|
Protektor himoya va elektr himoya
|
bet | 20/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari3.Protektor himoya va elektr himoya. Protektor himoya elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) bo‘ladigan konstruksiya (yerosti quvuri, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday himoyaning mohiyati shundan iboratki, konstruksiya protektor-muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Po‘lat buyumlarini muhofaza qilishda protektor sifatida, odatda, magniy, aluminiy,rux va ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Korroziyalanish jarayonida protektor anod bo‘lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab qoladi. Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi.
Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit muhitida turgan konstruksiya bunda ham boshqa metallga (odatda, temir bo‘lagi, rels va shunga o‘xshash.) tashqi tok manbai orqali ulanadi. Bunda himoyalanadigan konstruksiya katodga, metal - tok manbaining anodiga ulanadi. Tok manbai anoddan elektronlarni oladi, anod (muhofaza qiluvchi metall) yemiriladi, katodda esa oksidlovchining qaytarilishi sodir bo‘ladi.
Elektr himoyaning protektor himoyadan afzalligi bor: uning ta’sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m atrofida bo‘ladi.
4.Muhit tarkibini o‘zgartirish. Metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga, korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan (ko‘pincha organik) moddalar qo‘shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda, atmosfera ingibitorlari) ishlab chiqila boshlandi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog‘oz bilan o‘raladi. Ingibitorlarning bug‘i metall sirtiga adsorbsiyalanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.
Ingibitorlar bug‘ qozonlarini quyqadan kimyoviy tozalashda, ishlov berilgan buyumlar sirtidan kuyindini yo‘qotishda, shuningdek, xlorid kislotani po‘lat idishda saqlash va tashishda ko‘p ishlatiladi. Anorganik ingibitorlar qatoriga nitritlar, xromatlar, fosfatlar, silikatlar kiradi.
|
| |