|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 17/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariKorroziya.
Metallarning korroziyalovchi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o'zaro ta'siri natijasida metallarning yemirilishiga korroziva deb aytiladi. Jarayonning mexanizmi bo'yicha korroziya kimyoviy va elektrokimyoviy turlarga bo'linadi.
Kimyoviy korroziya metallarning elektr tokini o'tkazmaydigan muhit bilan o'zaro ta'siri natijasida paydo bo'ladi. Bunda elektronlarning metall atomidan muhit tarkibiga kiruvchi zarracha (molekula atom) oksidlagichga bevosita o'tishi yo'li bilan amalga oshadigan oksidlash-tiklash reaktsiyalari sodir bo'ladi. Metallning kislorod bilan (xususan yuqori haroratlarda), oltingugurt suvchil bilan, oltingugurtli gaz bilan, galogen bilan va boshqalar bilan o'zaro ta'sirida sirtning yemirilishi kimyoviy korroziyaga misol bo'la oladi. Kimyoviy mexanizm bo'yicha metallar elektr tokini o'tkazmaydigan, biroq metallga kimyoviy ta'sir qilishga qobiliyatli suyuqliklarda ham korroziyaga uchrashi mumkin.
Elektrokimyoviy korroziya metallar va qotishmalarning elektrolitlar - elektr tokini o'tkazuvchi suyuqliklar (ishqorlar, kislotalar, tuzlarning aralashmalari) bilan o'zaro ta'sirlashganda shuningdek nam havo yoki boshqa gaz bilan o'zaro ta'sirlashganda sodir bo'ladi. Elektrokimyoviy korroziyaning paydo bo'lishi uchun detalni elektrolitga cho'ktirish shart emas; agar u nam atmosfera sharoitida bo'lsa, shuning o'zi etarli bo'ladi. (atmosferali korroziya).
Atmosferaning namligidan bog'liq ravishda korroziya ikkiga bo'linadi. Ho'l atmosferali korroziya (havoning nisbiy namligi 100% bo'lganda detal sirtida namning tomchili kondensatsiyasi ko'zga ko'rinadigan yupqa nam parda ko'rinishda kuzatiladi.) va nam atmosferali korroziya (havoning nisbiy namligi 100% dan past bo'lganda detal sirtida kapillyarli, adsorbtsiyali yoki kimyoviy kondensatsiya natijasida oddiy ko'z bilan ko'rinmaydigan yupqa nam parda hosil bo'ladi).
8-rasm. Po'latning korroziyadan yemirilish turlari:
a-bir tekis; b-notekis: v-tuzilish-tanlama; g-dog'lar ko'rinishidagi korroziya; d-yarasimon korroziya: e-nuqtalar ko'rinishidagi korroziya: j-kristallararo, z-korroziyadan yorilish: i-sirtqi.
|
| |