• Tayanch sozlar
  • Mavzu: Uskunalarni klassifikasiyasi, qo'yiladigan talablar va hisoblash tartibi




    Download 0,51 Mb.
    bet4/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Mavzu: Uskunalarni klassifikasiyasi, qo'yiladigan talablar va hisoblash tartibi.

    Reja.

    1.Kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalarni guruxlanishi.
    2.Kimyo sanoati jixozlariga qo'yiladigan umumiy talablar.
    3. Asbob-uskunalarning uzoq muddat xizmat qilish ko'rsatgichi
    4.Mashina va apparatlarni mustaxkamligi va ishonchliligi.
    5. Mashina va apparatlarni hisoblash.


    Tayanch so'zlar: ishlab chiqarish; konstruktorlik mexanik mustaxkamlik xizmat qilishi mashinalarning ishonchlilik ko'rsatgichlari; nosozlik; hisoblash.

    Kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalar quyidagicha klassifikatsiyalangan:


    1. Qo'zg'almas sig'imli va issiqlik almashinish jihozlari.
    2. Ishchi organlari sekin aylanadigan jihozlar.
    3. Tez aylanadigan disklardan va rotorlardan iborat bo'lgan rotatsion mashinalar.
    4. Pul'satsion mashinalar.
    5. Tebranuvchi mashinalar.

    Qo'zg'almas sig'imli va issiqlik alamashinish jihozlarini hisoblashda plastinalar va qobiqlar nazariyasi asos hisoblanadi. Jihozlar bu elementlarning birgaligida ko'rib chiqiladi.


    Qo'zg'almas sig'imli va issiqlik almashinish jihozlar uchun tashqi bosim ta'sirida barqarorlikka qilingan hisoblar aktual hisoblanadi. Bu hisoblarni asosiga o'qli siqilishga duchor bo'lgan o'zaklar barqarorligi nazariyasi sabab bo'lgan. Sekin aylanadigan ishchi organlardan iborat bo'lgan jihozlarni hisoblash uchun "Mashina detallari" fanining ma'lumotlaridan foydalaniladi. Bu jihozlarni hisoblash xususiyatiga bandajlarni mustahkamlikka xuddi nosimmetrik yuklanishga duchor bo'lgan halqalarni hisoblash, bandajlarni va roliklarni kontaktli mustahkamlikka hisoblash kiradi.
    Diskli mashinalar uchun elastiklik nazariyasiga asoslangan tez aylanadigan disklarni mustahkamlikka hisoblash harakterli. Bundan tashqari diskli mashinalar uchun qattiq vallarni, ularning vaznlarini e'tiborga olib, tebranishga chidamlik hisoblari ko'rib chiqilgan. Rotorli mashinalarni hisoblashda tez aylanadigan disklar, qobiqlar va plastinalar nazariyasidan olingan ma'lumotlar ishlatilgan. Rotorlar birgalikda ular aylanganda hosil bo'lgan inertsiya kuchlari va ular ichida joylashgan suyuqlikning bosimi bilan yuklangan. Rotorli mashinalar uchun tez aylanadigan disklar uchun ishlatilgan mustahkamlikning mexanik kriteriysini, hamda markazdan qochma ajaratish mashinalar unumdorligini indeksini hisoblash keltirilgan
    Kimyo sanoatida turli maqsadlarga mo'ljallangan juda ko'p mashina va apparatlar ishlatiladi. Mashina va apparatlarning konstruksiyasi:
    -ishlab chiqarish:
    -konstruktorlik:
    -texnik-iqtisodiy:
    -texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
    Qurilmalarni konstruksiyasi quyidagilarga javob berishi kerak:
    -Oddiyligi-tuzilishini va xizmat ko'rsatishda:
    -mexanik mustaxkamligi- chidamliligi, uzoq vaqt ishlashi va bosh; texnologik talablar;
    -hajmini kichikligi, massasini kamligi, zanglashga chidamligi, qimat bo'lmagan materialdan tayyorlanganligi;

    -Loyixalash va tayyorlashni osonligi og'irligi va gabarit o'lchamlarini katta


    bo'lmasligi:
    -estetik va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi.
    Kimyo sanoatida ishlatiladigan asbob-uskunalar nihoyatda pishiq va yuqori mustaxkamlikga ega bo'lishi bilan bir qatorda, atrof muxitni ifloslantirmasligi va xavfsiz bo'lishi zarur. Asbob-uskunalarning ishonchliligi ularning mustaxkamligi, uzoq vaqt xizmat qilishi va germetikligi bilan xarakterlanadi.
    Qurilmalar vazifasiga ko'ra:
    -texnologik qurilmalar:
    -transport qurilmalari

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uskunalarni klassifikasiyasi, qo'yiladigan talablar va hisoblash tartibi

    Download 0,51 Mb.