1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




Download 0,51 Mb.
bet2/53
Sana14.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#232891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Korxona jihozlari

Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash;

  • ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom etish hamda, eng avvalo, iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'mini sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

  • bosish, tarmoqlararo iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, faoliyat ko'rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish

    Korxona jixozlari" fanini o'qitishdan maqsad talaba-noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoati korxonalarida qo'llaniladigan turli uskunalar turlari, tuzilishi, ishlatish ko'lami, hisoblash asoslsri va ularni muayyan sharoitlarga mos xolda tanlash usullari bo'yicha yo'nalish profiliga mosbilim, ko'nikma va malaka shakllantirishdir.
    Fanning vazifasi talabalarga uskunalarning ishlash nazariyasi, turlari va tuzilishi hamda ma'lum texnologik sharoitlari uchun ulardan munosiblarini tanlab hisoblashga o'rgatishdan iborat.
    "Korxona jixozlari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
    -Texnologik jarayonlarni tanlash asosida uskunalarni hisoblash, loyihalash va foydalanish masalalarini yechish, uskunalarni joylashtirishni amalda ko'rsatib berish va neorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarining binolarini bosh reja asosida joylashtirishga izox berish, amaliy loyihalar-texnik loyiha, namunaviy loyihaga baxo berish va ishchi loyiha asosida uskunalarni joylashtira olish kabi ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
    "Korxona jixozlarii o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
    -neorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan uskunalarning rivojlanish tendensiyalarini; uskunalarning nazariyasini va xisoblash asoslarini, uskunalar turlari, tuzilishi ishlatish doirasini; uskunalar elementlari va ish rejimlarining aniq sharoitlar uchun rasional ko'rsatgichlari tanlash usullarini bilishi kerak;
    -talaba texnologiyalarda qo'llaniladigan uskunalarini aniq texnologik sharoitlar uchun texnik va iqtisodiy asoslangan xolda to'g'ri tanlash; uskunalarni optimal ko'rsatgichlari va ish rejimlarini tanlash maqsadida xisoblash; korxona uskunalarini to'g'ri tanlash va loyixalash; uskunalarni konstruktiv parametirlarining geometirik nisbatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
    Kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalar asosan ikki turli texnologik va transport qurilmalaridan tashkil topgan.

    Download 0,51 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

    Download 0,51 Mb.