|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 6/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariNazorat savollari.
1.Kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalarni guruxlanishi.
2.Kimyo sanoati jixozlariga qo'yiladigan umumiy talablar.
3.Mashina va apparatlarni mustaxkamligi va ishonchliligi.
4. Mashina va apparatlarni hisoblash.
5.Texnologik jixatdan ishonchlilik.
3.MARUZA.
Mavzu: Kimyoviy sanoatda ishlatiladigan qurilmalarni yasash uchun materiallar.
Reja.
1. Konstruksion materialga qo'yiladigan talablar.
2. Qora metallar.
3.Metallarni tag'malanishi(markirovkasi).
4.Rangli metallar.
5.Qotishmalar.
Tayanch iboralar: konstruksion materiallar, metallarning xossalari; qora metallar, rangli metallar, qotishma, metallmaslar, texnik metallarmetallarni xossalari, fizik xossalar, mexaniq xossalar, texnologik xossalar, qattiqlik, qotishma turlari, ligerlovchi metallar,metallarni markirovkalash.
Kimyoviy asbob-uskunalar uchun konstruksion material tanlashda ularning xossalari(kimyoviy moddalarga chidamliligi,mustaxkamligi, narxi, oson topilishi) va ishlab chiqarish jarayoni kechadigan sharoit harorat, bosim, kimyoviy moddalarning turi va konsentrasiyasi hisobga olinadi.
Barcha metal va nometal materiallar u yoki bu darajada kimyoviy yoki mexanik yemriladi. Qurilmaning ishi, uzoq vaqt xizmat qilishi va ishonchliligi ko'p jixatidan shu omillarga bog'liq.
Kimyo sanoatida ishlatiladigan mashina va apparatlar shunday konstruksion materiallardan yasalishi kerakki, eng avvalo yuqori kimyoviy chidamlilika ega bo'lib uzoq vaqt xizmat qilishi bilan bir qatorda ish sharoitida xavfsiz bo'lishi va maxsulot tozaligini saqlashi kerak. Maxsulot bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadigan materiallar maxsulotni ifloslantiradi, uni sifatini pasaytiradi va katalitik xususiyati orqali qo'shimcha jarayon hosil qilishi,yoki katalitik zaxar bo'lib jarayoni to'xtatishi mumkin. Kimyo sanoati mashina va qurilmalari uchun konstruksion material tanlashda
ularning xossalari;
-kimyoviy moddalarga chdamliligi;
-mustaxkamligi:
-narxi:
-oson topilishi
Va ishlab chiqarish jarayuonida kechadigan sharoit;
-harorat; -bosim;
-kimyoviy moddalarning turi va konsentrasiyasi va boshqalar.
Pishiq plastik, elektr o'tkazuvchan, issiqlik o'tkazuvchan, yarqiroq, shaffof bo'lmagan kristall moddalarga metall deyiladi.
Mavjud barcha metall materiallarni sof metallar va metall qotishmalarga ajratish mumkin.
Tarkibiga ikki yoki bir necha metall yoki metalllar bilan nometallar kiradigan materiallar metall qotishmalari deyiladi.
Metallarning fizik va kimyoviy xossalari;
-zichligi;
-erish harorati;
-elektr o'tkazuvchanligi;
-elektr qarshilik xossasi;
-issiqlik o'tkazuvchanligi;
-magnit xossasi;
-hajmiy kengayishi;
-karroziyaga bardoshligi.
Mexanik xossalari;
-pishiqligi;
-qattiqligi;
-qovushoqligi;
-plastikligi;
-chidamlilik;
-burash.
Metallarning texnologik xossalari;
-bolg'alanuvchanlik;
-payvandlanuvchanlik;
-bolg'alanuvchalik;
-oquvchanlik;
-kesib ishlov berish.
Materiallarni tanlashda ularning quyidagi asosiy xususiyatlari hisobga olinishi kerak;
-mustahkamligi;
- issiqlikka chidamliligi;
- yemirilishga qarshi kimyoviy chidamliligi;
- fizik xossalari;
- texnologik tavsiflari, tarkibi va tuzilishi;
- narxi va uni ishlab chiqarishi.
Materialning xossalari qo'llanilish sohasiga ya'ni undagi temperaturasi o'zgarishi bilan materialning hamma mexaniq xossalari korroziyaga chidamliligi, qayta ishlanishga moyilligi keskin o'zgaradi. Shuning uchun materialni tanlashda korroziyaga chidamliligiga aloxida e'tibor berish kerak, chunki bu ko'rsatgichga uning uzoq muddat davomida ishlatishi uzviy bog'liqdir. Undan tashqari, korroziya natijasida emiralayotgan material olinayotgan mahsulot sifatini pasaytiradi, rangini va ta'mini yomonlashtiradi. Yana shuni nazarda tutish kerakki, jihozning materiali qo'shimcha reaktsiyalar uchun katalizator ham bo'lib qolishi mumkin.
Mashinasozlikda eng ko'p ishlatiladigan asosiy metallar temir va uning qotishmalari bo'lib, qisqacha ularni qora metallar deb yuritiladi. (cho'yan, po'lat, ferro qotishmalar). Hozirda va kelajakda inconlar ijtimoiy xayotini va jamiyatni rivojlanishini turli mashina, jihozlar, apparatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ma'lumki, har qanday mashinalarning detallarini po'lat, cho'yan va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Mashina detallarining ishlash sharoitiga va bajaradigan vazifasiga qarab, ularga turli talablar qo'yiladi.
Kimyoviy chidamliligi jihatdan materialning yaroqligini baholash mezonlari 1 - jadvalda keltirilgan:
Korrozion chidamlilik darajasi
1- jadval
Chidamlilik guruhi
|
Korrozion chidamlik
balli
|
Korroziya tezligi,
mm/yil
|
Juda chidamli
|
1
|
<0,001
|
O'ta chidamli
|
2
3
|
0,001-0,005
0,005-0,01
|
Chidamli
|
4
5
|
0,01-0,05
0,05-0,1
|
Chidamliligi past
|
6
7
|
0,1-0,5
0,5-1,0
|
Chidamliligi juda past
|
8
9
|
1,0-5,0
5.0-10
|
Chidamsiz
|
10
|
>10
|
Odatda, asosiy talablarga mos va loyiq materiallar bir nechta bo'ladi. Bunday hollarda, qo'shimcha shart va fikrlar e'tiborga olib, material tanlanadi.
Shuning uchun, jihozlarni yasash uchun asosiy materiallarni tanlashni loyihachi nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz.
|
| |