1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




Download 0,51 Mb.
bet14/53
Sana14.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#232891
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
Korxona jihozlari

Shisha materiallar
Shisha ham boshqa nometall materiallar kabi xalq xo'jaligining hamma sohalarida (qurilishlarda, elektronika va radiotexnikada, o'quv laboratoriyalarida va hokazolarda) juda keng ishlatiladi. Turmushimizni shishasiz tasavvur qilish mumkin emas. Shisha bu amorf jismdir.
Shisha materiallar, asosan, sun'iy usulda ishlab chiqariladi. Shisha hosil qilish uchun kvarts qumi, borat kislotasi, tanokor, bo'r, marmar toshi, dolomit, soda va ohaktoshdan iborat aralashmani tegishli pechlarda (1300-1500°S temperaturada) suyuqlantirish yo'li bilan tayyorlanadi. Shisha materiallarni cho'zish, siqish, kuydirish, presslash, burish, sovitish presslari orqali turli shakldagi buyumlar yasaladi. Shisha metariallar o'zlarining tarkibidagi moddalar (elementlar va birikmalar)ning va miqdorlariga qarab, juda ko'p xillari mavjud. Masalan, silikatli shishaning tarkibiy qismini uning formulasidan anglash qiyin emas. Ya'ni MeO RO 6SiO, bo'lib, bundagi Me₂O gruppasi ishqoriy metallarning oksidlarini (Na2O, K₂O, Li₂O); RO, yer ishqoriy metallarning oksidlarini (CaO, BaO) hamda qo'rg'oshin, rux va boshqa metallarning oksidlarini ifodalaydi. Ishqoriy va yer ishqoriy metallar modifikatorlar deyiladi. Shisha metariallar sanoatda deraza oynasi, vitrinalarga moslangan yasssi va egilgan oynalar, mustahkam oyna, toblangan oyna «Stalinit», naqshli oyna, xira oyna, taram-taram egovli oyna, biologik nurlarni o'tkazadigan o'ta tiniq oyna, rangli oyna hamda kobalar, naychalar ishlanadigan shisha va boshqa silliqlangan va silliqlanmangan oynalar ko'rinishlarida ishlab chiqariladi.
Rangli shisha materialllarni hosil qilish uchun shisha materiallariga (yuqorida nomlari mavjud xom ashyolarga) qo'shimcha kristallar (selen, xrom, kadmiy va boshqa metallarning oksidları hamda oltin) qo'shiladi. Shisha massa ishlab chiqarish uchun, avvalo, shisha tarkibiga kiruvchi xomaki materiallar (xom ashyolar) tayyorlanadi: ular quritiladi, elanadi, maydalanadi, va yaxshi aralashtiriladi. Agar maydalangan materiallar bir jinsli bo'lsa, undan hosil qilinadigan shishaning sifati juda yuqori bo'ladi. Natijada, tayyorlangan (aralashtirilgan) xomaki materiallarni pishirish uchun vannali pechlarga, uzluksiz va davriy ta'sir etuvchi marten pechlariga solinadi va tegishli temperatura (1200°S) da shisha materialga aylantiriladi. Pechlar, asosan, gaz va qattiq yoqilg'ilar bilan ishlaydi. Eng katta pechda bir sutkada 200 tonnagacha shisha massa ishlab chiqarish mumkin. Pishirilgan shisha massadan buyum ishlab chiqarish turli formalardan va turli printsipda ishlaydigan mashinalardan foydalaniladi. Masalan, xo'jalik ishlari va qurilish uchun shisha bloklar ishlab chiqarish uchun pishirilgan shisha massalarni presslash orqali hosil qilinadi. Agar ma'lum bir qilinlikdagi shisha listlar ishlab chiqarish kerak bo'lsa, shisha massa ichi bo'sh valiklar orasidan o'tkazilib prokatlanad. Shuni aytib o'tish kerakki, shisha massadan turli buyum (detal)lar ishlab chiqarish jarayonida ularda qoldiq deformatsiya sodir bo'lmasligi kerak, aks holda shisha buyumning mo'rtligi oshadi va tez sinishi mumkin. Bunday hollarda tegishli shisha buyumlar 500... 600°S gacha qizdiriladi va keyin sekinlik bilan sovutiladi. Agar yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan shisha hosil qilish talab qilinsa, shisha toblanadi, ya'ni yumshatish temperaturasi (15...20°S) dan yuqori temperaturagacha qizdiriladi va siqilgan havo purkash orqali tezda sovutiladi. Shisha buyumlarga faqat termik usulda ishlov bermasdan, kimyoviy va mexaniq ishlov ham berish mumkin.

Download 0,51 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

Download 0,51 Mb.