|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 7/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlariCho'yan. Temirning uglerod, kremniy, fosfor, marganets va oltingugurt bilavn ko'p komponentli qotishmasi kulrang cho'yan bo'ladi.
Cho'yanlar narxi past va o'rtacha mexanik xossalarga ega bo'lganligi uchun texnikaning turli sohalarida keng qo'llanilishiga olib keladi.
Cho'yan. temirning uglerod, marganes, rhtmniy, oltingugurt, fosfor elementlari bilan qotishmasi. Narxini arzonligi va mexanik xossalari yuqori bo'lganligi uchun cho'yan konstruksion matrial sifatida texnikada keng ishlatiladi. Cho'yan tarkibida C-2-6,5%; Mn-1,5%;Si-5,5%;P-1,8%;S-0,08%;
Sanoatda kulrang cho'yaning 10 xil markasi ishlab chiqariladi (CЧ10 dan CЧ 45 gacha). Harfdan keyingi raqam cho'yaning cho'zilishga bo'lgan mustaxkamligining o'rtacha qiymatini ko'rsatadi (o'nlab megopaskalda).
CЧ21 va undan yuqori markali cho'yanlar o'zgaruvchan yuk ostida ishlaydigan nasos va kompressorlarning porshinlarini yasash uchun ishlatiladi. Ishqoriy eritmalar, bilan ishlaydigan qurilmalar yasashda ishqor ta'siriga chidamli xrom va nikel bilan legerlangan cho'yan (CЧІЦ-1, СЧІЦ-2) ishlatiladi. Azot va xlor kislotasi ta'sirida ishlaydigan qurilmalar va quvurlar yasash uchun tarkibida kremniy miqdori ko'p bo'lgan cho'yan ishlatiladi.
Po'lat. Po'latning mustahkamligi, dinamik yuklamalarga bardoshligi, quyilish, bolg'alanish, shtamplash va payvandlanish qobiliyatiga egaligi, stanoklarda qayta ishlanishga moyilligi, arzonligi va miqdoran ko'p bo'lganligi sababli texnikada qo'llanishi yuqori mavqega egadir. Po'lat tarkibida uglerod qancha ko'p bo'lsa, uning qattiqligi va mustaxkamligi shuncha yuqori bo'ladi, lekin plastiklik xususiyati pasayadi.
Noagresiv yoki kuchsiz agressiv muhit bilan to'qnashuvchi qurilmalarni yasashda oddiy va sifatli uglerodli po'latlar keng ishlatiladi. Ularning tarkibida 0,06 dan 0,6% gacha uglerod bo'ladi.
Achitilish darajasiga qarab,yani temir oksidini yo'qotilish darajasiga ko'ra po'lat 3 turga bo'linadi.
1. Sokin (Yuvosh) po'lat tarkibida FeO ning miqdori juda kam bo'lganligi, uning maxsus metall qoliplarda xotirjam qotishini ta'minlaydi. Bunday po'lat "кп" belgisi bilan tamg'alanadi.
2. Qaynovchi po'lat batamon achitilgan bo'lganligi tufayli, ular maxsus metal qoliplarda qotayotgan FeO ning po'lat tarkibidagi uglerod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida metaldan CO pufakchalari ajralib chiqadi. Buning natijasida po'latning mexanik va texnologik ko'rsatkichlari yomonlashadi, sifati ham pasayadi, lekin u po'latning boshqa turlariga qaraganda arzonroq bo'ladi. Bunday po'lat " кп " belgisi bilan tamg'alanadi.
3. Nimsokin (Yarimyumshoq) po'lat-bu oraliq turdagi po'lat bo'lib, " пс" belgisi bilan tamg'alanadi.
Kafolanayotgan ko'rsatkichiga qarab oddiy sifatli po'lat uch; A,Б,B turda bo'ladi.
A-guruxiga kafolatlangan mexanik xossaga ega bo'lgan;
Б-guruxiga kafolatlangan kimyoviy tarkibga ega bo'lgan;
B-guruxiga kafolatlangan kimyoviy tarkibga va mexanik xususiyatga ega bo'lgan po'lat kiradi.
Oddiy sifatli po'latlar quyidagicha markalanadi(tamg'alanadi), masalan Аст1пс; БСт2кп; ВСт4пс.Ст-po'latni bildiradi; 1,2,4- raqamlari uglerod miqdorining foizda berilgan ulushi; A,Б,B-harflari po'lat guruhini ko'rsatadi.
|
| |