• Tayanch so‘zlar
  • 1.Metallarning himoya sirt qoplamlari.
  • 2.Antikorrozion xossalarga ega boʻlgan qotishmalar yaratish
  • Ma’ruza № 6. Metall va qotishmalarni korroziyadan himoyalash




    Download 0,51 Mb.
    bet19/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Ma’ruza № 6. Metall va qotishmalarni korroziyadan himoyalash.
    Reja
    1.Metallarni ligerlash.
    2.Himoyalovchi metall va nometall qoplamalar.
    3.Detallarni korroziyaga qarshi qoplamalar bilan himoyalash.
    4.Karroziya ingibitorlari.
    5.Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarining asosiy omillari.
    6.Sirtlarning abrazivdan yeyilishi.
    Tayanch so‘zlar:korroziyadan muhofaza qilish;metallarning himoya sirt qoplamalari; protektor himoya; ingibitorlar, oksidlash; metallarning yemirilishi; emallash
    Korroziyadan muhofaza qilish.
    Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va zarar yetkazadi. Temirning korroziyalanishi tufayli bevosita isroflari yiliga suyuqlantirib olinadigan temirning 15-20% ga yaqinini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o‘zining qimmatli texnik xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun metall va qotishmalarni korroziyalanishdan muhofaza qilish usullari katta ahamiyatga ega. Ular nihoyatda turli- tuman bo‘lib, eng ahamiyatlilari quyidagilar.
    1.Metallarning himoya sirt qoplamlari. Ular metalldan (rux, qalay, xrom va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lok, bo‘yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin. Bu qoplamlar metallni tashqi muhitdan ajratib turadi. Masalan, tomga yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan tunukadan turmushda va sanoatda ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar tayyorlanadi. Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi, rux temirga qaraganda ancha aktiv metall bo‘lsa ham, u oksid pardasi bilan qoplangandir. Temir buyumlar sirtini nikel, xrom bilan qoplash korroziyalanishdan muhofaza qilishdan tashqari buyumlarning tashqi ko‘rinishini chiroyli qiladi.
    2.Antikorrozion xossalarga ega boʻlgan qotishmalar yaratish. Po‘lat tarkibiga 12 % ga qadar xrom kiritish yo‘li bilan korroziya bardosh zanglamaydigan po‘lat olinadi. Nikel, kobalt va mis qo‘shish po‘latning antikorrozion xossalarini kuchaytiradi, chunki qotishmaning passivlashishiga moyilligi ko‘payadi. Antikorrozion xossali qotishmalar yaratish-korroziya tufayli bo‘ladigan isrofgarchiliklarga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

    Download 0,51 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza № 6. Metall va qotishmalarni korroziyadan himoyalash

    Download 0,51 Mb.