1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




Download 0,51 Mb.
bet3/53
Sana14.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#232891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Korxona jihozlari

Texnologik qurilma deb- xom-ashyoga yoki yarim xom-ashyoga ta'sir etib
unga strukturaviy-mexanik, fizik-kimyoviy va biologik o'zgarishlarni sodir etadigan va maxsulotlarni qadoqlaydigan uskuna va jixozlarga aytiladi.
Transport qurilmasi deb xom-ashyoni, yarim xom-ashyoni va tayyor maxsulotni bir texnologik qurilmadan ikkinchisiga, bir ishlab chiqarish bo'limidan ikkinchisiga uzatishga, tashishga qo'llaniladigan qurilmalarga aytiladi.
Biror bir maxsulot ishlab chiqarishda texnologik va transport qurilmalarini o'zaro birin ketinlik bilan joylashishi texnologik liniyalarni hosil qiladi.
Texnologik qurilmalar maxsulotga ta'sir etish xarakteriga ko'ra mashina va apparatlarga bo'linadi.
Mashina deb xom-ashyoga mexanik ta'sir etib, uni shakli, o'lchami va boshqa fizik parametrlarini o'zgartiradigan va bunda maxsulotni xususiyatlari o'zgarmay qoladigan qurilmaga aytiladi.
Mashinaning xarakterli tomoni unda xom-ashyoga mexanik ta'sir etadigan xarakatlanuvchi qismning borligidir. Mashinaga misol qilib, transportyorlarni, maydalash va yanchi qurilmalarini, separatorlarni va xokazolarni ko'rsatish mumkin.
Apparat deb-xom-ashyoga ta'sir etib unda kimyoviy, fizikaviy, biokimyoviy va agregat holatini o'zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Apparatda issiqlik, modda almashinishi, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va boshqa jarayonlar ro'y beradi. Apparatning xarakterli tomoni unda reaktsliya kamerasining borligidir. Kimyo sanoatida qo'llaniladigan apparatlarga:
-fizik-kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladigan apparatlarga (kuydirish pechlari, kristalizatorlar, ekstraktorlar, distilllyatorlar, neytralizatsiyalash qurilmalari, va boshqalar);
-issiqlik apparatlari (qaynatgich va suvutgichlar);
-agregat holatini o'zgartiradigan apparatlarga (kondensator, deflegmator, kristalizator va boshqalar) misol qilib ko'rsatish mumkin.

Texnologik qurilmalarni mashina va apparatlarga bo'linishi shartli bo'lib, ko'pchilik hollarda qurilmalar mashina va apparatlar kombinatsiyasidan iborat bo'lib, ularda. mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik jarayonlari ro'y beradi.


Xar qanday mashina va apparat quyidagilardan tashkil topgan:
-taminlovchi mexanizm:
-uzatma (elektro dvigatel va reduktor);
-bajaruvchi mexanizm:
-Asosiy ishchi organi:
-boshqarish mexanizmi:
-nazorat qilish mexanizmi:
-rostlash mexanizmi:
-saqlash va blokirovkalash mexanizmi.

Nazorat savollari.


1.Kimyo sanoatini Pespublika xalq xo'jaligidagi o'rni.


2.Kimyo sanoatini rivojlanish bosqichlari.
3.Mustaqillik yillarida qurilgan kimyoviy korxonalar.
4.Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi.
5.Faning maqsadi va vazifalari.
6. Texnologik qurilma.
7.Mashina nima va unga misol keltiring.
8. Apparat nima va unga misol keltiring.
9.Mashina va apparatlar qanday qismlardan tashkil topgan.

2.MARUZA.



Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

Download 0,51 Mb.