikidan 2 marta kam bo'lishiga qaramasdan, uning mustahkamligi po'laitnikiga tendir. Titan azot, fosfor, xrom va sirka kislotalarga, nitrit, nitrat, xlorid va sul'fidlarga nisbatan kimyoviy chidamli. 200°C temperaturada gazlarni yutish qobiliyatiga ega. Titan 400- li H2SO4 kislotasida qattiq korroziyaga uchraydi.
Tantal- kul rang, oq metall. o'ta mustahkamligi va qiyin suyuluvchanligi bilan boshqa metallardan ajralib turadi. Undan tashqari, yuqori temperaturalarda, titanga nisbatan ko'proq gazlarni yutish qobiliyatiga ega. Tantal yaxshi bog'lanuvchan, shtaplashga moyil, ichki ishqalanish koeffitsienti juda katta bo'lgan metalldir. U sul'fat, azot, fosfor, vodorod xlorid kislotalariga, hamda nitratlarga chidamli metalldir. Ammo natriy va kaliy ishqorlari ta'siriga yaxshi bardosh bera olmaydi. Tantal juda ham qimmat metall va tahminan xrom-nikelli po'latdan 100 marta qimmatdir. Albatta uni faqat o'ta agressiv muhitli jihozlarda, ya'ni boshqa metallar kimyoviy bardosh berolmagan hollarda qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Latun'- mis va ruhdan iborat qotishma. Ko'p komponentli latun' tarkibiga mis va ruhdan tashqari, alyuminiy, kremniy, qo'rg'oshin, nikel', temir, marganets va qalaylar kirishi mumkin. Latun bosim ostida yaxshi ishlov beriladigan, ancha mustahkam, qayishqoqligi (plastikligi) yuqori va korroziyaga chidamli qotishma. Undan tashqari latunning elektr o'tkazuvchanligi juda yuqori. Temperatura pasayishi bilan latunning xosalari yaxshi tomonga o'zgaradi.
Bronza- mis va qalaylardan iborat qotishma. Ushbu kimyoviy elementlardan tashqari uning tarkibiga kremniy, alyuminiy, berriliylar ham kirishi mumkin.
Bronza mustahkamligi, qayishqoqligi, korroziyaga bardoshligi antifriktsion xossalari bilan ajralib turadi. Mashinasozlikda eng ko'p ishlatiladigan asosiy metallar temir va uning qotishmalari bo'lib, qisqacha ularni qora metallar deb yuritiladi. (cho'yan, po'lat, ferro qotishmalar). Hozirda va kelajakda insonlar ijtimoiy xayotini va jamiyatni rivojlanishini turli mashina, jihozlar, apparatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ma'lumki, har qanday mashinalarning detallarini po'lat, cho'yan va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Mashina detallarining ishlash sharoitiga va bajaradigan vazifasiga qarab, ularga turli talablar qo'yiladi.
Masalan: ba'zi bir detallar cho'zilishga (balkalar, prujinalar) ba'zi birlari egilishga, ba'zilari issiqlik sharoitida, ishqalanishga (keskichlar, tishli g'ildiraklar) bazi bir detallar kislota, ishqor, nam sharoitda ishlatiladi. Mashina detallari uchun shunday material tanlash kerakki, u pishiq, yengil, arzon va puxta bo'lishi bilan birga talabga javob beradigan bo'lsin.
|